O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI Magistratura bo’limi 70712501– “Yer usti transport vositalari va tizimlari” mutaxassisligi M 9-21 gurux magistranti Boqijonov Ma’rufjon Muhammadjon o’g’lining Ilmiy Tadqiqot Ishi boyicha Kafedra ilmiy seminari uchun tayorlagan HISOBOTI Ilmiy rahbar : O.Odilov Farg’ona 2021
Mavzuning dolzarbligi
Statistika ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, respublika hududida har yili o‘rtacha 9-10 mingta yo‘l-transport hodisasi ro‘y beradi. Ularning 2 mingdan ortig‘i odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu haqda 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasida aytiladi.Qayd etilishicha, 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini hayotga tatbiq etish orqali yo‘l harakatini tashkil qilish va ta'minlash sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasiga mutlaqo yangicha yondashuvlarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.Bunda xar xil turdagi yuklarni tashuvchi avtopoezdlar ham shular qatoriga kiradi.Bu turdagi halokatlar nafaqat transport vositasiga,balki ko`p insonlar o`limiga ham olib kelmoqda.Shunday halokatlarni eng ko`p keltirib chiqaradigan omili bu avtomobil tormoz tizimidagi nosozliklar hisoblanadi.
Tadqiqot ishining maqsadi Yetaklovchi ko’priklarning vazifasi va qismlari takomillashtirish
Tadqiqot obekti Yengil avtomobillar yetaklovchi koʻpriklarini diagnostikalashda akustik tebranma metodini qoʻllash
Yetaklovchi ko’priklarning qismlari.
Tadqiqot predmeti
TADQIQOT MASALALARI
1. Yetaklovchi ko’priklarning vazifasi va qismlari.
2. Asosiy uzatmaning turlari va vazifalari.
3. Asosiy uzatmaning tuzilishi.
Yetaklovchi ko’priklarning vazifasi va qismlari
Avtomobil ko'priklari g'ildiraklar o'rnatiladigan o'qlar vazifasini bajaradi. Transmissiya chizmalariga qarab ko'priklar yetaklovchi, yetaklanuvchi va boshqariluvchi, tutib turuvchi bo'lishi mumkin. Avtomobillarga ko'pincha ikkita yoki uchia ko'prik o'rnatiladi. Agar avtomobil ikkita ko'prikka ega bo'lsa, u holda yetaklovchi sifatida, odatda orqa ko'prik, ba'zan oldingi ko'prik ishlatiladi. O'ta og'ir yo'llardan ham yura oladigan ikki o’qli avtomobillarda ikkala ko'prik ham yetaklovchidir. Uch o'qli avtomobillarda esa orqadagi ikkita ko'prik yoki barcha uchala ko'prik yetaklovchi bo'ladi. G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan avtomobillarning yetaklovchi orqa ko'priklari birmuncha soddaroq konstruksiyaga ega.