Ta’lim ravnaki.
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng
muxim vositasidir. SHu boisdan xam Mustakil O‘zbekistonda maorif va
madaniyat ishlarini eng muxim va dolzarb soxa sifatida rivojlantirishga aloxida
e’tibor berildi.
1992 yil 2 iyulda kabul kilingan O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim
to‘grisida"gi konuni xamda 1991-1996 yillarda e’lon kilingan 30 dan ziyod
Prezident farmonlari va Vazirlar Maxkamasining xarorlari asosida ta’lim
soxasida kator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bogchalari
xamda "bolalar bogchasi-maktab" majmui tarmogi rivojlandi. Bolalarga chet
tillarni, xoreografiya, tasviriy va musika san’ati, kompyuter savodxonligi
asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortik gurux tashkil etildi.
"Soglom avlod uchun", "Iktisodiy ta’lim", "kishlok maktabi", "Rivojlanishda
nuksoni bo‘lgan bolalarni tiklash" va boshka tarmok dasturlari ishlab chikildi
xamda ta’lim jarayoniga tadbik etila bordi.
Oliy ta’lim soxasida xam ko‘plab yangi o‘kuv yurtlari ochildi. 1992 yil 28
fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha
yangi oliy o‘kuv yurtlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi
davlat va jamiyat kurilishi akademiyasi, kurolli kuchlar akademiyasi, Ichki
ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Moliya
instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarkand davlat chet tillari instuti,
Andijon iktisodiyot va boshkaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, xarshi
agrar-iktisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan
muxandislik-iktisodiyot instituti xamda viloyatlarda yirik universitetlarning
filiallari tashkil etildi. 1997 yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58
ta oliy o‘kuv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat
ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘kidi, 18,5 ming professor-o‘kituvchi
faoliyat ko‘rsatdi.
Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida
baxolashning ilgor usullari joriy etildi.
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy ragbatlantirish, ulsharning chet elda
o‘kishini ko‘llab-kuvvatlash maksadida "Ulugbek", "Umid", Respublika
bolalar fondi, "Kamolot", "Soglom avlod uchun", "Iste’dod" jamgarmalari
tashkil etildi.
Ta’lim tizimida bir kator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, xali bu soxada
jiddiy kamchiliklar mavjud edi.
Xususan, ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik
o‘zgarishlar, bozor isloxotlari talablari bilan boglanmagan edi. O‘kuv
jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi konixarsiz axvolda edi. Ta’lim
muassasalarida zamonaviy o‘kuv adabiyotlari va didaktik materiallar
129
etishmasdi. YUkori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab o‘kuvchilarida
Mustakil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Ta’lim tizimi, fan va ishlab chixarish o‘rtasida xamkorlik, integratsiya
o‘rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi
ta’lim tizimi zamonaviy, tarakkiy topgan davlatlar darajasidan ancha orkada
edi. SHu boisdan ta’lim tizimini tubdan islox kilish masalasi ko‘ndalang bo‘lib
koldi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni islox kilish yo‘llari ishlab
chikildi. Islom Karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida
"Barkamol avlod - O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori" mavzusida ma’ruza
kildi. Ma’ruzada oldimizga ko‘ygan buyuk maksadlarimizni ro‘yobga
chikarish takdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yukori
malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas
boglik ekanligi asoslab berildi.
1997 yil 29 avgust kuni Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston
Respublikasining "Ta’lim to‘grisida"gi yangi konuni va "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi" kabul kilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maksadi ta’lim soxasini tubdan islox
kilish, uni o‘tmishdan kolgan mafkuraviy xarashlar va sarkitlardan to‘la xalos
etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axlokiy talablarga
javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
Milliy dasturda, xayotimizning barcha soxalarida boskichma-boskich amalga
oshirilayotgan isloxotlarga monand ravishda, ta’lim isloxotlarini uch boskichda
amalga oshirish nazarda tutilgan.
Birinchi boskich (1997-2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining
ijobiy saloxiyatini saklab xolish asosida ushbu tizimni islox kilish va
rivojlantirish uchun xukukiy, kadrlar jixatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-
moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chikariladi.
Ikkinchi boskich (2001-2005 yillar)da Milliy dastur to‘lik ro‘yobga chikadi,
mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iktisodiy sharoitlarni xisobga
olgan xolda unga anikliklar kiritiladi.
Uchinchi boskich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani taxlil
etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish
istikbollariga muvofik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va
rivojlantiriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalk,
umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro‘yobga chixarishning
birinchi boskichi yakunlandi.
Isloxotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi.
Xususiy va xonadon bogchalar tarmogi kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 foiz
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim
muassasalarida, xo‘jalik xisobidagi kiska muddatli guruxlarda, maktablar
koshidagi tayyorlov guruxlari, savodxonlik va boshka turdagi markazlarda
amalga oshirilmokda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmokda. 2001-
130
2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalari
faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500 nafar o‘gil-kizlar tarbiyalandi, 65862 nafar
pedagog, tarbiyachi va boshka xodimlar faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston xukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag ajratmokda.
Birgina 2001 yilda ta’lim xarajatlari davlat byudjeti sarf-xarajatlarining 36
foizini tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln. AKSH dollaridan ziyod chet el
investitsiyasi sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng
zamonaviy o‘kuv-laboratoriya uskunalari va o‘kuv mebellari bilan jixozlash
uchun sarflandi. Mustakillik yillarida 848398 o‘kuvchi o‘rniga mo‘ljallangan
2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari kurilib, foydalanishga topshirildi.
Respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 6 millionga yakin o‘kuvchi
ta’lim-tarbiya olmokda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muxim O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimini yaratishdan
iborat vazifa sobitkadamlik bilan amalga oshirilmokda. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining birinchi boskichi – 1997-2001 yillarda 216 ming o‘kuvchi
o‘rniga ega bo‘lgan 44 ta akademik litsey va 291 ta kasb-xunar kolleji barpo
etildi.
Oliy ta’lim ikki boskichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib kayta
tashkil etildi. 1999 yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001-2002
o‘kuv yilida 62 ta oliy o‘kuv yurtida 180 mingdan ortik bo‘lajak bakalavrlar va
5 mingdan ortik magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-
o‘kituvchilar mexnat kildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan
nomzodidir.
Mamlakatimizda iktidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish,
ko‘llab-kuvvatlash bo‘yicha davlat siyosati yuritilmokda. Bu borada xalkaro
xamkorlikni yo‘lga ko‘yish muxim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil
etilgan "Umid" jamgarmasi yo‘llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar
yigit-kiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘kuv yurtlariga o‘kishga yuborildi.
Ulardan 519 nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan
Maxsus ishchi guruxi yo‘llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va
korxonalarda ishlamokda. 2002 yil iyulda Toshkentda Xalkaro Vestminster
universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar kabul kilindi.
Ta’lim muassasalarining Evropadagi ta’lim jamgarmasi, Germaniyadagi
Texnikaviy xamkorlik tashkiloti, YAponiyadagi JAYKO xalkaro tashkiloti,
Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jaxon banki, TASIS-TEMPUS
ochik jamiyat instituti, SOROS fondi, AKSH, Angliya, Fransiya, YAponiya,
Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan xamkorligi kengayib
bormokda. Ta’lim ravnaki uchun 150 mln. AKSH dollari xajmida chet el
investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘kuv yurtlarining yuzlab professor-
o‘kituvchilari "Ustoz" jamgarmasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘kuv
yurtlarida malaka oshirib keldilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo mikyosida katta kizikish uygotmokda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalkaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.SHukshunov
O‘zbekistonda ishlab chikilgan bu Milliy dasturni mazmun-moxiyati jixatidan
131
tengi yo‘k xujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi
"Ta’limning o‘zbek modeli" deb e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |