Qorbobo: Ha, ammo shunchaki qo‘l qovushtirib o ‘tirib bo‘lmaydi.
Mana Yangi yil kirib ham keldi, ammo hamon sovg‘alami o‘z egalari-
ga tarqatib ulgurmadik. Juda charchab qolyapman, o‘zimga o‘rinbosar
yosh, chaqqon, epchil va ziyrak bolani topmasam bo‘lmaydiganga
o ‘xshaydi. Axir sovg‘alami tezroq yetkazib berolmasak insonlar va
ayniqsa bolajonlar Yangi yilga, Qorbobo va Qorqizga, mo‘jizalarga
ishonmay qo‘yishadi-ku...
Qorqiz: Mayli unda, keling “Yosh Qorbobo” tanlovini o ‘tkazamiz.
Tanlovda munosib ishtirok etib, shartlaringizdan o ‘tgan bolani
o ‘zingizga shogird qilib tayyorlaysiz. Yil davomida unga bareha sir
-asrorlaringizni o ‘rgatib, haqiqiy Qorboboga aylantirasiz...
Q o r b o b o qara, anavu joyda juda ko‘p bolalar bor ekan, shu-
larning yoniga borib, shu fikrimizni aytaylik...(Bolalaryoniga kelishadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |