Маданиятшунослик фани предмети, методологик асослари ва баркамол авлодни шакллантиришдаги ахамияти


Milliy  kadriyatlarning  tiklanishi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/66
Sana07.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#326134
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
madaniyatshunoslik fanidan maruzalar matni

Milliy  kadriyatlarning  tiklanishi.
  O‘zbek  xalkining  o‘ziga  xos  milliy 
kadriyatlari  bor.  O‘zbek  xalkining  shakllanishi  kanchalik  uzok  tarixiy 
jarayonda sodir bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy kadriyatlari xam shunchalik uzok 
tarixiy jarayon davomida shakllangan.
 
Kadriyatlar dastlab maxalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, 
Samarkand, Toshkent, Farkona va xokazo xududlarda yashovchi elatlarga xos 
urf-odatlar,  rasm-rusumlar,  marosimlar  tarzida  shakllangan.  So‘ngra  ularning 
eng  yaxshilari  asrlar  davomida  saralanib  umummilliy  kadriyatlar  darajasiga 
ko‘tarilgan.  Turli  mamlakatlarga  xos  eng  yaxshi  kadriyatlar  saralanib 
umuminsoniy kadriyatlarga aylanadi. SHu boisdan xam xar bir inson uchun o‘z 
milliy  kadriyatlarini,  shuningdek  umuminsoniy  kadriyatlarni  bilish  xam  farz, 
xam xarzdir.
 
Mustakillik  yillarida  xalkimizning  milliy  kadriyatlarini  tiklash,  yangi  ma’no-
mazmun bilan boyitish yo‘lida bir kator xayrli ishlar amalga oshirildi.
 
1994  yil  23  apreldagi  Prezident  farmoni  asosida  tashkil  etilgan  Respublika 
"Ma’naviyat  va  ma’rifat"  jamoatchilik  markazi  o‘zbek  xalkining  ma’naviy-
madaniy  merosini  tiklash,  millat  kelajagini  belgilaydigan  goyalarni  yuzaga 
chixarish,  yuksak  iste’dod  va  tafakkur  soxiblarining  akliy-ijodiy  saloxiyatini 
Vatan  ravnaki  sari  yo‘naltirishga  xaratilgan  muxim  tadbirlar,  ko‘rgazmalar 
tashkil  etishni  yo‘lga  ko‘ydi.  Markaz  tomonidan  axoli  orasida  o‘tkazilgan 
sotsiologik  tadkikotlar,  so‘rovlar  va  shu  asosda  ishlab  chikilgan  tavsiyalar 
jamoat  birlashmalari,  ilmiy-ijodiy  muassasa  va  tashkilotlar,  ommaviy-axborot 
vositalarining  ma’naviy-tarbiyaviy  faoliyati  saviyasini  yaxshilashda  muxim 
axamiyat kasb etdi.
 


 
126 
1996  yil  yanvarda  Respublika  "Ma’naviyat  va  ma’rifat"  jamoatchilik  markazi 
xuzurida  "Oltin  meros"  xalkaro  xayriya  jamgarmasi  tuzildi.  1996  yil  27 
sentyabrda  Respublika  Vazirlar  Maxkamasining  ""Oltin  meros"  xayriya 
jamgarmasini  ko‘llab-kuvvatlash  to‘grisida"gi  xaroriga  binoan  mazkur 
jamgarma davlat tomonidan moddiy jixatdan ko‘llab kuvvatlandi.
 
"Oltin  meros"  xayriya  jamgarmasi  "Xalk  merosi  durdonalari"  ilmiy 
anjumanlarini,  xorijdan  izlab  topilgan  ko‘lyozmalar,  tarixiy  xujjatlar,  xalk 
xunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini taxlil kilish, ko‘rik 
tanlovlar  o‘tkazish  bilan  shugullanmokda.  1996-2002  yillarda  "Oltin  meros" 
jamgarmasi  sa’y-xarakatlari  natijasida  buyuk  allomalarimizning  ko‘plab 
madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan 
izlab  topildi,  jamlandi  xamda  kutubxona  va  muzeylarga  joylashtirildi. 
SHuningdek,  u  xalkimizning  rasm-rusumlarini,  urf-odatlarini,  marosimlarini 
o‘rganish,  tiklash,  xalkimizga  kaytarish,  ularning  ma’no-moxiyatini,  xozirgi 
kundagi axamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta xissa ko‘shmokda.
 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish