Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati


 Akbarov I. Muzika lug’ti. -Т., 393-b



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
20 Akbarov I. Muzika lug’ti. -Т., 393-b.
83


haykal m a’nosini anglatadi. Ssenariy dasturini sifatli texnik yozuvi 
(grammafon likopcha, magnit tasma, kompakt disk) tizimida foy- 
dalanish tavsiya etiladi. Chunki sifatli texnik yozuv mukammal 
ijroni muhrlab saqlash, targ‘ib qilish, o ‘rganish uchun eng qulay 
vositalardan. Faqat uning hozirdagi ancha keng imkoniyatlaridan 
to ‘g ‘ri, boshqacha qilib aytganda, tinglovchi - tomoshabinga ma- 
lol kelmaydigan darajada foydalanish zarur b o ‘ladi. Ssenariyda 
musiqiy ohang oldingi asosiy planga chiqmaslik zarur. Undan 
leytmativ sifatida foydalanish yaxshi natija beradi. Ssenariy tuzishda 
musiqadan to ‘g ‘ri foydalanish ssenariyning muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi.
Ssenariy tuzishda musiqasiz va kuy-qo‘ shiq jo ‘rligisiz dastur kam- 
dan-kam tuziladi. Chunki kuy, qo‘shiq, ssenariyning ozig‘i hisob- 
lanadi. Ayniqsa tarixdan tarkib topgan milliy an’analar urf-odatlar, 
rasm-rusm, taomil marosimlarning vujudga kelishi, har xil bayram- 
lar va shunga o'xshash qator omillar ssenariysi o‘z-o‘zidan mavzu va 
xarakterga qarab musiqa tanlashni taqozo etadi. Ssenariyda musiqa 
bosh mezon sanaladi. Masalan tarixiy voqealar aksida milliy kuy va 
ohanglarda foydalaniladi. Xalq qahramonligi va vatanparvarlik mav- 
zusidagi dasturlarda jangovor ruhni jonlantiruvchi ohanglardan foy­
dalaniladi. Link jarayon yoki g‘azallar tasvirida yengil yorug‘likni 
aks etuvchi musiqalardan foydalanilsa o ‘rinli bo‘ladi. Ssenariy 
mohiyati va musiqiy rnutanosiblik o‘z-o‘zidan bir-biriga bog‘liqlik 
belgisidir. Ssenariyning mazmuni va mohiyati zamiridagi musiqiy 
rnutanosiblik bir-biriga bog‘lanish, dasturining bosh mavzusidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Masalan ssenariyda tarixni 
aks ettiruvchi tarix ko‘rinishlari va obrazlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
bloklardagi ko‘rinishlarga mutanosib boiishi uchun xalqimizning 
musiqa merosiga murojaat qilinadi. Shu ko‘rinishga monand musiqa 
tanlanadi. Musiqalar ko‘rinish paytida fon orqali beriladi va zarur 
paytda balandligi va pastligi ko‘rinish va holatlarining obrazlar- 
ning mutanosibligi bilan bog‘Uq holda amalga oshiriladi. Musiqiy 
bezak ssenariyning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Chunki rejissura- 
ning oldinga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish musiqiy bezak bilan 
o ‘lchalanadi va ssenariyning mazmun va mohiyatini belgiiaydi.
84


Ssenariydagi har bir blokni o ‘ziga xos mazmuniga qarab musiqiy 
bezak amalga oshiriladi. Bolalar bloki harbiy vatanparvarlik bloki, 
moziyga nazar singari alohida mazmun kasb etgan bloklarda har biri- 
ning mhiy tuzilmasi va voqealar jarayoni hamda dastur dinamikasiga 
qarab musiqiy bezak amalga oshiriladi. Ssenariy bilan musiqa mu- 
tanosibligini yana bir muhim tomoni shundaki, sahna ko'rinishlarini 
yorugiik bilan bezash va har xil rangdagi yorug‘lik vositalari asosida 
sahnaviy yechimni amalga oshirishda ham musiqiy bezakning o‘rni 
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xar hit ko‘rinishdagi yorug‘lik 
nurlari va ko‘rinishlari voqea rivojini va sahnaviy yechimini yorug‘lik 
orqali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda bevosita musiqiy bezak- 
ni aloqadorligi tabiiydir. Xulosa qilib aytganda ssenariy tuzilmasini 
dasturini amalga oshirishda musiqaning o‘mi alohida ko‘rinish kasb 
etadi. Ssenariyning mazmun va mohiyatini tomoshabinga yetkazishda 
muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlashda musiqiy yechim va mutanosib- 
lik muhim o‘rin tutadi. Bu borada musiqa ssenariyning asosiy qanoti 
deb tushinish mumkin bo‘ladi.
B.Sayfullayev va V.Rustamovlar hammuallifligida yaratilgan 
“Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati” o'quv qo‘llanmasida 
madaniy tadbirlarni tashkil etishga oid bo‘lgan juda ko‘p m a’lumotlar 
berilgan. Bunda tadbirlarni tashkil etishning ijodiy va tashkiliy ja- 
rayonlari, dramaturgiyasi, ifoda va ta’sirchan vositalardan foydala­
nish, ijodiy guruhlar bilan ishlash kabi m a’lumotlar berilgan. Mazkur 
qo‘llanmada madaniy tadbirlarda musiqaning o ‘mi haqida ham fikr- 
lar bayon etilgan.
“Madaniy tadbirlarda musiqaning turli janrlari ishtirok etishi 
mumkin. Undan tashqari, bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, 
vokal cholg‘u ansambllari, musiqalardan parchalar, alohida musiqali 
nomerlar, boshqaruvchilarning chiqishlari uchun musiqa, xullas, vo- 
qeaning rivojlanishi uchun, tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini 
ushlab turishi uchun musiqa san’atidan foydalaniladi.
Musiqadan tadbirlar janrlaridan kelib chiqqan holda foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.
Tadbimi tashkil etish va sahnalashtirishda musiqa quyidagi vazi- 
falarni bajarishi mumkin:
85


• 
musiqa - qatnashuvchilar, ishtirokchi obrazlarini xarakter- 
lab beradi;
• 
harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin;
• 
tomoshabinga ko‘rinmayotgan voqealami ilg‘ab olishga, tez 
tushuna olishiga ko‘maklashadi;
• 
harakat, voqeada sahnaviy muhit yaratadi;
• 
monolog va dialoglaming emotsionalligi (hissiyot, hayajonli- 
ligini) kuchaytiradi;
• 
so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan daqiqalarni tasvirlay bera 
olishi mumkin;
• 
xatti-harakat, voqealami toMdirishi, boyitishi mumkin;
• 
pauzalar o‘mini to‘ldirishi mumkin;
• 
vaqtni tejash yoki cho‘zish va boshqa muhim vazifalami ba- 
jarishi mumkin.
Madaniy tadbirlarda (bayramlar, ko‘rik tanlovlar, uchrashuv, 
tematik kecha va h.k.)musiqaning o ‘mi juda katta ahamiyat kasb 
etadi. Chunki bunday tomoshalar ko‘pincha deyarli musiqa asosiga 
quriladi. Madaniy tadbirlarni tashkil etish va sahnalashtirishda mu­
siqa muhim vositalardan biri bo‘lishi bilan birga undan foydalanish, 
uniyaratish, qoilash bilan bog‘liq b o ‘lganba’zi qiyinchiliklami hal 
qilishga to‘g‘ri keladi.
Biron-bir madaniy tadbir uchun alohida musiqa yozish qiyin ke- 
chadigan jarayondir. Shuning uchun ko‘pgina tashkilotchilar tayyor 
musiqa asarlarini tanlaydilar va shu musiqa asosida ish olib boradilar.
Musiqa tomoshabinni tomoshani yaxshi qabul qilishida muhim 
rol o ‘ynaydi, lekin tomoshabinning asosiy e’tibori aktyorda yoki 
sahnada bo‘layotgan xatti-harakatlarda bo‘lganligi uchun musiqani 
m e’yoridan (hajmi, ovoz balandligi kabi) oshirib yuborsak, biz tadbir 
yoki tomoshadagi voqealikni tomoshabinga yetib kelish m e’yor dara- 
jasini buzishimiz mumkin. U m e’yor darajasida amalga oshirilsa, bir 
umr tomoshabinning yodida qolishi mumkin.
“Musiqa teatrda so‘zdan boshlanadi, - deydi mashhur rejissorlar- 
dan Y.A.Zavadskiy, - ritm, melodiya va nutqda davom etadi. Musiqa 
teatrlashtirilgan tomoshaning haqiqiy mavjudligini bildiradi. Men, agar 
spektakl musiqalashtirilmagan bo‘Isa, u ritmik bo‘lmasa, uni yomon
86


spcktakl deb hisoblayman. Musiqa - buyuk va aniq san’atdir. U bizni 
mahoratga, yuksaklikka undaydi, biz anglamay qolgan fikrlarni ilg‘ab 
olishga yordam beradi”21.
Madaniy tadbirlarda (ommaviy bayramlar, sayillar, teatrlashtirilgan 
konsert, badiiy publitsistik kompozitsiyalar va h.k) qo‘llaniladigan 
musiqa faqat tomoshabin uchun emas, ijrochi uchun ham muhimdir. 
Fikmi bir joyga to‘play olish, rolga, obrazga kirishish, sahnada o‘zini 
erkin his qilish uchun, umuman sahna maydondagi voqelikni, om- 
mani boshqarish uchun ham muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Agar tanlangan musiqaning ifodaviy va tasviriy imkoniyatlari 
to‘liq namoyon bo‘lgan bo‘lsa, asarni tomoshabin emotsional va 
to‘laqonli ravishda qabul qiladi. Musiqaning elementlari: melodiya- 
si, ritmi, temp, dinamika, tembrlari yetarli darajada m e’yorida foy- 
dalanilsa va yagona maqsad sari uyg‘unlashsa, bu elementlar yagona, 
garmonik ravishda butunligicha birlashishsa, u berilgan vazifasini 
to‘liq ifodalagan bo‘ladi, asar musiqa bilan chiroyli «bezaladi».
Musiqaning ifodali imkoniyatlari kengdir. Unda hayot va o ‘lim, 
qahramonlarcha kurash, orzu, qayg‘u, shikoyat, tuhmat, hazil kabi 
mavzulami ifodalash mumkin. Musiqaning buyumni ko‘rsatib, tas- 
virlab beruvchi vositasi yo‘q, lekin u tomoshabin sezgisiga, ongiga 
ta’sir qilibgina qolmasdan, uni tasavvur qilishga unday oladi. Musiqa­
ning tasviriy darajasi turli janrlarda turlicha namoyon etiladi. Ayniqsa, 
kino va teatr san’atida tasviriy imkoniyatlardan keng foydalaniladi. 
Masalan, faqat musiqa yordamida biz poezd «chiza olmaymiz», lekin 
buni ovoz, tovush orqali (musiqa jo ‘rligida g ‘ildirak aylanishi va h.k.) 
berishimiz mumkin.
BoMajak madaniy tadbirlar tashkilotchilari musiqaning sahna­
lashtirish uchun muhim jihatlarini bilib olishlari zarurdir.
Musiqani -tadbirlarning alohida nomeri sifatida va tadbirlarda aks 
etayotgan voqealarning ta’sirchanligini oshirish uchun qo’shimcha 
vosita sifatida qo‘llash mumkin. Birinchi variantda badiiy havaskor- 
lik kollektivlarining tayyor yoki maxsus tayyorlangan nomeridan foy­
dalaniladi. K o’pincha musiqa yoki qo’shiq tadbirlarda maxsus nomer

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish