M.Nabiyev. “Hukmdor Amir Temur
portreti”. 1994 yil.
Keyin rassom M. Nabiyev quyidagilarni
hikoya qild
i: “Men Amir Temur va temuriy
-
larga bag‘ishlangan ko‘plab tarixiy asarlar
bilan tanishdim. Ularni imkon boricha
qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar izlab
topdim, hatto Amir Temur tasvirlangan
miniatyuralar bilan ham tanishdim. Buning
uchun Hindistondagi Kalkutta va Bombey
muzeylariga, so‘ngra Eronga ham borib kel
-
dim.
Tehron
va
Isfaxon
muzeylari,
Turkiyadagi Istambul, Ko‘nyo va Izmir
shahar
larida
bo‘ldim.
Keyinchalik
Angliyadagi
Britaniya
muzeyida
Kamoliddin Behzod miniatyuralari bilan
tanishdim, Amir Temur va temuriylarga
bag‘ish
langan asl nusha miniatyuralar
saqlanayotgan Fransiya va Ispaniya muzeylariga ham bordim. Turli mamlakatlardagi
asarlarda ular turlicha tasvirlangan. Turli mamlakatlar miniatyura
larini o‘rgandim,
ammo eng avvalo ajdodlari ruhi poklaridan meni hami
sha qo‘llashlarini so‘radim”
106
.
Rassomga mehnat
sevarlik va intiluvchanlik hislatlari xos ekanligini ta’
kidlash
lozim. U Amir Temurning ishonarli va haqqoniy obrazini yaratdi, o‘z nav
batida bu asar
unga shuhrat va hurmat keltirdi. Portretda buyuk sarkarda oltin toj kiygan holatda
tasvirlangan. Amir Temurning nigohi bir nuqtaga qadal
gan. Qoshlari bir oz ko‘tarilgan,
bu yuz ifodasini jiddiylashtirgan, hukmdor qandaydir muhim bir muammoni hal
qilayotganligi ma’lum bo‘ladi. Hukmdor saroy xonalaridan birida o‘tirib
di, deraza
ortida Samarqand shahri ko‘
rinib turibdi. Xona devorlari mayolikali naqshlar bilan
qoplangan, taxt naqshlar bilan bezatilgan. Hukmdor Amir Temurning kiyimi ham
qimmatbaho toshlar va naqsh
lar bilan bezatilgan va o‘zining nihoyatda dabdabadorligi
bilan e’tiborni tortadi. Yuzi bo‘g‘doyrang, peshonasi chakkalarida, burni va og‘zi yoni
-
da tirishlar bor, bular uning keksaligidan darak beradi, shunga qaramay, uning tik
qomati bu odam
ning qudratli va g‘ayratli ekanligini ko‘rsatib tu
ribdi.
Uning yuz ifodasi niyatlari
ning jiddiyligini ko‘rsatib turibdi va port
retni mahobatli
qi
lib ko‘r
sa
tadi. Yelkalari keng, yirik qo‘llari qilich dastasiga qo‘
yilgan. Rassom o
‘z
asarida o‘ziga ishongan, aqlli va qarori qat’iy hukmdor obrazini yara
t
di va o‘zining
tarixiy portretida katta muvaffaqiyatga erishdi. Rassom Malik Nabiyev 1994 yili
yaratgan bu portret hukmdor Amir Temur obrazining etaloni sifatida qabul qilindi.
105
Амир Темур. Унивирситет. Ташкент, 1999. с. 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |