Qatarda "O'zbekiston an'anaviy va zamonaviy san'ati" mavzusiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi - Fond Forum tomonidan 2009 yilda chop etilgan “VII-XXI asrlar sharqona xattotlik namunalari va miniatyura san'ati” kitobi taqdimotning asosiy mavzusiga aylandi. Bu asar sharqona xattotlik va miniatyura san'atining noyob namunalarini bir tizimga solish ustida olib borilgan ilk tajribalarni qamrab olgan. Kitob muallifi va tuzuvchisi, sulolaviy xattot, Mir Arab madrasasi mudarrisi Abdulg'ofur Razzoq Buxoriyning shaxsiy to'plamidan materiallar undan o'rin olgan. Albom asosiy 9 ta bo'limdan iborat bo'lib, ular sharqona nazm, naqqoshlik, me'moriy obidalar va san'at buyumlaridagi xattotlik va miniatyura asarlarining turli maktablarini qamrab oladi. Kitobda Kur'oni Karimga badiiy bezak namunalari kishining e'tiborini tortadi. Naqqoshlik namunalari va xattotlik uslublarining turfa ekaniga qaramay, ularni ichki go'zallik, yuqori ma'naviy va ruhiy holat uyg'unlashtirib turadi.
- Birinchi bo'lim ekspozitsiyasida mehmonlar o'rta asarlarga oid miniatyura namunalari va zamonaviy o'zbek miniatyura ustalarining asarlari bilan tanishishlari mumkin bo'ldi.
- “Nodir buyumlar” bo'limi nodir tarixiy liboslarga bag'ishlangan bo'lib, ular orasida mamlakatimizning turli hududlari tarixiga oid ayollar va erkaklar kiyimlari bor. Barcha eksponatlar bir mavzu atrofida uyg'unlashgan bo'lib, turli to'plamlardan olingan Bular – O'zbekiston davlat san'at muzeyi, Buxoro davlat badiiy arxitektura muzey-qo'riqxonasi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi, Fond Forum va shaxsiy to'plamlardir.
- Nodir buyumlar mavzusini yanada kengroq ochib bergan yana bir ekspozitsiya, shubhasiz, Fond Forum hamda ALIKHAN PHOTOGRAPHYning “Avlodlar almashadi - an'analar abadiydir” deb nomlangan maxsus art loyihasi ko'rgazmasidan bir parcha bo'ldi. Bu mamlakatimiz uchun xos bo'lgan avlodlar merosi va an'analarni asrab-avaylash mavzusi asos qilib olingan noyob vario-fotosuratlar turkumidir. Ekspozitsiyani yaratishda Fond Forumning Milliy kadimiy buyumlar to'plami hamda mamlakatimizdagi muzeylardan an'anaviy liboslar va taqinchoqlardan foydalanilgan. GULI zargarlik liniyasidan zamonaviy talqindagi qadimiy zeb-ziynatlar o'tmish va zamonaviylikni bog'lab turuvchi rishta vazifasini o'tagan.
- An'anaviy madaniyat qo'l mehnati asosiy yaratilgan asarlar – yog'och o'ymakorligi, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, miniatyura, kulolchilik namunalari bilan taqdim etilgan, ular mamlakatimizning noyob amaliy san'atini namoyon qiladi. Mazkur ekspozitsiyaning o'ziga xosligi unda zamonaviy usta-hunarmandlar va ijodkor sulolalar vakillarining asarlari milliy madaniyatdagi an'analarning bardavomligi, milliy merosimizning avlodlardan avlodlarga saqlab kelinayotganligi, qayta tiklanib, rivojlanayotganini aks ettiradi.
- Ko'rgazmaning to'rtinchi bo'limi – mamlakatimizning zamonaviy rassomchiligi namunalO'zbek san'ati klassiklari, zamonaviy rassomlar va yosh soha vakillarining 30 dan ortiq asarlari mehmonlarga mamlakatimiz tasviriy san'atining turli janr va uslublari bilan tanishish imkonin berdi.
- aridir.
- Shu kunlarda barcha muzeylar singari O'zbekiston Davlat San'at muzeyida ham "Muzeylar xaftaligi" va "Istiqlolimizning yorqin ko'zgusi" mavzusidagi chora-tadbirlar doirasida "Mebelsozlik san'ati" nomli ko'rgazma o'tkazilmoqda.
- Zebi-ziynatli buyumlar yasash san'ati xalq ijodiyoti va amaliy san'atining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Badiiy hunarmandchilining bu nodir me'moriy yodgorliklar: ganch, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, shuningdek misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo'zlik, ipak va ip gazlamachiligi, hamda kashtachilik kabi o'nlab boshqa amaliy san'at turlarida hanuzgacha o'z asl namunalarini saqlab qolgan va endilikda yuksak va noyob san'at durdonalari darajasiga ko'tarilgan bu bebaho asori-atiqalar muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.
- Mebelsozlik texnikasida yasalgan ashyolar qadimgi an'analar kabi yog'ochdan yasalib keyinchalik sifatlari ortib borgan. Mana necha yildirki harakatlanadigan va muvofiqlashtirilgan mebel insoniyat bilan yonma-yon kelmoqda. Eng birinchi yasalgan mebellardan farqli o'laroq, vaqt o'tgan sari mebel buyumlari bayramona tadbirlarni bezash maqsadida chiroyli, murakkab, qimmatbaho tus olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |