M. Y. Ro’ziyeva buxoro – 2018 r e j a: kirish


I bob yuzasidan xulosalar



Download 113,26 Kb.
bet8/16
Sana14.04.2022
Hajmi113,26 Kb.
#550572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Tursunova Ra\'no

I bob yuzasidan xulosalar:
Хalq odobnomasi va ibratnomasining teran, boy, serma’no, mazmunli sohasi-xalq og’zaki ijodi va xalq pedagogikasi an’analari-insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor, iymon-e’tiqodlarimizning butun bo’lishini, qadriyatlarimizning qadrlanish garovidir.
O’quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq og’zaki ijodining qimmatli xazinasidan foydalanish yo’llarini, metodikasini ishlab chiqish pedagogikadagi dolzarb vazifalar qatorida turibdi.
Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodiga ijobiy munosabatni vujudga keltirish uchun avvalo maktabning tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o’qituvchilar, kutubxonachilar ana shu sohada tegishli tayyorgarlikka ega bo’lishlari lozim. Chunki o’quvchilar uchun eng avvalo zarur kitoblarni tavsiya etish, ularning mohiyati, o’ziga xos jihatlari, mazmuni, ijobiy va salbiy obrazlarini atroflicha bilish kerak. Shundagina yoshlarda xalq og’zaki ojodi namunalari aks ettirilgan kitoblari kitob tanlashga, uni mustaqil o’qishga va tahlil qilishga qiziqish uyg’otish mumkin. Bunda xalq og’zaki ijodi asarlarini sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish va boshqarishi g’oyat muhim pedagogik jarayon hisoblanadi. Хalq og’zaki ijodi asarlarini tanlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, psixologik sifatlarini, o’ziga xos xusisiyatlari bilan birga, og’zaki ijodning har bir janriga, tomonlariga, undagi personajlar, obrazlarning fel atvorlarini, xalq ertaklaridagi inson bilan, tabiat o’rtasidagi bog’lanishlarni ham hisobga olish zarur
II.BOB
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA XALQ OG’ZAKI IJODI JANRLARI O’RGATILISHINING QIYOSIY TAHLILI


II 1. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida xalq maqollarining o`rni va ahamiyati. Maktabda bolalarni o’qishga o’rgatishdan maqsad og’zaki nutq yuzasidan o’quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish, hayotning hamma sohalarida faol ijodiy faoliyat ko’rsata oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab etishtirishdir.
Ma’lumki, o’qish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, vatannning o’tmishi va hozirgi kundagi hayoti haqidagi o’quvchilar bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Natijada o’quvchilarda ijobiy sifatlar shakllana boshlaydi, vatanparvarlik, insonparvarlik hislari rivojlanadi. Bundan tashqari, o’qish darslarining asosiy vazifalari muhim xususiyatlarni o’zidav mujassamlashtirgan. Jumladan, ta’lim berish orqali o’quvchilarda ijobiy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash dunyoqarashni shakllantirish, ekologik-estetik, mehnat, iqtisodiy va huquqiy tarbiya berish kabilar alohida e’tirofga sazovor.
Umuman, “O’qish kitobi” darsliklari birinchi sinfdan to’rtinchi sinfga qadar asosiy fan sifatida haftaga to’rt-besh soatdan o’tkaziladi. Ularning tarkibiy tuzilishi esa har biri o’ziga xos. Ya’ni birinchi sinf “O’qish kitobi” matnlari bilan to’rtinchi sinf materiallari mavzu mundarijasi, matnlar hajmi, badiiyati, janri bilan farqlanadi. Aniqrog’i, soddalikdan murakkab tomonga mukammmalllashib boradi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarning muhim xususiyatidan biri, ularda xalq ijodi namunalariga keng o’rin ajratilganligidir. Maqollar ana shunday e’tirofga loyiq. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga turli ta’lim-tarbiya usullari bilan birga, xalq maqollaridan foydalanish, xalq og’zaki ijodini o’rganishga bag’ishlangan mavzularning salmoqliligi maqsadga muvofiqdir. Zero, amaldagi “O’qish kitob”larida maqollarning rang-barang shaklda berilishi bejiz emas. Amaldagi birinchi sinf “O’qish kitobi” (T.: Sharq, 2007, muallif-tuzuvchilar: T.G’afforova, E.Shodmonov, G.Eshturdieva) etti bo’lim hamda mustaqil o’qish uchun berilgan matnlardan iborat. Bulardan “Ilm aql chirog’i”, “Xalq o’giti – baxt kaliti”, “Odob insonga husn”. “Mehnatning tagi rohat” bo’limlarining nomiyoq bevosita maqol yoki hikmatli so’z bilan bog’lanadi. Fanning yillik o’quv rejasida maqollar uchun bir soat (45 minut) ajratilgan, xolos. Bu ham bo’lsa, mustaqil o’qish yoki sinfdan tashqari o’qish soatiga mo’ljallangan. Ammo darsliklarda maqollar talaygina. Turli mavzudagi maqollarning bevosita alohida berilgan namunalari o’ttiz uchta. “O’qish kitobi”da shuningdek, matnlar tarkibida, hissasida, sarlavhasida, rebus hamda boshqotirmalarda ham maqollar keltirilganki, bular bilan hisoblaganda birinchi sinf o’quvchilari ellikdan ortiq xalq maqollaridan voqif bo’lishlari ma’lumlashadi.
Jumladan, “O’zbekiston – Vatanim mening” deb nomlanuvchi birinchi bo’limda “Ota rozi – Vatan rozi” degan she’r berilgan. Muallif Eson Rahimov she’r sarlavhasida “Ota rozi – Xudo rozi” degan maqolni o’zgartirib bergani anglashiladi.8 Buni tadqiqotchilar leksik variantli maqollar tarzida e’tirof etishadi. Ya’ni maqollardagi so’zlarni almashtirish natijasida yangi variantlar hosil bo’ladi.9 (masalan: “bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi”; “Bosh omon bo’lsa, mol topiladi” yoki “Yuziga chidagan, yuz biriga ham chidar” kabi ). Demak, she’rning g’oyaviy mazmuniga singdirilgan xalq maqoli mustaqillik tufayli Vatan tushunchasini ifodalashga xizmat qilgan. Birinchi sinf o’quvchilariga bu tushunchani anglatishda xalq maqolining ixchamligi, lo’nda va purma’noliligi qo’l kelgan. Shunga o’xshash, xalq maqollarining obrazli ifodasini “O’qish kitobi”dagi “Shoh va shoir” matnida ham ko’rish mumkin10. Unda ulug’ sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qisqacha ma’lumot berilib, mashhur ruboiysi keltiriladi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Bu ruboiyda xalq maqollarining bir necha varianti o’z ifodasini topgan. Chunonchi “Yaxshidan vafo, yomondan jafo”, “Yaxshidan sharofat, yomondan kasofat”, “Yaxshi yurgan eriga, tinchlik solar eliga, Yomon yurgan eriga, o’t qo’yadi eliga”, “Yaxshilik to’rga eltar, yomonlik go’rga”11 kabi maqollar shular jumlasidandir. Xalqimiz bu kabi bir turkum maqollarda kishi jamsiyatda o’zini qanday tutishi lozimligi yuzasidan ta’lim beradi. Odamlarga yaxshilik qilish zarurligini qayta-qayta uqtiradi, yaxshilik yaxshi samaralar berajagini ko’rsatadi va aksincha, odamlarga qilingan yomonlik yomon oqibatlarga olib borajagini ta’kidlash orqali kishini yomonliklardan qaytaradi. Binobarin, birinchi sinf o’quvchilari yuqoridagi ruboiy zamiridagi ana shu hikmatni anglashlari ko’zda tutilgan.
Birinchi sinf “O’qish kitobi” da maqollarning yana bir namunasi matn uchun asos bo’lgan rivoyatnoma, ya’ni rivoyatnoma shaklda ifodalangan usulidir. Darslikning 91-sahifasida Abdulla Avloniyning “Maqtanchoq g’oz” hikoyasi berilgan. Unda g’ozning o’ziga-o’zi maqtanib, ham suvda suzishi, ham quruqlikda yura olishi, ham uchib bilishidan xursandligi, ammo baliqdek suza olmagani, kiyikday yugura olmasligi, lochindek ucha olmasligi kinoya qilingan. “Chala-chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilganing ma’qul” deydi g’ozga qurbaqa. Shu sababli, “Maqtanma g’oz, hunaring oz” maqoli ushbu matn ostida berilgan. Maqollarni xalq yaratarkan, shunga o’xshash rivoyatlar zamirida bunyod bo’lganiga shubha yo’q. Xuddi shunday maqollarning rivoyat zamirida kelishi Abdusodiq Irisovning “Arpa bug’doy osh bo’lur” sarlavhali matnida ham uchraydi12. (103-bet). Ya’ni puldor va oltinli kishilarning uzoq safar chog’ida bir burda nonu suvga, talqonga zor bo’lib, “Arpa-bug’doy osh ekan, oltin-kumush tosh ekan” – degan maqolni ishlatishi oydinlashgan.
Birinchi sinf “O’qish kitobi” dagi maqollarning yana bir ko’rinishi rebus, boshqotirmalar shaklida berilishidir. Darslikning 58-betidagi rebusni to’g’ri echish orqali “Kitob bilim bulog’i” hikmati topilsa, 59-betdagi boshqotirmada “Ilmli kishi xor bo’lmas” maqoli yashiringan. Xususan, bu maqollar bevosita ilmga havas uyg’otishiga qaratilgani bilan ham keyingi maqol zamonaviy tafakkur mahsuli sifatida “Hunarli er xor bo’lmas, burda nonga zor bo’lmas” yoki “Hunarli er xor bo’lmas, do’st-dushmanga zor bo’lmas”13 kabi maqollarning o’zgartirilgan variantidir. yuqoridagi maqollarning rebus, boshqotirma shaklda berilishi uning ta’sirchanligini yanada orttiradi. O’quvchilar avvalo tafakkurlashga o’rgansa, maktabni topib borish uchun ilmli kishi xor bo’lmasligi haqidagi maqolning o’z va ko’chma ma’nodagi mazmunini ilg’aydilar. Bu ham bo’lsa, ilmga havas uyg’otuvchi vositalar, usullarda maqollardan foydalanishning bir yo’lidir.
Ikkinchi sinf yillik o’quv rejasida o’qish va nutq o’stirish darslariga 136 soat ajratilgan. shundan 17 soati sinfdan tashqari o’qish soatlaridir. Bu sinfda ham maqollar uchun alohida soat ajratilmagan bo’lsa-da, deyarli har bir mavzuga oid xalq maqollari keltirilgan. Ikkinchi sinf “O’qish kitobi” (Q.Abdullaeva, M.Yusupov, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova, - T.: O’qituvchi, 2008) o’n bir bo’limdan iborat. Darslikdagi bo’limlarning nomlanishiyoq maqollar bilan daxldor: “Ona yurtim – oltin beshigim”, “Oltin kuz – hosiling yuz”, “Ertaklar – yaxshilikka etaklar”, “Otalar so’zi – aqlning ko’zi” kabilar fikrimizni bu jihatdan asoslaydi. “O’qish kitobi”da o’ttiz oltita xalq maqollari berilgan bo’lib, ular tabiat, mehnat, tadbirkorlik, to’g’rilik mavzulariga bag’ishlangan. Bevosita o’quvchilarni ilmga havas uyg’otishga undovchi xalq maqollari esa kitobning “Maktabim – qutlug’ makonim, kitobim - oftobim” nomli uchinchi bo’limida berilgan. Jumladan, “Kitob- xazina, bilim - boylik”.
“Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni yiqar”.
“Bilimdan ortiq boylik yo’q”.
“Bilim baxt keltirar” kabi maqollar ilm-fanni, bilimli bo’lishni ixcham madh etganligi bilan ajralib turadi. Ana shu xalq maqollarida mujassam ma’no, mohiyat o’quvchilarga tushuntirilishi ularga mos matn va rivoyatlar orqali xalq hikmatlarining purma’noliligi uqtirilishi muddaoni oydinlashtiradi. Aytaylik, “Kitob – xazina, bilim – boylik” maqoli kitob sarlavhali matnda tahlil qilib berilgan. Unda kitobning ko’p yillar avval paydo bo’lgani, dastlab loydan tayyorlangani, keyinchalik hayvon terilariga, ustiga mumsurtilgan taxtachalarga yozib kitob tayyorlaganlari, so’ngroq ipak matolardan, qog’ozdan kitob tayyorlashda foydalanishgani hikoya qilinadi. Shu tariqa kitoblarni nashr qilish bilan bog’liq murakkab jarayon haqida ma’lumot berilgach, bolalarga kitoblarni asrash, avaylab tutish ta’kidlanadi. Kitob aql chirog’i, kitob bebaho boylik ekani ta’kidlanadi. Demak, darslikning yigirma beshinchi sahifasidagi “Kitob - xazina, bilim – boylik” maqoli yuqoridagi matn bilan birgalikda o’quvchilarning kitobga, undan olinajak ilmga havas uyg’otishda zarur ahamiyat kasb etadi.
Darslikning 42-sahifasida “Bilim ol, hunar tanla” she’ri berilgan. She’r so’nggidagi savollardan birida “Kitob bilim manbai”, “Hunar – hunardan unar” maqollarini she’r mazmuni asosida izohlang deyilgan.
Shundan ham ko’rinadiki, kitobdagi yuqorida zikr etilgan maqollardan tashqari, turli mavzudagi matnlar tahlilida ham xalq maqollaridan keng foydalaniladi. Bunda o’quvchilarning xalq og’zaki ijodiga qiziqishi, donishmandlar fikridan, o’gitlaridan voqif bo’lishi maqsadga muvofiq. Maqollarning matn mazmunidan kelib chiqilgan xulosalar tarzida berilishi ikkinchi sinf o’qish kitobida ham ko’plab uchraydi.
Uchinchi sinf “O’qish kitobi” (M.Umarova, Sh.Hakimova. - T.: Cho’lpon, 2008) o’n uch bo’limdan iborat. Fanning yillik o’quv rejasida xalq maqollari uchun bir soatdan ajratilgan. maqollar mavzusi darslikning qirq bir-qirq ikkinchi sahifalarida berilgan. Bunda endi bevosita mavzulashtirilgan maqollar kuzatiladi. Do’stlik, ahillik haqija, kitob haqida, ilm-fan va hunar haqida, mehnvat haqida, ota-ona va farzand haqidagi maqollar ana shunday mavzuviy dolzarblikka ega. Bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi doirasida masalaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, kitob va ilm –fan haqidagi maqollar diqqatga sazovor. Chunonchi, “Kitobdan yaxshi do’st yo’q”, “Kitob – bilm manbai”, “Kitob – aql qayrog’i”, “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”, “Ko’p o’qigan ko’p bilar”, “Bilim baxt keltirar”, “Ilm olish – nina bilan quduq qazish” kabi maqollar mazmun-mohiyatiga ko’ra ilmga havas uyg’ota oladi. Rost, bu maqollarning aksariyati 1-, 2-, 3-sinf darsliklarida takrorlanib kelgan yoki variantlari berilgan. Bu ham bo’lsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarini shu maqsadga kuchliroq yo’naltirilganligi ifodasidir. Darslikda kuz, bahor, yoz, qish fasllari, Vatan, ona to’g’risidagi she’r va hikoyalar mavzusiga qarab, o’sha mavzudagi maqollar ham keltirilgan. Umuman, uchinchi sinf o’quvchilari ham xalq og’zaki ijodining bu janridan atroflicha bahramand bo’ladilar.
To’rtinchi sinf “O’qish kitobi” (S.matchonov, A.Shojalilov, X.G’ulomova, Sh.Sariev, Z.Dolimov. – T., 2007) ham o’n to’rt mustaqil bo’limdan tashkil topgan. Fanning yillik o’quv rejasida esa maqollar uchun bir soat ajratilgan. darslikning 96-97-sahifasida berilgan bu maqollar mavzusi ham asosan, Vatan, hunar, aqllilik, ilm, do’stlik haqidadir. Bevosita ilmga havas uyg’otishda dalillovchi maqollar sifatida esa quyidagilarni e’tirof etish mumkin: “Olim bo’lsang, olam seniki”, “Ilm aql chirog’i”, “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”, “Oz so’zla, soz so’zla”. Bu maqollarning mazmun-mohiyati 4-sitnf o’quvchilari uchun tushunarli va aniqliligiga shubha yo’q. Chunki ular birinchi sinfdanoq shu mavzuda maqollar bilan tanishib kelgan. Faqat “Olim bo’lsang, olam seniki” singari maqollarda yangi tushuncha – olimlik fazilati ularga kengroq tushuntirilishi lozim. Mavzu oxirida xalq maqollariga daxldor savol ham berilgan. Ya’ni o’quvchilar maqollar topishmoqlardan nimasi bilan farqlanishini aytishlari kerak. Demak, to’rtinchi sinf o’quvchischi endi nazariy jihatdan maqolga ta’rif beradilar.
Umuman, boshlang’ich sinflarning “O’qish kitobi” darsligi o’quvchi yoshiga qarab xalq og’zaki ijodining turli namunalari bilan tanishtirib beradi. Xalq maqollari shunday janrlarning biridir. Uni darsliklardagi o’rni bo’yicha kuzatganimizda quyidagilarga guvoh bo’ldik:
Xalq maqollari birinchi, ikkinchi sinf “O’qish kitob” larida nihoyatda ko’p berilgan va ularning o’quvchiga ta’siri nuqtai nazaridan rang-barang uslubda kelganini kuzatish mumkin. Chunonchi, alohida, mavzulashtirilgan shaklda matn so’nggida, qissadan hissa tarzida, she’r yoki matn mag’zida, boshqotirma yoki rebus shaklida va hokazo.
Uchinchi va to’rtinchi sinflarda maqollar uchun alohida soat ajratilgan va shu asosda tahlil qilish ko’zda tutilgan. Maqollar ba’zan hikmatli so’z, hikmatli gapr tarzida ham beriladi.
Maqollar rang-barang mavzularga bag’ishlangan va ilmga havas uyg’otishda ularning barchasidan birdek foydalanish mumkin. Ammo bevosita ilm-fan mavzusidagi maqollar mohiyatan maqsadni oydinlashtiradi. Bunday maqollar ishimizda sanab o’tildi va tasniflandi.
Yoshlarimizda axloiy tarbiyani shakllantirishda faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo`lib kelgan milliy mafkuramizga murojaat qilishimiz mumkin. Shuningdek, axloiy tarbiyaning rivojlanishida maqollarning o`rni beqiyosdir. O`zbek xalq maqollari kishilarni odoblilik-xushxulklikka, xushxulklilik-yuksak axloiylikka yetaklaydi. Agar axloqiy tarbiya bo`lmasa, buning aksi bo`ladi, ya’ni odobsizlikdan badxullikka , badxullikdan axlosizlikka o`tish mumkin.14 Shuning uchun ham yoshlarimiz milliy mafkurasini shakllantirishda, ularning axloiy tarbiyasini shakllantirishda, axloqiy madaniyatini o`stirishda o`zbek xalq maqollarining roli juda katta. “Yaxshi xuql-kishining husni” deb bejizga aytishmagan. Insonning tashqi qiyofasi emas, balki uning ichki dunyosi, qalbi, xulqi go`zal bo`lishi lozim.
“Ta’lim to`g`risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri” kabi hujjatlarda ko`rsatilgan yo`l-yo`rilar yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviyatli, hayotda mustail qatnasha olish qobiliyatlariga ega qilib, tarbiyalashga xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinflarda maqol mavzusini o’tish jarayonida ramziy obrazlarni izohlashning yana bir usuli o’qituvchining mahorati, ijodkorligiga daxldor. Darslikning to’rtinchi bo’limi “Ilm aql chirog’i” deb nomlanadi. Ushbu hikmatli so’z ostidagi bo’lim matnlari mohiyatan ilm olishga havas ruhidagi bilan ajralib turadi. Maktab, kitob, bilim, kopyuter haqidagi matnlar o’quvchini ilm-fanga havasini yanada oshishiga xizmat qiladi. Mazkur bo’lim tugagach, takrorlash darsida quyidagi dars ishlanmasini misol tariqasida tavsiya etish mumkin.

Download 113,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish