2.2. Bo’lajak o’qituvchilarida axborot-kommunikatsion ta’lim
muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari
III BOB.
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI AXBOROT MUHITIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING EMPERIK TADQIQOT NATIJALARINING TAHLILI
3.1. Axborot texnologiyalari vositalari asosida bo’lajak o’qituvchining
umumkasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi
Bugungi zamonaviy ta’limga kompetentli yondoshuv jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda va ommalashmoqda. Kompetentli yondoshuv - deganda muayyan kontekstda o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni o’z kasbiy faoliyatiga mustaqil qo’llash qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Davlat ta’lim standartida o’z ichiga ijtimoiy-shaxsiy, iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, umumkasbiy, maxsus kabi o’quv kompetensiyalarni olgan, bitiruvchining kompetentli modelidan foydalanish ko’zda tutilgan. Har qanday ixtisoslik bo’yicha zamonaviy mutaxassisda umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning asosini, axborotni qidirish, to’plash, qayta ishlash, tuzatish va qo’llashni maqsadli amalga oshirishga tayyorgarlik va qobiliyatlilikni ko’zda tutuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tashkil etadi. Turli sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan jadal foydalanishga yo’naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni jiddiy takomillashtirilishi lozim. Chunki, hozirgi tayyorgarlik doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyasi kompetentlikni ta’minlab bermaydi. Bo’lajak o’qituvchida axborot-kommunikatsion ta’lim muhitidagi umumkasbiy kompetensiyalarini shakllantirish uchun ta’lim jarayonini zamonaviy holatda tashkil etish va quyidagi yangi o’quv-metodik materiallarini qo’llash zarur: o’rganilayotgan materialning mobilli, grafikli, multimediali tizimlari; elektron va tarmoqli o’quv qo’llanma va o’quv-metodik majmua; multimediali kurslar, videoma’ruzalar; bilimlarni testdan o’tkazish va baholash tizimlari; intellektual trenajyorlar va elektron masalalar to’plami; virtual laboratoriya va boshqalar.
Bo’lajak pedagog o’qituvchilarida axborot-kommunikatsion ta’lim muhitidagi kasbiy kompetentlikni shakllantirishning metodlaridan biri bu - ta’lim jarayoniga turli ko’rinishdagi ko’rgazmali o’quv axborotining interaktivligi, egiluvchanligi va integrasiyasi, shuningdek, talabalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish mumkinligi evaziga foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyalarini o’zida ifodalaydigan multimedia vositalarini qo’llash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |