Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy


A.Mamatova. “Muhammad Yusuf”. 2001



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

A.Mamatova. “Muhammad Yusuf”. 2001
-2014 yil. 
Hayot shunday o‘zi, so‘zlarimni yodda tut:
 
Gullash vaqti va oltin-
kuz vaqti bo‘lar.
 
Sevgim, hamisha yuragimda bo‘lgansan.
 
Qabrim ustida yagona o‘zing bo‘larsan.
 
Xislarimizda o‘zing shafaq bo‘lgansan.
 
Qizg‘aldog‘im, dalalar bezagi

Mashhur shoir Muhammad Yusufning 
(1954-2001) portretini ishlash u shuhrat 
cho‘qisida bo‘lgan 2000 yili rejalandi, lekin 
2001 yili boshlandi. Shoirning turmush 
o‘rtog‘i, O‘zbekistonda “Tarjima nazariya”siga 
asos solgan Naim Saidov, Ninel Vladimirova 
kabi olimlar qatorida bo‘lgan G‘aybulla as
-
Salomning qizi edi. Biz oilaviy 
do‘st bo‘lgan 
edik, onalarimiz dasturxon tuzatguncha qadar 
otalari
miz G‘aybulla as
-Salom va Said 
Nasimxon shaxmat o‘y
nashar edi. Muhammad 
bilan biz ijodiy kechalarda uchrashib turardik. 
Ularni Muhammad she’r
larining ishqibozi 
bo‘lgan talaba
-yoshlar 
tashkil qilardi. Ba’zan Muhammad xazilashib: “Portretimni 
qachon chizasiz?” –
der edi. Uni
ng hislari g‘alat, tez orada u Qoraqalpog‘iston 
shimolidagi Ellikqal’a shahar
cha
sida aynan ijodining cho‘qqi pallasida yurak 
xurujidan vafot etdi. U yerga bir guruh shoirlar va yozuvchilar mahalliy aholi bilan 
uchrashuvga borgan edi. U yerda hali 45ga kirmagan shoir bu dunyoni tark etdi. Bu 
o‘zbek xalqi, uning ada
biyoti va mada
niyati uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi.
Rassom 
Aziza Mamatova shunday degan edi: 
“Endi bu kutilmagan fojiadan o‘zi
mizga kelib 
Nazira ikkimiz Muhammadning portretini ishlamoqchi bo‘ldik. Bu yanvar oyi edi. 
Ustaxonam juda sovuq edi. Nazira paltoga o‘ralib shoirning she’rlarini o‘qir edi, men 
uning obrazini matoda yarata boshladim. Har ikkalamiz Muhammadning ruhi poki 
yonimizda ekanligini sezib turardik”. Bu portret kanopli mato tortilgan 140x100 
xajmdagi romkaga moy bo‘yoq bi
lan ishlandi.


164 
Shoir sovqatgan qo‘lini paltosining ko‘krak qismiga tiqib ol
gan, ikkin
chi qo‘lini 
ko‘tarib she’r o‘qimoqda. Sovuq shamol Muhammadning op
poq sochlarini 
xilpiratyapti, uning boshi ustida ikki qanotli farishta shoirni himoyalab uchayapti, 
uning yuzini Naziraning qiyofasidan chizilgan. 
Rassom Aziza Mamatova: “O‘n yildan 
ortiq vaqt davomida asarga yana va yana qaytar edim. Qor qoplagan daraxt shoxlarini, 
farishta qanotlarini va kartinaning boshqa qismlarini ishladim. Shunisi ajablanarliki, 
yillar o‘tgan sayin shoir hammamizga, qondoshlarga va umuman xalqimizga yanada 
qadrliroq bo‘lib qolyapti. Yoshlar shoirning xotira kechasini o‘tkazyapti, uning 
she’rlari o‘qilyapti va uning she’rlari asosida qo‘shiqlar aytilyapti. O‘zbekistonning 
barcha xududlarida xalqi
miz uni yodda saqlaydi”.
Yozuvchi Chingiz Aytmatov (1926-2008) obrazi XXI asr boshlarida yaratildi. 
Yozuvchining dastlabki asarlari bilan rassom XX asrning 60-yillarida tanishdi. 1962 
yili P.P.Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida o‘qiyotganida, opa
sining kitob 
javonidan 1952 yili nashr qilingan Chingiz Aytmatovning sevgi haqidagi fransuz tiliga 
yozuvchi Lui Aragon tarjima qilgan, “Jamila” qisas
sini topib oladi. Keyinchalik 1960-
1980-
yillari rassom yozuvchining “Birinchi o‘qituvchi”, “Sarviqomat dilbarim”, 
“Alvido Gulsari!”, “Oq kema”, “Asrlarga ta’tigulik kun”, “Qiyomat” asarlarini o‘qib 
chiqdi. Bu yozuvchining adabiy faoliyati xalq hayotini haqqoniy aks ettirilganligi, 
qahramonlarning sof va teran hislari bilan ko‘pchilikning qalbini zabt etdi. So‘ngra 
yozuvchi bilan tanishib, uning portretini ishlash fikri hech qachon uning hayolini tark 
etmadi. Ammo uzoq yillar buning im
koni bo‘lmadi.
1996 yili may oyida Toshkentga butun Markaziy Osiyodan taniqli adabiyot, ma-
daniyat va san’at arboblari Markaziy Osiyo xalqlari Madaniyat Assam
bleyasini tashkil 
qilish uchun yig‘ildila
r. Chingiz Aytmatov uning birinchi prezi
denti bo‘lib say
landi. 
Rassom Aziza Mamatova: “Hammayoqda bayram odamlar bir
-biri bilan uchrashga-
nidan xursand edi, ob-
havo ham bayramona bo‘ldi. Osmon ko‘m
-
ko‘k, daraxt
larning 
yosh barglari yengil shabodada 
xilpiraydi, forum o‘tkazilayotgan “Turkiston” saroyi 
bayramona bezatilgan. Bu kunni men shunday eslab qoldim.
1997 yil may oyi edi. Chingiz Aytmatov yana Toshkentga keldi. Bu paytda u shtab 
kvartirasi O‘zbekistoning poytaxtida joylashgan Markaziy Osiyo
xalqlari Madaniyat 
Assambleyasi raisi edi. U Qozog‘istonlik mashhur shoir Muxtor Shoxonov bilan birga 
keldi. O‘zbekiston Respublikasidagi Qirg‘iziston Respublikasi elchi
xonasida ikkovi 
muallifning “Tog‘ cho‘qqisida qolgan ovchi
ning ohi-
zori” kitobi ta
qdimotini barcha 
milliy madaniy markazlar ishtirokida Respublika baynalminal madaniy markazda 
o‘tkazish mo‘ljallangan edi. 
1998 yili Toshkentda “Markaziy Osiyo madaniyati” deb nomlangan yangi umum
-
siyosiy xalqaro gazetaning birinchi nomeri nashr etildi. 1996 yildan Chingiz Aytmatov 
prezidentlik qilayotgan Markaziy Osiyo Madaniyati Assambleyasi yangi nashrning 
muassisi bo‘lgan. Gazetaga Y
UNE
SKO bosh kotibi Frederiko Mayor tabrik yo‘lladi. 
1998 yili Chingiz Aytmatov 70 yoshi bilan tabriklandi va 
O‘zbekistonning oliy 
mukofoti bo‘lgan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Inter
markazda 
yozuvchi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan odamlarga zaldagi joylar yetish
madi, talaba-
yoshlar yo‘lakda tik turdilar. Chingiz Aytmatov madaniyat mar
kazi haqida iliq fikr 
bildirib, uni kichik birlashgan millatlar tashkiloti deb atadi. 


165 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish