Darsning maqsadi: O’quvchilarda bilim olishga qiziqish uyg’otish, kitobni asrab-avaylashga o’rgatish, bo’lim yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash.
Dars tipi: Mustahkamlash darsi.
Dars metodi: Savol-javob, hikoya.
Dars jihozi: Darslik, turli xildagi kitoblar, videoapparatura.
Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismi o’tkaziladi. O’qituvchi mavzuni e’lon qiladi. Shu sinfga “Bilag’on” “Bilmasvoy”ning qo’lidan tortib kirib keladi. “Bilag’on” toza va ozoda kiyingan. “Bilmasvoy” tartibsiz kiyingan, qo’lida yirtilgan, ezilgan kitob. U “Bilag’on”ning qo’lidan chiqmoqchi bo’lib, shovqin soladi.
O’qituvchi: Nima gap? Tinchlikmi? Sizlar kimsizlar?
Bilag’on: Men Bilag’onman.
Bilmasvoy: Men Bilmasvoyman.
O’qituvchi: Nima uchun urushyapsizlar?
Bilmasvoy: Men maktabga bormoqchi emasman. Mana bu esa meni sudrab olib kelayapti.
Bilag’on: Axir, maktab bilim maskani. Bilmasvoyning o’zlashtirishi juda past. Yana dars qoldirsa, o’qishni o’rgana olmay qoladi-ku.
O’qituvchi: Juda to’g’ri, o’quvchi hech qachon sababsiz dars qoldirmasligi kerak. Maktab bu oftob demakdir. Xuddi shu bo’limda biz maktab haqidagi she’rni o’rgagan edik. Kelinglar, shu she’rni yodga olamiz.
O’quvchilardan biri “Maktab – oftob qo’shig’i” she’rini ifodali o’qiydi yoki uni ashula qilib jo’r bo’lib kuylashsa, yanada yaxshi bo’ladi.
Bilag’on: bu she’r bilan biz ham o’qish darsida tanishganmiz, to’g’rimi, Bilmasvoy?
Bilmasvoy: Men bu she’rni o’qimaganman. Chunki kitobimning shu varag’i yirtilib, tushib qolgan.
Shu orada o’qituvchi kitob haqida maktab haqidagi matnlar ishtirokida test topshiriqlarini berishi mumkin. She’r mualliflari so’ralishi mumkin. Shuningdek, kitob, bilim haqida topishmoq aytish o’yini o’tkaziladi. O’yinga Bilag’on va Bilmasvoy ham qatnashadi.
O’qituvchi: kitob o’quvchilarning chuqur bilim egallashlariga yordam beradi. Yusuf Xos Hojib bilimni nimaga o’xshatadi?
Javob: Qorong’u tundagi mash’alga, taralayotgan nurga.
Bilmasvoy: Endi men ham kitobni asrab-avaylayman.
O’qituvchi: Kitob bizga bilim olishga, aqlimizni charxlashga yordam beradi.
Darslikdagi boshqotirma va rebus echiladi (Bu yuqorida zikr etildi. – M.Sh.)
O’qituvchi bo’limdagi boshqa matnlarni ham shu tariqa, takrorlagach, “Kim ko’p biladi?” didaktik o’yinini o’tkazadi.
- Kim kitob haqida maqol, hikmatli so’zlarni biladi? Eng ko’p aytgan o’quvchi g’olib sanaladi.
O’qituvchi: Kitobni ko’p o’qigan o’quvchilar har qanday yaxshi niyatlariga etadilar. O’quvchilardan biri Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she’rini aytib beradi.
O’qituvchi darslikdagi savol-topshiriqlar asosida darsni xulosalaydi, o’quvchilar reytinggini e’lon qiladi.
Ko’rinadiki, noan’anaviy dars o’tishda xalq maqollaridan unumli fydalanish mumkin. Xususan, kitob, bilim olish haqidagi maqollar endigina birinchi sinfga qadam qo’ygan birinchi sinf o’quvchilarini bilimga, kitobga, maktabga havas uyg’otishda muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, birinchi sinf “O’qish kitobi”dagi maqollar, she’rlar va matnlar tarkibida, rebus hamda boshqotirma tarzida, nihoyat, “Maqollar” izohi ostida berib borilgan. Maqollar, yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir mavzu so’nggida keltirilgan. Ular rang-barang mavzuda. Bevosita ilm-fanni targ’ib etuvchi, ilmga havas uyg’otuvchi maqollar ham alohida turkumni tashkil qiladi. Chunonchi, “Bilgan o’qir, bilmagan to’qir”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aqlning qayrog’i bilim”, “Ilm olsang dunyoda, aqling bo’lar ziyoda” kabilar shu ma’noda e’tirofli. Bularning so’nggisi, kompyuter matinining hissasida berilgan. Demak, bevosita matn, rivoyatlarning qissadan hissasi maqollar orqali berilishi ham xalq maqollarining yana bir uslubiy ifodasidir.
Bundan tashqari, mustaqil o’qish uchun ajratilgan mavzular ichida maqollar ham berilgan bo’lib, unga birinchi sinf yillik o’quv rejasida bir soat (45 minut) ajratilgan. mazkur bo’limda yigirmaga yaqin maqollar keltirilgan bo’lib, shulardan bevosita uch-to’rttasi bilim haqidadir. Masalan: “Bilimdan ortiq boylik yo’q”.
“Bilimliga dunyo yorug’,
Bilimsizga qorong’u”,
“Til aql bezagi” maqollar shular jumlasidandir.
Bu kabi maqollar o’z navbatida o’quvchilarga ilm-ma’rifatning afzalligi, bilim olish joizligini uqtirishda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, maqollar nutq jarayonida istagan o’rinda keladi. Uni fikrni boshlashdan ilgari, nutq orasida, fikr yakunida qo’llash mumkin. Shu sababli, badiiy adabiyotda ham maqollar ko’pincha epigraf shaklida uchraydi. (Masalan: A.Qahhor hikoyalari va qissalarida). Bu jihat kattalar uchun hikoyada aytilmoqchi g’oyasini lo’nda, xalqona ifodalashga xizmat qiladi.
Bolalarga aytilayotgan fikrlarda esa ko’pincha qissadan hissa tariqasida beriladiki, bu ayni muddao. O’quvchilar mavzu mohiyatini anglagach, xalq maqollari yordamida uni mustahkamlaydilar. Birinchi sinf “O’qish kitobi”dagi aksariyat maqollar matn ostida, matn xulosasi (hissa)da berilishi e’tiborga loyiq. Va albatta, ana shu maqollarning har birini kichkintoylarda ilmga havas uyg’otishda alohida o’rni, ta’siri bor.
“ILMGA HAVAS UYG’OTUVCHI MAQOLLAR - AQL BEZAGI” mavzusida o’tkaziladigan tadbirning sstenariysi :
DARS MAQSADI:
Do'stlaringiz bilan baham: |