Demak, ta’lim tarbiya jarayonini to’liq pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish uchun geografiya o’qituvchisi lokal va xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalardan uyg’un ravishda foydalanishi lozim. Chunki, geografiya darslarida lokal va xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalardan uyg’un ravisha foydalanishi imkoniyati nihoyatda katta. Ma’lumki geografiya insoniyat yashovchi sayyora, ya’ni Yer haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun ma’lumot berishga qaratilgan yagona o’quv fanidir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya fanini o’qitish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimlarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |