64
mashina va texnika vositalaridan keng foydalanish uchun keng, ravon yo‘llar
ochdi. Bu qullikning bekor qilinishining be-vosita natijasidir. Antik davr ruhan va
jismonan o‘zaro muvozanatda bo‘lgan inson timsolni ko‘rsatishga intildi. Ammo ayniqsa
Rim madaniyatida bu g‘o-yani amalga oshirishda ko‘proq jismoniy kamolotni ta’minlash
borasida muvaffaqiyat qozonildi. Shuningdek, Demokrit, Platon, Aristotel kabi
antik davr mutafakkirlarini ijtimoiy-siyosiy va tabiiy-falsafiy qarashla-rining
Jordano Bruno, Galileo Galiley, Tomas Mor, Tommazo Kampa-nella kabi o‘rta asr
nazariyotchi-olimlari tomonidan ilg‘or ta’limotlar ya-ratilishiga ko‘rsatgan
bevosita ta’sirini rad etib bo‘lmaydi. Masalan, Pla-ton, Aristotellar tomonidan ilgari
surilgan ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar Tomas Mor, Tommazo Kampanellalarining
utopik qarashlarida yaqqol na-moyon bo‘ladi. Aynan shu qarashlar asosida keyinchalik
gumanizm, de-mokratiya to‘g‘risidagi yangidan-yangi ta’limotlar rivojlanib,
bugungi kunda ham adolatli, farovon jamiyat qurishda jahon xalqlariga dasturi-
lamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Birgina shu misoldan ko‘rinib turibdiki, xalqlar, avlodlar va davrlar o‘rtasidagi
vorisiylik nafaqat ayrim hududlar, balki jahon sivilizatsiyasi yuksalishida asosiy
omil bo‘lib xizmat qilgan. Demak, o‘rta asrlar mada-niyati bevosita antik davr
madaniyati, ilm-fan va san’ati ta’sirida yuksal-gan hamda o‘sha davrda namoyon
bo‘la boshlangan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalarni yanada boyitgan, keyingi
Uyg‘onish davri uchun mustahkam zamin hozirlagan.
O‘rta asr Yevropa madaniyati cherkov-diniy g‘oya bilan yaqindan bog‘langan
edi. Cherkov ta’siri o‘rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda,
maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi. Ilm-fan u qa-dar rivojlanmagan ilk o‘rta
asrlar davrida, taxminan XI asrning ikkinchi yarmigacha o‘rta asr jamiyatiga
g‘oyaviy rahbarlik asosan cherkov ta-sarrufida bo‘ldi: Kishilarning olam
to‘g‘risidagi bilimlari mahalliy cher-kov ta’limoti doirasi bilan cheklanardi.
Boshqa mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz bo‘lganligidan, yevropaliklar
ancha vaqtlargacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni to‘qishardi. Fan va
texnika ta-raqqiyoti darajasi juda past bo‘lganligidan, odamlar qurg‘oqchilik, toshqin va
kasalliklar oldida ojiz edilar.
Jismoniy ehtiyojlar va lazzatlar mutlaqlashtirilgan
Rim jamiyatining achchiq saboqlariga tayanib, xristianlik insondagi ruhiyatga,
uning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratdi. U insonni hamma narsadan o‘zini
ti-yishga, ko‘ngilli ravishdagi javonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg‘ularni
so‘ndirishga chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolotdan ustunligini e’lon qilib,
xristianlik kishining chuqur ma’naviyatini shakllantirishga, uni axloqan
yuksaltirishga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo‘lda
birlashtirishga urinish g‘oyasi kuzatiladi. Bunga Rim papalarining (Sharqda – Arab
xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovlarini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari misol bo‘la
oladi. Cherkovning qudratli ta’siri o‘laroq, Rim papalari xudoning yerdagi noiblari
hisoblangan. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlarni himoya qilish
diniy faoliyat bilan sig‘isha olmaydigan o‘ziga xos soha ekanligi ayon bo‘la bordi.
Talabalarga diniy masalalarning eng muhim jihatini diniy ta’limot – dogmatika
tashkil etishini ta’kidlash darkor. Chunki har bir dinning asosida ishonch, e’tiqod
yotadi. Xristianlik ta’limotining asoslari -
Do'stlaringiz bilan baham: