Madaniy o’simliklar va ularning ahamiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 1,21 Mb.
bet2/17
Sana28.11.2022
Hajmi1,21 Mb.
#873900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Madaniy o’simliklar va ularning ahamiyati

II. Asosiy qism
1. madaniy o’simlikarning kelib chiqish tarixi
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari - Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos boʻlgan. 1883 yilda shveysariyalik botanik olim A. Dekandol eng asosiy madaniy ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib, ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39 yillarda M.oʻ.k.ch.m. nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta materiallarga tayangan holda Madaniy o’simliklar kelib chiqish markazlarining 8 ta asosiy geografik markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani); Hindiston markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring , mevali ekinlar vatani); Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — oʻrik, nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo markazi (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani); Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani); Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, shu jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari vatani); Janubiy Amerika markazi (koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani).
Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan) M.oʻ.k.ch.m. borligini koʻrsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang , Nil va boshqa yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari boʻlgan, deb hisoblangan boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda paydo boʻlganligini koʻrsatib berdi. Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham bogʻlikdir. Hindiston markazi qad. Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega boʻlgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi oʻsimliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol oʻynagan.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish