I.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodiyoti namunalari berilishining mazkur holati.
Boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan fanlar ichida o‘qish fanini xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida tashkil etilgan desak sira ham mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘qish darslarida xalqimizning boy madaniyati jozibali san’ati, yuksak ma’rifati, ularga hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayot yo‘li, ilmiy va ijodiy izlanishlarining mahsuli bo‘lgan ma’naviy meroslarini bilib oladilar.
O’qish dasturini tuzishda g’oyaviy- estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. O’quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo’lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o’z ichiga oladi. O’quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o’qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O’tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o’qish orqali o’quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi. Ona yurt daxlsizligi yo’lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Boshlang’ich ta’lim o’quv dasturidan o’rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o’quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo’lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag’ishlangan mavzularini o’rganish o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg’ularni tarbiyalashda alohida o’rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g’urur tuyg’ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang’ich sinflarda o’quvchilar “O’qish va nutq o’stirish” dasturi asosida tuzilgan “O’qish kitobi” darsliklari orqali ko’plab xalq og’zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Bu asarlarni o’qib-o’rganish uchun boshlamg’ich sinf o’quv dasturida muayyan vaqt ajratib ko’rsatilgan bo’ladi.
1-sinfdan tortib 4-sinfgacha “O’qish kitobi” darsliklarida xalq og’zaki ijodi alohida bo’lim sifatida ko’rsatilgan va ularni o’rganish uchun muayyan bir soatlar belgilangan.
Xususan, 1-sinf “O’qish kitobi” darsligining “Xalq o’giti – baxt kaliti” bo’limini o’rganish uchun o’quv dasturida 9 soat ajratilgan.
“Xalq o’giti – baxt kaliti” bo’limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og’zaki ijod namunalari kiritilgan bo’lib, ezgulik, to’g’ri so’zlik, sofdillik, nafosat, do’stlik, o’rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.
O’quvchilarning sinfda va mustaqil o’qishlari lozim bo’lgan asarlar:
“Sher va sichqon” ertagi.
“Maymun va duradgor” ertagi.
“Rostgo’y bola” ertagi.
”Laylak keldi - yoz bo’ldi” qo’shigi.
Latifalar.
2-sinf “O’qish kitobi” darsligidagi “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” bo’limini o’rganish uchun 13 soat ajratilgan.
Bu bo’lim orqali o’quvchilar ertaklar olamiga sayohat qilishadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib oladilar. Ertak qahramonlarining holatini so’zlab berish, voqealarni rasmda ifodalashga alohida e’tibor qaratiladi.
O’quvchilarning sinfda va mustaqil o’qishlari lozim bo’lgan ertaklari:
Quyoshbobo nurlari.
Maqtanchoq ayiq.
Nima totli?
Ertaklar.
Mashhur rassom.
Baxtli bo’lish osonmas.
Ko’ngilchan o’tinchi.
8. Uzun terak.
9. O’jar baliqchi.
10. Dono dehqonbobo.
11. Quyoncha va ayyor tulki.
12. O’tinchi yigit bilan sher.
13. Urto’qmoq.
14. Oltin tuyoqli kiyik.
15. Oq ko’ngil chol va xasis boy.
16. Ko’p ko’rgan ko’p biladi.
3-sinf “O’qish kitobi” darsligidagi “Xalq og’zaki ijodi” bo’limini o’rganish uchun 17 soat ajratilgan. Bu bo’limda xalq og’zaki ijodiga oid qo’shiq, ertak, masal, maqol, latifa, topishmoqlar kiritilgan. Ular orqali o’quvchilarga xalqning orzu – umidlari, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari ulug’lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi. O’quvchilar qo’shiq bilan tanishadilar. “Botir mergan va chaqimchi”,”Halollik”, “Donishmand yigit” kabi o’zbek xalq ertaklarini o’qiydilar. Shuningdek, “Qaysar buzoqcha”, “Chumoli va tipratikan” masallarini o’rganadilar. Maqol, iboralar, latifalar, topishmoqlar, tez aytishlarni ham o’qiydilar. Bo’limdan “Rustamxon” va “Alpomish” dostonlaridan parcha ham o’rin olgan.
4-sinf “O’qish kitobi” darsligidagi “Xalq og’zaki ijodi” bo’limini o’rganish uchun esa 28 soat ajratilgan. Bunda o’quvchilar xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo’shiqlar, bolalarning quvnoq o’yin-qo’shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo’g’rilgan rivoyatlarni o’qib-o’rganadilar. Bo’limning o’zi 5 qismdan iborat:
1- qism “Qo’shiqlar qanotida” deb ataladi. Bunda “Boychechak” ,“Oftob chiqdi olamga” , “Xo’p hayda” qo’shiqlari berilgan.
2- qism “Ertaklar mamlakatida” deb nomlanadi. Undan “Davlat” , “Ilm afzal” , “Ko’zacha bilan tulki”, “Ochko’z boy”, “Hiylagarning jazosi” , “Ziyrak uch yigit” ertaklari o’rin olgan.
3-qism “Adabiy ertaklar bo’lib, unda Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”, Shukur Sa’dullaning “Laqma it”, A.Abdurazzoqning “Baqa bilan taqa” ertaklari mavjud.
4-qism “Topishmoqlar”. Bunda 5 ta topishmoq va G’afur Gulomning ”Buni toping, qizlarim” she’riy topishmog’i berilgan.
5-qism ”Maqollar” bo’lib, bu yerda 11 ta maqol mavjud.
Boshlang’ich sinf ”O’qish kitobi” darsligidagi xalq og’zaki ijodiga mansub asarlar mundarijasi tahlilidan ham ko’rinadiki, o’quvchilar maktabga qadam qo’ygan davridanoq xalqning o’lmas merosidan, ma’naviyat sarchashmasidan, ya’ni og’zaki ijodi namunalaridan bahramand bo’lar ekan. Bu asarlarni o’rganish jarayonida ularning tarbiyaviy jihatlariga diqqat qilish, ulardan yosh avlodning insoniy fazilatlarini shakllantirishda unumli foydalanish esa har bir o’qituvchining eng mas’uliyatli vazifasi bo’lib qolaveradi.
Bоshlang’ich sinf o’quvchilari xalq og’zaki ijodi namunalaridan dastlab ertak bilan tanishadilar. Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarining barchasiga ko’plab ertaklar kiritilgan. Jumladan, 1-sinf “O’qish kitobi”da “She’r va sichqon”, “Maymun bilan duradgor”, “Rostgo’y bola”, “Ochko’z sichqon”, “Aqlli bog’bon”, “Hakka va uning bolalari” kabi ertaklar berilgan.
2-sinf “O’qish kitobi” darsligida 11ta bo’lim bоr bo’lib, ularning har birida ertaklar mavjud. “Ertaklar-yaхshilikka yеtaklar” bo’limida 13 ta ertak bеrilgan. O’quvchilar bo’limda “Maqtanchоq ayiq”, “Nima tоtli?”, “Baxtli bo’lish osonmas”, “O’tinchi yigit bilan sher”, “Urto’qmoq”, “Oltin tuyoqli kiyik”, “Oqko’ngil chol va xasis boy”, “Snog’idan adashmadi”, “O’ktam”, “O’jar baliqcha”, “Quyoncha va ayyor tulki” kabi ertaklar bilan tanishadilar.
3- sinf “O’qish kitobi” darsligida 13 bo’lim bo’lib, “Xalq og’zaki ijodi” bo’limida 4 ta ertak: “Botir mergan va chaqimchi”, “Ahillik- ulug’ baxt”, “Halollik”, “Donishmand yigit” “Barakalla, bo’tam”, “Noahillik oqibati” ertaklaridir.
4-sinf “O’qish kitobi” darsligida 14 bo’lim bo’lib, “Xalq og’zaki ijodi” bo’limining “Ertaklar mamlakatida” 7 ta, “Adabiy ertaklar” qismida 3ta ertak, boshqa bo’limlarda 2 ta ertak berilgan. Jumladan, “Chaqimchiga mukofot”, “Omonatga xiyonat”, kabi ertaklar mavjud.
Bоshlang’ich sinflarda ertaklarni o’rganishda quyidagicha maqsadlar ko’zda tutiladi:
1. Bоlalarni barkamоl insоn ruhida tarbiyalash, ularda Vatan, jamiyatga muhabbat hissini tarbiyalash.
2. O’quvchilarga хalq ertaklari matеriallari bo’yicha davlat ta’lim standartlari asоsida bilim bеrish.
3. O’quvchilarda ertak matеriallarini o’qishga havas uyg’оtish.
4. O’quvchilarning o’qish, оg’zaki nutq malakalarini rivоjlantirish.
5. Tехnika vоsitalaridan fоydalanishga o’rgatish.
Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun boshlang’ich sinflarda sinfda o’qish darslarida o’qib o’rganiladigan materiallar orasidan o’quvchilarni insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni o’zining asosiy g’oyasi sifatida aks ettirgan bir qator xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlilga tortamiz.
Ma’lumki, inson barkamolligida ustuvor o’rin egallagan jihatlardan biri ilmli bo’lishga intilish, bilimga chanqoqlik hisoblanadi. Shuning uchun o’quvchilarda 1-sinfdan boshlab bu mavzudagi ertaklar o’qitiladi. 4-sinfda esa “Ilm afzal” ertagi o’rganiladi. Bu ertakni o’rganishdan asosiy tarbiyaviy maqsad o’quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, limning inson hayotidagi o’rnini ko’rsatish hisoblanadi.
O’qituvchi ertakni ifodali qilib o’qib va so’zlab berar ekan, undagi bu jihatlarga alohida e’tibor qaratadi. Ertak mazmuniga ko’ra bir cholning 8 nafar o’g’li va bir nafar qizi bo’lgan ekan. Qizi juda aqlli, o’z ziyrak zehni bilan akalaridan ajralib turar ekan.Bir kuni chol qiziga uning akalari ilm olishga qiziqmasligi, o’z vaqtlarini ot choptirib, shaharma-shahar kayf-usafo bilan o’tkazayotganliklaridan nolinibdi va bu xususda o’z qizidan maslahat so’rabdi. Qiz esa akalarini mehmonga chaqirib, ulardan “Ilm afzalmi yoki davlatmi?” deb so’rashni, oxirida uning o’ziga ham shu savolni berishini maslahat beribdi. Chol o’g’illarini mehmonga chaqirib ularning har biriga yuqoridagi savolni beribdi.
To’ng’ich o’g’il otasisiga uning borligini, mol-davlatlari yetarli ekanligini, ilm olishga hojat yo’qligini aytibdi. Keyingi aka-ukalar ham pul-u mol-dunyo bo’lsa ilm nimaga kerak degan javobni beriblilar. Chol ularning javoblaridan juda xafa bo’libdi. Oxirgi sakkizinchi o’g’il esa “Menga davlat emas, ilm afzal”,- debdi. U o’ziga mol-davlat tegvasligini, otasining ko’zi ochiqligida ilm olishga roziligini aytibdi. Shunda eshik orqasida akalari bilan otasining bahs-u javoblarini tinglab turgan qiz kenja kasining javobi to’g’riligini, lekin u ham limning nima uchun afzalligini aytolmaganligini aytib, bu savolga o’zi javob beribdi. U agar kishi ilmli bo’lsa, u aqlli, shirinsuxan, odobli bo’ladi, bunday odamlarni hamma hurmat qiladi, unga o’xshashga intiladi debdi. Hamda Ilmli odam vafot etsa odamlar donishmanddan ayrildik deb qayg’uradilar, davlatmand o’lsa, bir nafsiband odamdan qutuldik deydilar de quvonadilar, shuningdek, boy odam hamisha o’z mol-davlatidan xavotirda yashaydi, ilm esa eskirmaydi, chirimaydi, mol-mulk esa chiriydi, sovuqda qotadi, olovda kuyadi, shuning uchun ilm afzal deb gapiribdi. Oqila qizni otasi va akalari jim eshitibdilar, qizning haqligini bilib, mehnat qilishga kirishibdilar. Chol esa kenja o’g’li va qizini o’qishga berib, murod-maqsadlariga yetibdilar. Mana shu ertakni o’qish darsida o’qituvchi har bir o’g’lining javobl;arini tahlil qilib, limning nima uchun afzalligini misollar bilan tushuntirib beradi. Ertak mazmuniga mos keladigan xalq maqollarini keltiradi. “Kuchli birni yengar, bilimli mingni yengar” maqolini izohlab beradi. Ilm egallashga yoshlikdan qunt qilish kerakligini, “Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshday” ekanligini, agar vaqt behuda o’tkazilsa, “So’nggi pushaymon, o’zingga dushman” ekanligini tushuntirib beradi. Hadislarda ham “Beshikdan qabrgacha ilm izla” deyilgani bejiz emasligini tushuntiradi. Ertak mazmuni asosida o’quvchilarning o’zidan hayotlarida o’zlari tanigan va bilgan ilmli odamlar haqida gapirib berishni so’raydi. Bu kabi usullarning qo’llanishi o’quvchilar qalbida bilimli bo’lishga ishtiyoq uyg’otadi. Ilm inson shuurini yoritishini bilib oladilar.
Har qanday ma’naviyatli inson avvalo rostgo’y, halol va mehnatsevar bo’lmogi lozim. O’zbek xalq ertaklarida ham ana shunday fazilatlatlar ulug’lanadi. Yolg’onchilik, baxillik va dangasalik kabi illatlar qoralanadi. Ana shunday mazmundagi ertaklar bosjlang’ich sinflarda o’qib-o’rganilganda, o’quvchilarda an ash insoniy fazolatlar kamol toptirilishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki kichik yoshdagi o’quvchilar juda ta’sirchan bo’ladilar, ular ertaklarda berilgtan ezguliklardan quvonadilar, aksincha yovuzliklardan nafratlanadilar. Ana shu jarayonda o’quvchilarda komillik xislatlarini shakllantirish ayniqsa alohida o’rin tutadi.
Hozirgi davrga kelib etuk olimlar bilan bir qatorda oddiy maktab o‘qituvchisi, hatto bolalar bog‘chasi tarbiyachisi mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiya elementlarini qo‘llamoqdalar.
“Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga etkazib berish ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarni o‘quv va ijodiy faoliyatlarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nima bilan yuritilmoqda.7
“Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushunchalari, muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar asosida yoritiladi. Ushbu metod o‘quvchi (talaba)larda mavzu mazmunini shakllantiradi.
“Savol-javob” metodi mavzuning o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bunda o‘qituvchi mohiyati yoritilgan mavzu yuzasidan savollar tayyorlaydi va ularni o‘quvchilarning e’tiboriga havola etadi. O‘quvchilar berilgan savollarga javob qaytarish orqali mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini namoyish etadilar. Metodni qo‘llashning samaradorligi savol-javoblarning aniq, qisqa va tushunarli tarzda ifoda etilishi, aynan mavzuga doir bo‘lishiga bog‘liq.
“Blits-so‘rov” (inglizcha “blits”-tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarishni taqozo etadigan metod sanaladi. Unga ko‘ra o‘quvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va o‘quvchilarning e’tiborlariga havola etadi. O‘quvchilar berilgan savolga qisqa muddatda, lo‘nda va aniq javob qaytara olishlari lozim. Gurux yoki juftlikda ishlashda bir nafar o‘quvchi berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki guruhdoshlari javobni to‘ldirishlari mumkin. Biroq fikrlar takrorlanmasligi lozim. Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati o‘quvchilar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
“Muammoli vaziyat” metodi o‘quvchilarni o‘rganayotgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini o‘rganish va echimlarini topishga undash orqali ularda muayyan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) Mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni shakllantirish;
2) Muammoli vaziyat mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtirish;
3) O‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish;
4) Guruhlarning muammoli vaziyat echimini topish bo‘yicha amaliy faoliyatini tashkil etish;
5) Guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yuzasidan o‘z echimlarini bayon qilish;
6) Guruhlarning echim borasidagi fikrlarini umumlashtirish;
7) Guruhlar tomonidan taqdim etilgan echimlarning maqbullik darajasini o‘rganish (ommaviy muhokama qilish, ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish);
8) Eng to‘g‘ri ma’qul echimni aniqlash.
“Suhbat” metodi mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol va javob shaklida tashkil etiladigan dialogik ta’lim metodi bo‘lib, jonli muloqotga asoslanadi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida oydinlashmagan masalalar yuzasidan qo‘shimcha savollar berish o‘quvchining fikrlashga undash imkoni mavjud.
Ta’limiy munosabatning jonli muloqotga asoslanishi esa o‘qituvchi va o‘quvchilar ruhiy yaqinlikni qaror toptirib, faol fikr almashish imkonini beradi. Mazkur metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘radi:
1. O‘qituvchi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan masalalarga oid savollarni ishlab chiqadi;
2. O‘quvchilar savollar bilan tanishtiriladi;
3. Ular savollar yuzasidan mulohaza yuritib, masala mohiyatini yuritishga kirishadilar;
4. Agarda o‘quvchilarning javoblari qoniqarli deb topilsa navbatdagi savol beriladi;
5. Bordiyu javob qoniqarli deb topilmasa, u holda o‘qituvchi o‘quvchiga aynan mana shu masalani oydinlashtirishga yordam beradigan qo‘shimcha savol beradi;
6. O‘rganilayotgan masalaning mohiyati to‘la yoritilgan, suhbat jarayoniga yakun yasaladi.
“Ijodiy ish” metodi o‘quvchilarning ijodiy faollikka undash orqali ularda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini yoritish, yangicha talqin qilish ko‘niklarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning erkinligi ta’minlanadi, mustaqil fikrlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ular mavzuda bilimlariga tayangan holda o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradilar. YAgona talab o‘quvchilar mantiqiy to‘g‘ri fikrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarini dalillar bilan isbotlay bilishlari lozim.
“T-jadval” texnologiyasi o‘rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini yoritish maqsadida bir necha asosiy belgi, tayanch tushunchalarining mazmuni ularning bir-birlari bilan o‘zaro solishtirish, qiyoslash asosida ochib beriladi. Ko‘p hollarda mazkur texnologiya mavzu asosini tashkil etuvchi bir nechta holatlarning afzalliklari yoki kamchiliklarini, samaradorlik va samarasizlik darajasini, bugungi kun va istiqlol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo‘llaniladi. Ushbu texnologiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi;
1) O‘quvchilar e’tiboriga o‘rganiladigan mavzu, masala yoki topshiriq havola etiladi;
2) O‘quvchilar “T-jadval” metodini qo‘llash shartlari bilan tanishtiriladi;
3) O‘quvchilar guruhlarga biriktiriladilar;
4) Ajratilgan vaqt oralig‘ida guruhliklar jadval shaklida berilgan topishiriq mohiyatiga ko‘ra qiyosiy takomillashishni amalga oshiradi, ya’ni
jadvalning o‘ng va chap tomonlariga masalaning bir-biriga zid holatlarini bayon etadilar;
5) Guruhlar tomonidan to‘ldirilgan jadvallar o‘zaro solishtiriladi;
6) Masalaning echimi sifatida yakuniy xulosaga kelinib, yagona “T-jadval” shakllantiriladi;
“T-jadval” metodidan foydalanish uchun quyidagi sxema taqdim etiladi:
O‘rganilayotgan masala (g‘oya, omil)
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
|
|
|
|
|
|
“Qorbo‘ron” metodi”
Mashg‘ulotni o‘zaro musobaqa ko‘rinishida tashkil etilishini ta’minlaydi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchi talabalar mavzu yuzasidan tezkor, asosli, to‘g‘ri fikrlay olishlari lozim. Mazkur metodni qo‘llash quyidagi tarzda kechadi. 1) o‘quvchi (talaba)larga muhokama uchun tanlangan mavzu (masala) e’lon qilinadi. 2) ular “Qorbo‘ron” metodining mohiyati va shartlari bilan tanishtiriladi; 3) o‘quvchi (talaba)lar ikki guruhga ajratiladi; 4) o‘qituvchi ularning e’tiborlariga mavzu yuzasidan tuzilgan savollarni havola qiladi; 5) har ikki guruh o‘quvchi (talaba)lari berilgan savolga birinchi bo‘lib, to‘g‘ri javob topishga harakat qilishlari lozim; 6) guruhlarning har bir to‘g‘ri javobi yumaloqlangan qor ko‘rinishida ularning hisobiga yozuv taxtasida yozib boriladi; 7) barcha savollar berilib bo‘lingach, guruhlar tomonidan to‘plangan ballar umumlashtiriladi va g‘olib jamoa (guruh) aniqlanadi.
“Asalari galasi” metodi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tanlangan muammoning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda tahlil qilinishiga yordam beradi. Metodni qo‘llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida muhokama qilinib, natija barchaga ma’lum qilinadi. Mashg‘ulot so‘ngida masalaning eng maqbul echimi tanlab olinadi.
“Zig-zag” metodi. O‘quvchi (talaba)lar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi: 1) O‘quvchi (talaba)larda jamoa (guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2) Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Metodni qo‘llashda quyidagilarga amal qilinadi: 1) sinf o‘quvchilari bir necha (5-7) guruhga bo‘linadi. 2) yangi mavzuni mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 qismga ajratiladi. 3) Har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1-matn, 2-matn va hokazolar) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi; 4) Belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar; 5) Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi, ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar; 6) Sardorlarning fikri guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin; 7) Barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi; 8) Bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; 9) SHu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.
“Baliq skleti” metodi. O‘quvchilarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va echish qobiliyatini shakllantiradi. Metodni qo‘llashda o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. 1) O‘qituvchi o‘quvchilarni metodni qo‘llash sharti bilan tanishtiradi; 2) ular guruhlarga biriktiriladi; 3) guruhlar topshiriqlarni bajaradilar; 4) guruhlar o‘z echimlarini jamoaga taqdim etadilar; 5) jamoa guruhlar echimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.
O‘quvchilar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradilar:
1-yechim 3-yechim 5-yechim
Таҳлил қилинадиган муаммо
(omil) (omil) (omil)
1-yechim 3-yechim
(omil) (omil)
“Zinama-zina” metodi. O‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzuni kichik mavzularga ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Metod o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, o‘zlashtirilgan tushunchalarni tasviriy ko‘nikishlarda ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1. O‘rganiladigan mavzu muayyan qismlarga ajratilib, alohida qog‘ozlarda ifodalanadi.
2. O‘quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladilar.
3. Har bir guruhga muayyan qismdagi matn taqdim etiladi.
4. Guruhlar o‘zlariga berilgan qism matni bilan tanishib, uning mohiyatini belgilangan vaqt ichida markerlar yordamida rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar shaklida ifoda etadilar.
5. Belgilangan vaqt tugagach, guruhning bir nafar a’zosi o‘zlari bajargan ish bilan jamoani tanishtiradi.
6. Barcha guruhlarning ishlari tinglangach, jamoa tomonidan o‘rganilgan mavzuning umumiy obrazi kichik mavzular mohiyatini yorituvchi rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida mantiqiy ketma-ketlikda yozuv taxtasida zinama-zina ko‘rinishida joylashtiriladi.
7. O‘qituvchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ishlarga izoh berib, zarur o‘rinlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
8. Guruhlarning ishlari ularning mazmuni, sifati va dizayniga ko‘ra baholanadi (baholash jarayoni rangli kartochkalar vositasida amalga oshiriladi, ya’ni o‘quvchilar o‘zlari sifatli deb topgan ishni rangli kartochkalar yordamida belgilaydilar (ish ustiga kartochka yopishtiriladi) eng ko‘p kartochkaga ega ishga yuqori ball beriladi).
Metodni qo‘llashda o‘quvchilar quyidagi shartlarga amal qiladilar: 1) kichik mavzular bo‘yicha imkoni boricha ma’lumotlarni to‘la bayon eta olishlari lozim; 2) kichik guruhlarning ishlariga baho beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |