Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

III bob 
XX ASR OXIRI 

 XXI ASR BOSHLARIDA
O‘ZBEKISTON MADANIYATIDA 
 
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR OBRAZI 
 
3.1. Amir Temur va temuriylarning portretlari
tarixiy-badiiy tadqiqi
 
O‘zbekiston mustaqilikka erishgach xalqimiz yangicha yashay boshladi. Qisqa 
vaqt ichida mamlakat ijtimoiy hayotida keskin burilish yasaldi. Ko‘pgina odam
larda 
mamlakatda ro‘y berayotgan voqealarga nisbatan munosabat o‘zgardi, ular
ning dunyo-
qarashi kengayib chuqurlashdi. Xalqimizda hayotga bo‘lgan yangicha qarashga ko‘ra 
dunyo
da o‘z o‘rnini chuquroq anglashga bo‘lgan zarurat paydo bo‘ldi. Bu tas
viriy 
san’at ustalari oldiga ham ulkan vazifalar qo‘ydi. Ular ijtimoiy
-iqtisodiy taraqqiyotga 
erishish uchun tinmay mehnat qilayotgan o‘z xalqi bilan bir
ga mamlakatda va dunyoda 
ro‘y berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildir
moqdalar. 
2000 yili 6 aprelda Toshkent shahrida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma’naviy taraqqiyotining yagona yo‘lini ishlab chiqish uchun fayla
suflar, tarixchilar, 
iqtisodchilar, siyosatchilardan iborat mutaxassis olimlar guruhi yi
g‘ildi. Yig‘ilishda 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqib 
shunday degan edi: “Tarixiy xotirasiz xalqning kelajagi bo‘lmaydi”
91
. XX asr oxirida 
xalqimiz o‘z milliy ildizi, an’analari, madaniyati, san’ati, jahon madaniyati kabilardan 
ajratib qo‘yilgan edi. O‘z
bekiston musta
qilikka erishganidan keyin: “San’atning yangi 
maqomini shakllantirishga zaru
rat paydo bo‘ldi. O‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitlarda 
milliy uy
g‘onish g‘oyala
ri va umum
insoniy qadriyatlar asosida yangi ma’naviy va es
-
tetik voqelik shakllana bosh
ladi”
92

O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday yozgan edi: 
“O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab xalqimiz tomoni
dan asrlar 
davomida yaratilgan katta xajmdagi, bebaho ma’naviy va madaniy me
rosni qayta 
tikl
ash davlat siyosatining muhim vazifasi bo‘lib qol
di. Milliy ong, xal
qning ma’naviy 
sarchashmalari va uning ildizlariga qaytish
ni o‘sishi tabiiy bo‘lib qoldi”
93
. Bu murojaat 
tasviriy san’at ustalarini tarixiy janrdagi asarlar yara
tishga chorladi. Qadimgi davrlar 
voqealarini aks ettiruvchi va nafaqat yurtimiz, balki butun jahon faniga katta hissa 
qo‘shgan buyuk tarixiy shaxslarining portretlari yaratildi. O‘zbekiston xalqi, ayniqsa 
yoshlarimiz mustaqillik tufayli davlat tarixi, buyuk tarixiy shaxslar bilan qiziqa 
boshladi, negaki o‘z tarixiy ildiz
lari, madaniyati va tilini bilish mamlakat rivoji garovi 
ekanligi anglab yetildi.
Miloddan avvalgi ikki mingyillikdayoq O‘rta Osiyo xududida tasviriy san’at 
yuqori darajada rivojlangan davlatlar bo‘lgan
. Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa va 
Panjikent kabi saroy xarobalaridagi ajoyib devoriy surat namu
nalari O‘rta Osiyodagi 
ma’naviy badiiy madaniyat merosining boyligidan darak beradi. Bu noyob 
durdonalarini ochilishi O‘rta Osiyo rangtasvir va haykal
tar
oshlik san’ati an’analarining 
91
Каримов И.А. Наша цель: Свободная и процветающая Родина. –
Т.: «Узбекистан», 2000. с. 475.
92
Ахмедова Н. Живопись Центральной Азии ХХ столетия: Тенденции, самобытность, диалог. –
Т., 2004.
93
Каримов И.А. Возрождение духовных ценностей и национального самосознания
[
Эл.ресурс]. Реж.дос: 
https://zn.ua/ARCHIVE/vozrozhdenie_duhovnyh_tsennostey_i_natsionalnogo_samosoznaniya.html 


93 
boy zaminini ko‘rsatib qo‘ydi. O‘rta Osiyoda portret janri chuqur ildizga ega. Bunga 
devoriy surat, sopol va terrakota haykallarda tasvirlangan ma

budlar, shohlar, elchilar, 
askarlar obrazlarini kiritish mumkin.
Tasvi
riy san’at tarixiy janri rivoji o‘zbek millatining ma’naviy o‘z
-
o‘zini anglashi, 
o‘zbek xalqining o‘z tarixiy xotirasini qayta tik
lashga intilishi bilan chambarchas 
bog‘liq. O‘rta Osiyo portret san’ati rivoji shuni ko‘rsa
ta
diki, milliy o‘ziga xoslik an
iq 
tarixiy jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan va o‘tmish asrlar tarixiy tajribasiga taya
nish 
zarurati tufayli vujudga kelgan jihat hisoblanadi. Fernan Brodel shunday yozgan edi: 
“Hozirgi zamon o‘tmishga bog‘liq bo‘lmaydimi? O‘tmish hozir
gi kunlar 
qonuniyatla
rini, farq va o‘xshashliklarini ochib beruvchi kalit emasmi?”
94
.

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish