Madaniyatshunoslik


«Madaniyatshunoslik» fanining maqsadi –



Download 72,17 Kb.
bet2/7
Sana29.01.2022
Hajmi72,17 Kb.
#415331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

«Madaniyatshunoslik» fanining maqsadi – Vatanimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy olamini boy, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun butun insoniyat necha ming yillar davomida yaratgan moddiy va ma’naviy madaniyat xazinalaridan bahramand etish, unda barcha xalqlarga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish va shakllantirishdan iborat.
«Madaniyatshunoslik»ning fan sifatidagi asosiy vazifasi – insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning moddiy va ma’naviy turmushiga oid barcha madaniy jarayonlarni tadqiq etishdir.
"Madaniyatshunoslik" fani jahon xalqlarining ko‘p ming yillik madaniy hayoti, umumiy ildizlarini, Sharq va G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari va mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyatning jahon madaniyati ravnaqiga ta’sirini, madaniyatlararo muloqot muammolarini, madaniyatning tarkibiy tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti ularning insoniyat hayotidagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat. Chunki, madaniyat insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining xazinasini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, juda murakkab, ko‘p qirrali ma’naviy-ijtimoiy xodisa sifatida bevosita o‘tmishidagi va hozirgi ko‘plab allomalar, mutafakkirlar aql-idroki, iste’dodi, zakovati va mehnati mahsulidir.
Tabiatshunoslik - bizni o‘rab turgan moddiy olamni, jamiyatshunoslik — insoniyat jamoasi qonuniyatlarini, ruhshunoslik -inson ongi va shuurini, ya’ni ichki dunyosini o‘rgangani kabi, insoniyat taraqqiyoti tarixida vujudga kelgan turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi masalalari madaniyatshunoslik fani doirasida o‘rganiladi.
Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganadigan gumanitar fandir.
Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, ibtidoiy turmush tarzidan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to‘plangan bilim va tushunchalarni integratsiyalashga ko‘maklashuvchi fandir.
Ikkinchidan, madaniyatshunoslik madaniyatni murakkab va dinamik hodisa, o‘ziga xos fenomen, sistema sifatida o‘rganuvchi fandir.
Uchinchidan, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos madaniy jarayonni, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy-madaniy yutuqarni taqqoslash, solishtirish orqali eng umumiy madaniyatshunoslik qonunlarini aniqlovchi fandir.
"Madaniyatshunoslik" fani insonning oila, tabiat va jamiyat bilan hamkorlikdagi hamda kishilarning madaniy faoliyatlariga oid barcha jarayonlarni o‘rganadi. Uning tadqiqot manbai sifatida:

  • mehnat qurollari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish jarayoni;

  • insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy, ma’naviy meros, san’at turlari;

  • kishilarning o‘zaro muomala vositasi bo‘lgan turli tillarga jahon madaniyati durdonalari tarjima qilinib, o‘zlashtirilishi;

  • jamiyat boyligi va mezoni bo‘lgan bilimlarni ayirboshlash;

  • din va diniy qadriyatlar;

  • ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;

  • sivilizatsiyaning madaniyatning dialektik rivojlanishi bilan hamohangligi;

  • jamiyatda sodir bo‘luvchi demografik va etnik jarayonlarning madaniyaga ta’siri.

  • "Ommaviy madaniyat" va globallashuv muammolari.

Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam. Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi.
"Madaniyatshunoslik" fani diqqat markazida insonda ziyolilik hissini tarbiyalash vazifasi turadi. "Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa,— degandi akademik D.S.Lixachev, - u shuncha ko‘p narsani tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va "juda qadim"ga nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi, o‘zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatliklarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatliklarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir".
"Madaniyatshunoslik" fanining muhim vazifalaridan yana biri — bu kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy qimmatliklar yig‘indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur hosil qilish uslublari uzluksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.
Fanning tarbiyaviy funksiyasini tatbiq etilishi uning bilish funksiyasi bilan qo‘shib o‘rganilishini talab etadi. Tarixiy davrlar madaniyatini o‘rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo‘yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o‘rganish, boshqa madaniyatlar qimmatliklaridan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik fani tarixiy antropologiya-madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot ob’ekti insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyati, madaniy taraqqiyot yutuqlari, ularning ma’no-mazmunini o‘rganishdan iboratdir.
Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi bo‘lib, insoniyatning madaniy hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy va o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga imkon beradi. Dialektik metod biron-bir mamlakat yoki mintaqada kechgan madaniy jarayonni, jumladan O‘zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish, tadqiq qilishga ko‘maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Madaniyatshunoslik fani ob’ektni o‘rganishda ilmiy bilishning sistemali yondashuv metodiga tayanadi. Sistemali yondashuv bo‘laklarni butun orqali, butunni uning bo‘laklari orqali tahlil etish, o‘rganishni taqozo etadi. Bu metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va hokazo bo‘laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida umumlashtirilgan xulosalar chiqarishga, jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni tahlil qilishga imkon beradi.
Madaniyatshunoslik fani o‘z tadqiqotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. Tarixiylik metodi madaniyatga davriy nuqtai nazardan o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib, boyib boruvchi jarayon sifatida qaraydi. Tarixiylik metodi har bir xalq madaniyatini, har bir davr madaniyatini o‘z davri nuqtai nazardan baholashni, hozirgi madaniy hayotni va erishilgan yutuqlarni o‘tgan zamon madaniyatiga taqqoslab tasavvur qilish, tasvirlashni talab qiladi.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim tamoyil hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo‘lmaganida edi, «biz uchun o‘tmish sovuq, befoyda, o‘lik va qiziqarsiz bo‘lib qolaverardi», deb takidlaydi J.Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller hind sivilizatsiyasi haqida fikr yuritar ekan «eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizatsiyasi o‘rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud», deb yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
Madaniyat bir tekisda rivojlanuvchi jarayon emas. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida madaniyat taraqqiyotida inqirozli yoki sakrash holatlari ham yuz berib turadi. Bunday holatlarni tahlil qilishda iqtisodiy, sotsiologik, statistik va bilishning boshqa ilmiy metodlardan ham foydalaniladi.
Madaniyatshunoslik fani o‘z predmetini o‘rganishda tadqiqotchidan o‘z idroki, ichki sezgilari bilan his qilish orqali haqiqatni anglashni ham talab qiladi. Bu tamoyil turli xil madaniyat sohalariga chuqurroq kirishga, dalilu-ashyolar yordamida isbotlarsiz bevosita ichki sezgilar orqali haqiqatni bilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, madaniyatshunoslikda madaniyatning moddiy va ma’naviy unsurlarini talqin qilish, turli davrlarga xos yozuv matnlarini sharhlash, izohlab berish, tushuntirish (Germenevtika) usulidan ham foydalanadi.
Xullas, madaniyatshunoslik boshqa fanlar singari ilmiylik, xolislik, haqqoniylik talablariga javob beruvchi bilishning aniq metodlariga tayangan holda tadqiqot yuritadi.
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishning zaruriyati shundaki, insoniyat jamiyat taraqqiyotiga faqat siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, huquqiy tadbirlar bilan erishib bo‘lmaydi, shular bilan bir qatorda jamiyat ma’naviy-madaniy hayotini ham yuksaltirishga erishmog‘i zarur bo‘ladi.

Download 72,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish