NAZORAT SAVOLLARI:
Zamonaviy mehnat marosimlari qanday nishonlanadi?
Mahorat konkursini o`tkazishda ishchilar qanday taqdirlanadi?
Murabbiylar kunini nishonlash arafasida qanday tadbirlar o`tkaziladi?
G`o`zaning gullashi qanday ramziy ma`no bildiradi?
7-semestr
O`zbekiston Respublikasida madaniy ma`rifiy tadbirlarni tashkil etishning huquqiy asoslari va davlat islohotchilik faoliyati
Milliy g’oya targ’ibot guruxlarini shakllantirish va ularning foliyati
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida madaniy ma`rifiy tadbirlar
Ta`lim muassasalarida madaniy-ma`rifiy tadbirlar va ularni o`quvchi-yoshlarning madaniy tafakkurini shakllantirishdagi roli
O`zbekiston Respublikasida uch bosqichli sport musobaqalarini tashkil etish
Ko`rik tanlovlar madaniy tadbir sifatida
Diskoklublar faoliyati madaniy tadbir ob`ekti sifatida
DISKOKLUB PROGRAMMALARI.
REJA:
O`zbekistonda diskotekalarning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Diskoklublarning programmasini tashkil qilish metodikasi.
Diskoklub programmalarining turlari.
Teatrlashtirilgan o`yinli diskotekalar.
CHet ellarda va respublikamizda yaqin yillarda vujudga kelib, yoshlar o`rtasida eng modaga kirgan shakl – «diskoteka» yoki «diskoklublar» yangi hodisa sifatida e`tibor qozonmoqda.
Bu bejiz emas, albatta. CHunki mazkur yangi original shakl bir necha yil ichida butun mamlakatimizning deyarli barcha shaharlariga keng tarqaldi, katta shov-shuvga sabab bo`ldi. Natijada shu soha nazariyotchilari va amaliyotchilari o`rtasida katta munozara boshlanib ketdi. Buning boisi nimada? Nega u katta shov-shuvga sabab bo`ldi? Bu savolga javob berish uchun xalqimizning tobora o`sib borayotgan ma`naviy ehtiyojiga, talabiga va eng avvalo, yoshlar hayotiga oid muammolarga qisqacha to`xtab o`tamiz.
Hayotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida xalqimizning o`sib borayotgan ma`naviy ehtiyoji mehnat qilishga sarflangan fiziologik va ruhiy kuchni qayta tiklaydigan, muloqot va suhbat uyushtiradigan, ijodiy portret yaratadigan, g`oyaviy va badiiy emotsional ta`sir etadigan axborotlarga boy, mazmunli va qiziqarli dam olish kechalarini talab qilmoqda. Binobarin, bunday shakllar hayotiy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi. SHunday shakllardan biri - «diskoteka» (yoki «diskoklub») nomi bilan hayotda paydo bo`ldi va u butun dunyoda, jumladan, respublikamizda keng tarqaldi. Bunday shakllar qanday nom bilan atalmasin baribir, ijtimoiy mohiyatga ega bo`lgani uchun doim zarurdir. Xo`sh «diskoteka» yoki «diskoklub»ning o`zi nima?
«Diskoteka» degan tushuncha yangi bo`lgani sababli hali hech bir chet el lug`atlarida yo`q. Hozir dam olishning bu shakliga turlicha izoh berilmoqda Ba`zilar diskotekaning imkoniyatlarini va mohiyatini kamsitib, uni shunchaki muzikaning «disko» janriga bog`lab, muzikali tadbirga tenglashtirib qo`yishmoqda. Kuylar eshitib yoki tantsaga tushadigan «kecha» deb izohlashmoqda. To`g`ri, yuqoridagi jihatlarsiz diskoteka o`zining o`ziga xos elementlarini yo`qotadi. Lekin bu shakl ular o`ylagandan ko`ra, kengroq va chuqurroq mohiyatga ega. Buning uchun bu terminga oid bo`lgan so`zlarning mohiyatiga nazar solib, uni ijodiy izohlash lozim.
«Disk» - keng va asl ma`noda aylana yoki doira demakdir. (Buni sport o`yinlarida ishlatiladigan — disk yoki plastinka diski deb qisqa ma`nolarda ham tushunish mumkin.) «...teka» - degan so`z bu foydalanish kerak bo`lgan ma`lum usulda to`plangan vositalar yig`indisi yoki yig`ilish joyi deb tushuniladi. (Masalan, biblioteka, fonoteka va hokazo.)
Dam olish maqsadini nazarda tutsak, diskotekani hordiq chiqarish uchun foydalaniladigan usullar va maxsus to`plangan vositalarning sistemali yig`indisi deb tushunmog`imiz kerak. Biroq diskoteka ham xuddi biblioteka yoki fonoteka singari ma`lum mutaxassislarning ish jarayoni natijasida vujudga keladi. SHunday ekan, tashkilotchilarning butun faoliyatini aks ettiradigan tushuncha ham kerak. Buning uchun biz diskoklub degan tushunchaga murojaat qilamiz. «Klub» deganda biz ikki xil: 1) maxsus muassasani va 2) odamlarning qiziqishi asosida to`plangan uyushmani tushunamiz. Klub tushunchasining ikkinchisidan foydalanib, diskoklubga quyidagicha izoh berishimiz mumkin.
Diskoklub - bu umumiy maqsadda maxsus doiraga, joyga to`plangan uyushmani yoki aniqrog`i, kerakli vositalar va usullardan foydalanib, aholining samarali dam olishini tashkil qiladigan ijodiy kollektivdir.
Diskoteka esa ushbu diskoklub faoliyati jarayonida va natijasida hosil bo`lgan tadbir yoki mutaxassislar tili bilan aytganda, «disko programma»dir.
Diskoteka va diskoklublarning ijtimoiy-ma`rifiy havaskorlik ijodi va dam olish shakli sifatida vujudga kelishi hamda rivojlanishi o`ziga xos tarixiy sahifalarga aylanishi mumkin bo`lgan qiziqarli voqealarga egaki, ularga to`xtalmasak, bu shakl haqidagi bilimimiz to`liq bo`lmaydi.
O`zbekistonda diskotekalarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Diskotekalar yoshlarning o`sib borayotgan ehtiyojiga binoan, dam olish tadbirlari sifatida mamlakatimizda etmishinchi yillarning o`rtasida paydo bo`la boshladi. Albatta, har bir sohaning paydo bo`lishida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar singari diskoklublar harakatida ham bunday qarama-qarshiliklar paydo bo`ldi. «Ha» va «Yo`q», «Kerak» va «Mutlaqo kerak emas!» degan qarama-qarshi fikrlar kuchayib ketdi. Diskotekaga qarshi bo`lgan kishilar: «Bu burjuaziya mamlakatlarining ta`siri! Uning rivojlanishiga yo`l qo`yish yoshlar tarbiyasining buzilishiga olib keladi!» - deyishdi. Lekin ular bir ishning yaxshi va yomon bajarilishini, bir shaklni bir-mkki uslubda tashkil qilishni va uni kerak bo`lgan mazmun bilan to`ldirish mumkinligini yaxshi anglashnn xohlashmasdi. «Atomdan ham bomba yasash, ham atom elektr energiyasi sifatida foydalanishning iloji bo`lganidek», diskotekadan biz qanday maqsadda va qanday foydalanishimizga ko`p narsa bog`liq edi.
SHuni aytish kerakki, «Diskoklublar tarixi xaritasida», «Toshkent ittifoqimizdagi ilk bor diskotekalar paydo bo`lgan shaharlardan biridir. O`zbekiston poytaxtida ham diskoklublar Riga, Leningrad va Moskva bilan bir qatorda, parallel vujudga keldi va Toshkentda o`ziga xos diskoteka tashkil qilish uslubi, metodi va uning yo`nalishi paydo bo`ldi. Toshkentliklar ish tajribasi butun mamlakatga «Toshkentcha diskoteka» («Diskoteka po-tashkentski») uslubi bilan keng tarqaldi. Bu esa zamonaviy o`zbek madaniyatining buyuk g`alabalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |