21
iborat bo‘lgan. Bu yozuv keyinchalik butun Janubi-G‘arbiy Osiyo xalklari orasida
tarkalgan. Qadimdan
Mesopatamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri,
loy lavhalarga yozib, o‘ziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxonalarni tashkil
kilganlar. Bunday kutubxonalar Ur, Nippur, Nineviya, Bobil,
Ashshur kabi
shaharlarda mavjud bo‘lgan. Ularning ichida eng kattasi Ossuri podshosi
Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasi bo‘lib, unda 30 mingdan ortik xatli
lavhalar saklangan. Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi erdagi
hayotga ko‘proq e’tibor qilishgan. Ulim bilan hammasi tugaydi deb o‘ylashsada,
narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklardan farqli ravishda, narigi dunyoni inson
ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan qo‘rqinchli dunyo deham yashab
kelmokda. Bu madaniyat jahon madaniyati rivojiga ham katta hissa ko‘shdi.
Shuning uchun ham Yunon faylasufi Aflotun Misr madaniyatini "Jami
sivilizatsiyalarning onasi"
1
deb bejiz aytmagan.
Sharuppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida aytiladiki «Shirin
hayotdan
tashqari biron narsa aziz emas». Mesopotamiyaliklarning quvonchli hayot
haqidagi qarashlari «Gilgamish» dostonida ham tasvirlanadi. Ular shaxsiy hayot
muammolari bilan ko‘proq qiziqqanlar. Diniy-mifologiya bo‘yicha Shumer
Misrdagidan farq kiluvchi tizimga ega edi. Garchi bu erda ham shahar
hukmdorini Xudoning erdagi avlodi deb karalsa-da, birok narigi dunyo
to‘g‘risidagi tasavvurlar Misrdagi singari katta ahamiyatga ega bo‘lolmadi.
Kohinlar ham muhim ijtimoiy katlam sifatida shakllana olmadi. SHumerlarda har
bir shahar-davlat o‘zining homiysi - Xudosiga ega edi.
SHu bilan birga butun
Mesopatamiyada sig‘inuvchi umumiy xudolar ham mavjud bo‘lgan. SHulardan
osmon xudosi – An, er xudosi – Enlil, suv xudosi – Enki. Moddiy madaniyat
sohasida SHumerda arxitektura kurilishi sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu erda xom
g‘isht kashf kilingan bo‘lib, ulardan xramlar – olti, etti kavatli zikkuratlar
kurilgan. Ularning ichida taniklisi Ur shahridagi "Xram-tog‘i" (er. avv. XXII-
XXI asrlar) edi. Zikkuratlar observatoriyalar o‘rnini ham o‘ynaganlar. Osmon
jismlari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar shug‘ullanishgan. Kadimgi
Mesopatamiya astronomlari kuyosh va oy tutilishini oldindan bilganlar. Ular
kuyosh yili 365, oy yili 354 kunligini aniklab, shu asosda astronomiya takvimini
tuzganlar.
YUkorida kayd kilinganidek, Mesopatamiyada ko‘p xudolik mavjud
bo‘lib, oy xudosini shumerliklar – Nishar, akkadliklar esa Sin deb ataganlar.
Quyosh xudosini shumerliklar – Utu, akkadliklar esa Shamash deb nomlaganlar.
Venera sayyorasi xudosini shumerlar – Ianni, akkadliklar o‘z ma’budasi Ishtar
bilan taqqoslaganlar. Dastlab qurbonlikka odamlar so‘yilgan, keyinchalik qo‘y
va qo‘zilar qurbon qilingan. Qadimgi Hindiston hakli ravishda qadimgi
Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli
qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti
boyliklariga ega bo‘lgan. Yarim orolda sersuv
Hind va Gang kabi daryolar
mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind
daryosi vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan.
IV ming yillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati
vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning
22
rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi
va uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi.
Bu davlatlarning
Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda
Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat.
Bu yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan turar joylar,
saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini
topishgan. Shaharda pishik g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham
bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib
pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. Xarappa shahridan arxeologlar 500
ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir
xil. Shaharda me’morchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik,
zargarlik,
qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o‘zlarining iyeroglif yozuvlariga
ham ega bo‘lgan.
3
Ikkala shaharda ham yirik g‘alla omborlari topilgan bo‘lib, bu
davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. Hindlar dunyoda birinchi bo‘lib
paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish,
qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik orqali
shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. Mil. avv. II
ming yillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko‘chmanchi,
chorvador oriy kabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining
unumdor yerlariga kelib o‘rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan
aralashib ketganlar. Oriylar bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi
qonli janglar
hindlarning xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lgan "Mahobxarat" va
"Ramayana" dostonlarida ham aks ettirilgan. Hindlar o‘zlarining qadimiy
yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astronomiya va matematika ham ancha rivoj
topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, o‘zlarining
taqvimlarini tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar,
gimnlar, ko‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: