Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati


partnyor bilan ishlash, obraz yaratish, milliy, klassik asarlari raqslari



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146

partnyor bilan ishlash, obraz yaratish, milliy, klassik asarlari raqslari, 
turli millatlar raqslari xatti-harakatlari o ’rgatilib boriladi. Raqslar- 
ning sinxron shaklda sahnalashtirilishi tomoshabin ko’z oldida yangi 
manzarani gavdalantiradi.
Hozirgi kunda bayram va tomoshalarda raqs harakatlari tomosha- 
ning boshidan oxirigacha davom etib turishi mumkin.
Chiroyli, did bilan kiyinib olgan raqqosa qizlaming mayin, jozibali 
harakatlari, yigitlaming esa jo ’shqin va shiddatli harakatlari sahnada to- 
moshaviylik effektini yanada kuchaytiradi, sahna bezagi, musiqa va raqs 
uyg‘unligiga erishiladi, natijada tomoshabin bundan estetik zavq oladi.
81


Keng masshtabli maydonni badiiy jihatlar bilan to’ldirish ancha 
murakkab jarayondir. Dekoratsiyalar, sharlar, afisha, kartinalar, shior- 
lar, gullar, chiroyli did, dizayn bilan qurilgan sahna, chiroqlar va 
boshqalar tomosha o’tadigan joyning asosiy badiiy bezagi uchun xiz- 
mat qiladigan vositalardir. Turli rang-barang liboslar kiyib olgan yigit 
qizlaming raqs harakatlari esa bu jihatlami yanada to’ldirib, boyitadi.
Konsert zallarida, teatr sahnasida, madaniyat uylari saroylari sah- 
nasida, xullas, an’anaviy sahnaviy muhitda yakka, juft va ommaviy 
sahnalarda ko’pi bilan 20-30 kishi qatnashishi mumkin. Noan’anaviy 
sahnalarda, masalan, sport maydonlari, sirk arenasi, ko’chalarda, 
bog‘larda, xiyobonlarda o ’tkaziladigan bayram va tomoshalarda 
ularning soni yuz (ba’zan undan ham ortiq) barobarga ko’payadi. 
Ommaviy bayram va tomoshalarda baletmeyster rejissor bilan barobar 
ishlashga to’g ’ri keladi. Chunki maydonda bo’layotgan voqealarning 
deyarli barchasi raqs, plastik xatti-harakatlar orqali namoyish etiladi. 
Masalan, xonanda ham sahnaga chiqqandan key in unga ozmi-ko'pmi 
raqs harakatlari elementlarini qo’llashi kerak bo’ladi.
Raqs faoliyati bevosita musiqa san’ati bilan chambarchas 
bog‘langanligi tufayli, ularning uyg‘unligiga erishish rejissor va 
baletmeysterdan katta ustalik, mahorat talab ctadi. Mavzuga mos, 
tadbir g ‘oyasidan kelib chiqib, musiqa asari yaratilgandan so‘ng, 
raqslami sahnalashtirish uchun baletmeyster avval musiqani tinglab, 
o’zida o’zlashtirib, unga mos xatti-harakatlar izlaydi. Harakatlar 
bekorchi, oddiy qo’l yoki oyoq harakatlari emas, ma'no va mazmun- 
ga ega bo’lgan xatti-harakatlardan iborat bo’lishi va tadbir mazmu- 
niga, g ‘oyasiga xizmat qilishi lozim.
Bayram va tomoshalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyat- 
laridan yana biri shundaki, tomoshalar turli bloklarga ajratiladi va 
bu bloklarda alohida-alohida sahnalashtirish ishlari amalga oshirila- 
di va bosh rejissor tomonidan «yig‘iladi». Ishlash jarayonida turli 
sahna ko’rinishlari, musiqa va boshqa nomerlar o ’zgarishi mumkin. 
Rejissor,ssenarist, baletmeyster va bastakorlar tomoshani yangi ijod 
mahsuli bilan boyitib boradilar. Ularda hozirjavoblik hissi juda kuchli 
bo’lmog‘i lozim. Bunday sharoitda, ayniqsa, baletmeyster zimmasiga 
kuchli mas’uliyat yuklatiladi.
82


Umiiman, raqslar to’g ’risida so’z borganda «baletmeyster» va 
«xoreografiya» tushunchalari ko’proq qo’llaniladi. Shuning uchun 
ham bu tushunchalami aniqlab olishimiz maqsadga muvofiqdir.
Lug‘atlarda «baletmeyster» nemischa (balletmeister) so’zidan 
olingan bo'lib, raqs, balet, operalardagi o ‘yin sahnalarini quyuvchi 
balet rejissori, deb ko’rsatilgan bo’lsa, «xoreografiya» esa raqs yara- 
tish san’ati, ya’niraqsli spektakl deb izohlangan20. XIXasroxirlaridan 
boshlab raqs san’ati xoreografiya deb atala boshlandi. Uning ikkinchi 
izohi, m a’lum shartli belgilar yordamida raqs harakatlarini yozish, 
deb ko’rsatilgan. «Xoreografiya» atamasi fransuz raqs o ’qituvchisi 
R.Fyoye (1700y.) tomonidan kiritilgan.
Hozirgi kunda bu ikkala tushuncha ham, raqs sahnalashtirish (raqs 
sahnalashtiruvchi), raqs qo‘yish (raqs qo‘yuvchi) m a’nosida ishlatilib 
kelinmoqda.
San’atlar ichida uning bitta turi borki, usiz tadbirni tashkil etish 
mumkin emas. Bu musiqa san’atidir.
Madaniy va maishiy turmushimizni musiqasiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Zero, erta tongdan to kech tunga qadar yon-atrofimiz- 
da yangrab turgan turfa navolar m a’naviy va ruhiy ehtiyojimizni 
qondirishga xizmat qilmoqda. Musiqa jon ozig‘i deb bekorga aytil- 
magan. Qadim zamonlarda bir donishmand: «Omma iste’molidagi 
musiqaning saviyasidan jamiyatning ruhiy sog‘lomligini aniqlay 
olaman», degan ekan. Bunday imkoniyatlar endilikda mislsiz dara- 
jada kengaydi, cheki-chegarasi qolmadi. Zero, tovush yozish va yang- 
ratish uchun mo‘ljallangan moslamalar allaqachon turmushimizdan 
mustahkam o‘rin olib, kundalik hayotimiz zaruratiga aylanib qol- 
gan. Barkamol avlod tarbiyasiga qarata maqsad qilib ishlatilayotgan 
«ma’naviy barkamollik» iborasini hamma har xil tushunib, idrok eti- 
shi ehtimoldan xoli emas. Adabiyot, she’riyat va barcha san’at turla- 
rini zinhor kamsitmagan holda ta’kidlab o‘tmoqchimizki, yoshlar tar- 
biyasi, ulg‘ayib borayotgan kishida chin insoniy fazilatlar shakllanib, 
kamol topishida musiqaning ahamiyati beqiyosdir.
Ssenariy tuzishda musiqaning beqiyos o‘rniga ana shu nuqtai na- 
zar bilan yondashmoq zarur bo‘ladi. Chunki musiqasiz dastur jonsiz

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish