6.3. “Tavsiflar egasini toping” nomli topshiriq. Guruhning biror bir a’zosi kayfiyatini yozma ravishda bayon eting. Topshiriq bajarilgach, talabalar o‘zlarining bayonlarini o‘qiydilar. Bayon etilgan holatlar asosida kayfiyat egasi topiladi.
6.4. “O‘zingizni sinab ko‘ring” nomli topshiriq. Talabalarga hisob-kitobga doir matematik topshiriq (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishdan iborat misol) beriladi. Ular topshiriqni bajarishayotgan bir vaqtda o‘qituvchi monolog yoki she’rlar o‘qiydi. Topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin talabalar misolning echimini va o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan monolog yoki she’rlarning mazmunini, g‘oyasini aytishlari kerak.
Mashg‘ulotning yakuni
Tinglovchilarning faoliyati umumiy tarzda tahlil qilinadi. Imkon qadar har birining faoliyatiga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunlanadi.
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlik faoliyatini tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari
2-ilova
3-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |