n - 2010 yilda mamlakatimizga 1,3 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan, ularning 431,5 ming nafari tashrifdan ko‘zlangan maqsad – sayyohlik ekanini qayd etgan. Bu ham jahon hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Avvalambor, bu mehmonlar dunyo sivilizatsiyasi tarixiga qiziquvchi kishilardir. Xorijlik mehmonlarni xalqimizning madaniyati, urf-odatlari, o‘ziga xos Sharq me’morchilik durdonalari, diyorimizning boy tabiati o‘ziga jalb qiladi. Shu bois sog‘lomlashtirish, ekologik, sport turizmi singari yo‘nalishlar jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.Sayyohlik xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishi soha infratuzilmasi, xususan, mehmonxona biznesini takomillashtirish vazifasini kun tartibiga qo‘yadi. Istiqlol yillarida ushbu soha bozori sayyohlik sohasining muhim tarkibiy qismi sifatida tobora jozibador bo‘lib bormoqda va izchil rivojlanmoqda. Zero, mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimining ko‘payishi aynan ushbu soha rivojiga bog‘liq.
Qashqadaryo viloyatida 16 turistik agentlik ish olib borayapti. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining viloyatdagi sayyohlik va ekskursiyalar byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida vohaga jahonning o‘nlab mamlakatlaridan 15 mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Vohaning tarixiy-me’moriy obidalari, ziyoratgohlar va so‘lim maskanlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan yangi marshrutlarning ishlab chiqilgani, shuningdek, sayyohlarga zamonaviy mehmonxonalarda yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatilayotgani Qashqadaryoda turizmni jadal rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlarni ochmoqda. - Suratda: Shahrisabzdagi Dorus-Saodat majmui – xorijlik sayyohlarni doim hayratga soladi
Fond Forumning Qatardagi ilk yirik madaniy loyihasi 30 may kuni Doxa shahrida o'tkazildi. Loyiha doirasida “VII-XXI asrlar sharqona xattotlik namunalari va miniatyura san'ati” kitobi taqdimoti hamda Sharq xattotligi va miniatyurasining noyob asarlari, mamlakatimiz an'anaviy va zamonaviy san'ati ko'rgazmasi tashkil etildi. “O'zbekiston an'anaviy va zamonaviy san'ati” mavzusiga bag'ishlangan tadbirda mamlakatimiz merosi to'rtta asosiy bo'limda namoyish etildi, bular: o'rta asarlarga oid qo'lyozmalar, an'anaviy madaniyatga oid nodir asarlar, bezakli amaliy san'at va zamonaviy rassomchilik. Shu tariqa rasmiy va diplomatik doiralar, jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san'at arboblari, ko'zga ko'ringan olimlar va jurnalistlar kabilardan iborat mehmonlar islom san'ati olamiga o'ziga xos sayohat uyushtirishlari, mamlakatimizning boy ma'naviy merosini aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo'ldi, deb xabar beradi Fond Forum Matbuot xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: |