2. Madaniyatning tuzilish shakli (morfologiyasi)- insonga boq’liq bo’lmagan va jamiyatda mustaqil mavjud bo’lgan madaniyatning o’ziga xos shakli uning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Madaniyat rivoji jamiyatning ichki qonuniyatlariga o’zaro bog’liqdir, deb hisoblovchi madaniyat morfologiyasi taqqoslash, tahlil va boshqa uslublar asosida madaniyat rivojlanishining manbai va omillarini ochishga urinadi. Uning mavjudlik davri u yoki bu madaniyatning paydo bo’lishidan to inqirozigachadir.
3. Madaniyat sotsiologiyasi- biron bir jamiyatdagi mavjud madaniyatning aniq jarayonlarini o’rganish bilan shug’ullanadi; bu har xil sotsiologik axborotlarni to’plash qayta ishlash va tahlil qilish bilan bog’liq bo’lgan madaniyat jarayonini emprik (tajriba) tadqiq qilishda ma`lum madaniyat sharoitida kishilarning o’zaro munosabatlarida, sotsiomadaniyat toifalarida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |