1. Madaniyat falsafasi- madaniyatdagi murakkab va ko’pmaqsadli jarayonlarni tahlil qilishda yondashuvning eng umumiy tamoyillarini namoyon qilib, qiyosiy tahlil, tasniflashga asoslanadi. Madaniyatni falsafiy anglash, falsafiy asoslash bilan bog’liq materialistik, pozitivistik, ob`ektiv idealistik va boshqa ko’plab qarashlar mavjud. Ularning har birida insonning tabiat va ijtimoiy guruh (sotsium) olamida jismoniy, ma`naviy va ruhiy hayot faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini nazariy tushuntirish usullari va o’ziga xos tahliliy uslublari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |