2. “Tortinchoq talabalar bilan muloqot” mashqi.
Tortinchoq o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil eting. Mashq jarayonida o‘quvchilardagi o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, hadik va qo‘rquvni engishlari uchun imkoniyat yarating. Buning uchun mimika, pantomimika va jestlardan, rag‘batlantiruvchi so‘zlardan foydalaning. Bu kabi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishning psixologik jihatlarini tahlil qiling.
3. “Kirishimli o‘qituvchi” mashqi.
Agarda kirishimli shaxs bo‘lmasangiz, u holda kirishimli, so‘zamol o‘qituvchi rolini bajarishga urinib ko‘ring. Siz rahbar etib tayinlangan sinf o‘quvchilari bilan ilk marta tanishish jarayonini tashkil eting. O‘quvchilar bilan yaqindan tanishishning o‘ziga xos shakllarini taklif qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |