3. Мафкуравий тарбиянинг йўналишлари ва ижтимоий функциялари
"Mafkuraviy tarbiya vositalari" tushunchasi inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, mafkuraviy omillar, g‘oyalar va qarashlarga tayanadigan ta’sir obyektlari majmuini ifodalaydi. Uning mazmun-mohiyati Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma’naviyat -yengil-mas kuch" kitobida chuqur va har tomonlama asoslab berilgan. Mazkur asarga tayangan holda mafkuraviy tarbiya mezonlarini shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin:
birinchi guruh — millat, xalq, davlatchilik, madaniyat, me’moriy yodgorliklar va boshqalarni qamrab oluvchi tarixni, ming yillar davomida rivojlanib kelayotgan agrar madaniy an’analarni, geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy munosabatlarni va boshqalarni ifodalovchi moddiy meros;
ikkinchi guruh — xalqimizga xos bir necha ming yillik diniy e’tiqod, ta’lim-tarbiya, shuningdek, barcha ilm-fan sohalari va ular rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar va ularning asarlari, xalq ijodini qamrab oluvchi madaniy meros;
uchinchi guruh — xalqimizga xos an’analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa madaniy omillar;
to‘rtinchi guruh xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, xalqqa xos mafkuraviy xusiyatlar, ruhiyat va o‘zaro ijtimoiy munosabatlar;
beshinchi guruh — hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy faoliyat yuritayotgan, inson tarbiyasida katta ta’sirga ega, umuman, mafkuraviy dunyoqarash shakllanishida bosh rol o‘ynaydigan ta’lim-tarbiya maskanlari, OAV, kutubxona, teatr, san’at saroylari va shu kabi boshqa mafkuraviy ta’lim vositalarini o‘z ichiga oladi.
4. Мафкуравий полигон нима?
Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning sinov maydoni.
5. Исонга ғоявий таъсир кўрсатиш омилларига нималар киради?
Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim va tarbiya.
2. Fan va ilmiy muassasalar.
3. Madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar.
4. Adabiyot va san’at.
5. Din.
6. Jismoniy tarbiya va sport.
7. Harbiy vatanparvarlik.
8. Urf-odat, marosim va bayramlar.
9. Oila.
10. Mahalla.
11. Mehnat jamoalari.
12. Siyosiy partiyalar.
13. Nodavlat tashkilotlar.
6. Маънавий тикланиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида қисқача тўхталиб ўцангиз?
Millatimizga xos ilk g‘oyalar zardo‘shtiylik tarzidagi diniy-falsafiy ta'limot sifatida shakllangan. Uning g‘oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashda nafaqat ulkan ma'naviy-ma'rifiy meros, shu bilan birga, xalqimizning ma'naviy-ruhiy tiklanishi va qadriyatlarimizni asrab-avaylashning negizi hamdir. Zardo‘shtiylikning asosi bo‘lgan “Avesto” kitobida qadimgi xalqlarning dunyo to‘g'risidagi tasavvurlari, o‘ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g‘oyalar aks etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g‘oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g‘oyalarda erli xalqlarni birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo‘lib, ular shu zamin farzandlari uchun g'urur, o‘zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir.“Avesto”da nafaqat Zardo‘sht ta'limoti, balki unda o‘sha davrning eng asosiy g‘oyalari xamda bu g‘oyalarga tayanib yozilgan qo‘shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha kitobdan iborat bo‘lgan “Avesto” jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi g‘oyalarni umumlashtirgan, mintaqamiz xalqlarining ular asosida shakllangan yashash va hayot kechirish qonun-qoidalarini o‘zida ifodalagan.
Jumladan, unda quyidagi g‘oyalar aks etgan:Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Dunyo(boylikka) hirs qo‘yish dunyo lazzatlarini bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi.-G'azabdan o‘zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) o‘ladi.-Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan.
-Sergaplik gunohlarni ko‘paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko‘paytiradi. Chunki kamsuxanlik fikrlab so‘zlashga imkon beradi. Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr “Avesto”ning birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o‘rganish uchun ustozi Aristotelga yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo‘qotishni buyurgan. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi“Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi”. Ba'zilar Aleksandr “Avesto” tilini bilmagani, uning mohiyatini tushunmagani uchun kitobning qadriga etmagan va yo‘q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo‘ladimi? U shunchalik savodsiz kishi bo‘lganmi? Yo‘q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks etgan g‘oyalar odamlarga kanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u o‘z qo‘shiniga qattiq qarshilik ko‘rsatgan yurtimiz xalqlarining g‘oyalari “Avesto”da o‘z ifodasini topganini, o‘sha davrdagi avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu g‘oyalarga tayangan holda, tez orada yana istiqlol uchun kurashga chiqishini nihoyatda yaxshi tushungan. Xullas, Turonzamin xalqlarini o‘z ajdodlari qoldirgan ezgu g‘oyalardan bebahra qilish, tafakkurini qaramlikda saqlashning eng yaxshi va maqbul yo‘li — uni o‘zligidan judo etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga oshirilishini yaxshi bilgan jahongir Aleksandr “Avesto”ni yo‘q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon fotihlari ham ana shunga o‘xshash yo‘llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. “Avesto” miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan . “Avesto” o‘sha davrdagi ustuvor huquqiy va ahloqiy g‘oyalar, ma'budlar sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik, mehnatsevarlik, yaxshilik, bag'rikenglik, davlatchilik g‘oyalarini o‘zida jamlagan muqaddas manba hisoblanadi. Mustaqillik davrida “Avesto”ga munosabat tubdan o‘zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Adolatli jamiyat sari” asarida “Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir”, - deb baho bergan edi. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi “Avesto” yaratilishining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 martdagi maxsus qarori bilan 2001 yil noyabr oyida “Avesto” kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |