Madaniyatga qiziqish turizmi



Download 1,93 Mb.
bet4/5
Sana29.04.2022
Hajmi1,93 Mb.
#590171
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 t

Xalqimizda ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladigan milliy o’yinlar ko’p. Ulardan ayrimlari yoshlarni jismonan sog’lom, baquvvat, epchil etib tarbiyalashga xizmat qilsa, boshqasi topqirlikka o’rgatadi. Masalan, o’g’il bolalar “Chillak”, “Tortishmachoq”ni yaxshi ko’rishsa, qizlar “Supur-supur”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Happak tosh” kabi o’yinlarga qiziqishgan. Har yili bahor kelishi bilan butun olam yangilanadi, tabiat uyqudan uyg’onadi, inson vujudida esa jo’shqinlik va g’ayrat kuchayadi, ayniqsa, yoshlar o’zida ruhiy tetiklikni his etadi. Shu bois ko’klamda, xususan, Navro’z arafasida ular orasida juda ko’p milliy o’yinlar o’tkaziladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bunday o’yinlar uzoq qishloqlar, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash, o’quvchilarning bahorgi ta'til kunlarini mazmunli tashkil etish imkonini beradi. Beg’ubor onlarni xotiraga muhrlaydigan bunday holatlarni har bir inson o’z boshidan kechirgan.

  • Turizm sanoati 2000-yildan buyon jahonda tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha avtomobil, kimyo, oziq-ovqat, elektron sanoatini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ayni paytda dunyoda 195 milliondan ziyod kishi yoki ish bilan band aholining 8 foizi ushbu sohada mehnat qilayotir. Jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion AQSh dollaridan oshadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foizga ko‘paymoqda. 2012-yilda Yer yuzida ularning soni ilk bor 1 milliarddan oshdi.
  • Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘zbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko‘payishida muhim o‘rin tutmoqda.
  • Samarqand bu borada muhim o‘rin tutadi. Haqli ravishda “Yer yuzining sayqali”, “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron ushbu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog‘ va xiyobonlar barpo etildi. Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001-yili YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta’minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko‘rsatayotir.
  • O‘zbekistonning milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlarining Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio va Londonda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirokini ta’minlashga doir ishlar amalga oshirilmoqda.
  • Registon majmuasi
  • Sayyohlik – jahon iqtisodiyotidagi serdaromad va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz sayyohlikni rivojlantirishda asosiy manba – o‘ziga xos madaniy-tarixiy merosga ega. O‘zbekistonda to‘rt mingdan ortiq tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning 140 tasiYUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining yurtimiz hududidan o‘tgani ham xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
  • Mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida barcha zarur huquqiy, iqtisodiy va institutsional shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, sayyohlik – bu dunyoni anglash, jahon sahnasiga chiqish, demakdir. Ushbu muhim sohani rivojlantirish, uning keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur.
  • Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning boy va noyob merosini tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, an’anaviy san’at turlari va xalq ijodini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit yaratildi, tarixiy va madaniy yodgorliklar qayta tiklandi. Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar samarasida davlatimizning sayyohlik salohiyati yil sayin o‘sib bormoqda. Bu sayyohlik sohasini rivojlantirish, sayyohlik infratuzilmasini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.Sayyohlik – jahon iqtisodiyotidagi serdaromad va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz sayyohlikni rivojlantirishda asosiy manba – o‘ziga xos madaniy-tarixiy merosga ega. O‘zbekistonda to‘rt mingdan ortiq tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning 140 tasiYUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining yurtimiz hududidan o‘tgani ham xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
  • Mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida barcha zarur huquqiy, iqtisodiy va institutsional shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, sayyohlik – bu dunyoni anglash, jahon sahnasiga chiqish, demakdir. Ushbu muhim sohani rivojlantirish, uning keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur.
  • Mazkur sohani tartibga solishda 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni amalga tatbiq qilish jarayonida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy xalqaro andozalar bilan sharqona samimiyat va mehmondo‘stlik an’analarini uyg‘unlashtirish asosida sayyohlikning milliy modeli yaratildi.
  • Bibixonim maqbarasi
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish