ISHNING BAJARILISH TARTIBI
AutoCAD ni yuklash va ishga tushirish.
AutoCADdasturi o’rnatiladigan kompyuter ma’lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo’lishi lozim. Ushbu talablar quyidagicha:
AutoCAD versiyasi
|
Processor
|
Operatsion tizim (muxit)
|
OZU (operativ xotira)
|
Qattiq disk (vinchester)
|
10
|
PC-XT
|
DOS 2
|
640 KB
|
30 MB
|
13
|
Intel 386
|
MS-DOS 5.0, Windows 3.1X
|
64 MB
|
77 MB
|
14
|
Intel 486
|
Windows 9X, Windows NT
|
32 MB
|
11 2 MB
|
2000
|
Pentium
|
Windows 9X, Windows NT
|
32 MB
|
120 MB
|
2007(17.0)
|
Pentium III,yoki undan yuqori 3GGc
|
Windows XP Professional SP1, SP2
Windows XP Home SP1, SP2
Windows XP Tablet PC
Windows 2000 (sp4)
|
512 MB (tavsiya etiladi)
|
500 MB o’ringa ega bo’lishiyoki 8 GB
|
2012
|
Pentium IV (AMD Athlon) Dual Core
1600 MGc. SSE2
|
Windows ХР SP2, SP3
Windows Vista
Windows 7
|
2GB va undan ko’p.
|
Dasturuchun
1000 MB, vaqtincha fayl 500 MB,3d modellashtirish uchun 2 Гб
|
AutoCAD ni o’rnatish tartibi:
O’rnatuvchining muloqot oynasi ishga tushiriladi va unda «Установка»(O’rnatish) ko’rsatkichi ochiladi;
«Установка» bo’limidan «Автономная установка» (avtonom o’rnatish) bandi tanlanadi.
«УстановкаAutoCAD» bo’limidan «Установка» tugmasi bosiladi. AutoCADni ornatish ustasi «Мастер установкиAutoCAD» ishga tushadi.
«Установка Autodesk» saxifasidan dastur komponentlarini o’rnatish uchun «OK» tugmasi bosiladi.
AutoCAD ni o’rnatish ustasi saxifasining dastlabki betida «Далее» (Davom et) tugmasi bosiladi.
Licenzion shartnoma rus tilida namoyon bo’ladi, uni o’qib qabul qilsangiz «I accept» yoki «Принимаю» (Roziman) bandi tanlanadi va «Далее» tugmasi bosiladi.
«Системный номер» (Seria raqami) disk g’ilofidan klaviatura orqali kiritiladi.
«Персональные данные» (Shaxsiy ma’lumotlar) saxifasida foydalanuvchi ma’lumotlari kiritiladi va «Далее» tugmasi bosiladi.
«Выбор варианта установки» (O’rnatish variantini tanlash) saxifasidan kerakli o’rnatsh varianti tanlanadi.
Izoh: «Типовая» varianti – ko’pchilik foydalanuvchilar uchun tavsia etiladi; «Выборочная» varianti – tajribali foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
«Установка дополнительных средств» (Qo’shimcha vositalarni o’rnatish) saxifasidankerakli variantlar tanlanadi.
«Папка для установки» (O’rnatish uchun papka – direktoriya) saxifasida quyidagi shartlardan biri tanlanadi:
«Далее» tugmasi bosilsaAutoCADdasturi C:\Program Files\AutoCAD\ tartibida o’rnatiladi.
«Обзор» (Namoyish – To’liq fayllar joylashyvini ko’rish) tugmasi bosilsa, dasturni o’rnatish joyi foydalanuvchi tomonidan ko’rsatiladi va «OK» tugmasi tanlanib, «Далее» tugmasi bosiladi.
Keyingi saxifada «Ярлыкпродукта» (Maxsulot yorlig’i) bandi mavjud bo’lib, ushbu bandda bayroqcha o’rnatilsa, kompyuter ish stolida dastur o’rnatilgandan so’ng AutoCAD yorlig’i paydo bo’ladi. U orqali dasturni qisqa yo’l bilan ishga tushirish – yuklash mumkin. «Далее» tugmasi bosiladi.
«Начало установки» (O’rnatishning boshlanishi) saxifasida «Далее» tugmasi bosiladi va fayllar CD diskdan kompyuterga ko’chirilishi boshlanadi. Fayllar ko’chirib bo’lingandan so’ng «Установка завершена» (O’rnatish tugadi) saxifasi chiqadi.
«AutoCAD успешно установлен, нажмите кнопку Готово» (AutoCAD to’liq o’rnatildi, endi «Готово» tugmasini bosing) axborot oynasidan «Готово» - Tayor tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |