Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ikkilamchi didaktik materiallardan, ya’ni dars loyihasi, tabiiy ko‘rgazmalar, video va audio materiallar, test topshiriqlari, tarqatma materiallar va o‘yin topshiriqlaridan foydalanishlar darajalarini o‘rgandik. Natijaga ko‘ra o‘qituvchilar 62 % holatda dars loyihasidan, 36 % holatda tabiiy ko‘rgazmali materiallardan, 9 % holatda video va 12 % holatda audio materiallardan, shuningdek, test topshiriqlaridan (34 %), tarqatma materiallardan (56 %) va o‘yin topshiriqlaridan (58 %) foydalanishlari ma’lum bo‘ldi.
3.2.2-chizma