Pablik rileyshnz bo‘yicha reyting
topshiriqlari
1. PR atam asi qachondan beri qo ‘llanilib kelinadi?
2. Nima sababdan PR xodimlarini jurn alistlar bilan kasbdosh
deyishadi?
3. A vtoritar jam iyatda matbuot va PR kimga xizm at qilgan?
4. M atbuot xizmati xodimi nimalarga e ’tibor berishi kerak?
5. PR M D H davlatlarida qanday qurolga aylanganini izohlang.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-
sentyabrdagi 203-sonli qarorini sharhlab bering.
7.
Pablik rileyshnzning о ‘zbekcha muqobilini izohlab bering.
Pablik rileyshnz bo‘yicha
nazorat savollari
1. Pablik rileyshnz iborasini sharhlang.
2. M atbuot xizmati qaysi tashkilot va davlat organlarida fao liya t
yuritadi?
3. PR qaysi negizda paydo bo ‘Idi?
4. Q anday jam iyatda и haqiqiy fao liya t yurita oladi?
5. X X a sr so ‘nggi о ‘n yilligigacha PR kimga xizm at qilgan?
6. PR xodim lariga nega salbiy munosabat saqlanib qolgan?
7. D ag N ’yusom, Alan Skott, Jadi Turkning “RR bu: jam oatchilik
bilan aloqalam in g sam aradorligi
”
kitobidagi fikrlarni sharhlab bering.
129
4-BOB. JURNALISTIK T A ’LIM VA KADR
TAYYORLASH SIYOSATI
4.1. 0 ‘zbek jurnalistikasi ta’lim ining yuzaga kelishi va rivojlanishi
“Jumalistikaning b a’zi nazariy savollariga javob berishdan oldin,
uning ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot majmuini aks ettirishini inobatga
olib jurnalistik m a’lumot tarixiga nazar tashlash o ‘rinli boladi.
Chunki bu sohaga qiziqqan, shu sohada o ‘qiyotganlar uchun bu
muhimdir. O ‘zbekistonda jurnalist kadrlar tayyorlash zarurati bormi? Axir
bugungi kunda ham, o ‘tgan vaqtlarda ham tahririyatlarda maxsus jurnalist
m aium otiga ega bolm agan qanchadan - qancha xodimlar ishlagan edi,
hozir ham ishlaydi. Shunday b o ‘lsa, maxsus m a’lumotlar berishning
zarurati yo‘q-ku degan fikrlilar va bu fikrga qarshilar ham hayotda mavjud.
Jurnalist kadrlar tayyorlash kimningdir istak - xohishi bilan emas, balki
hayot taqozosi bilan paydo b o id i. Buni e ’tirof etish kerak.
Ommaviy axborot vositalari paydo b o iish i va rivojlanishi natijasida
tahririyatlarga umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalist
kadrlar kerakligini hayot ko ‘rsatib qo‘ydi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli
mamlakatlarda jumladan, 0 ‘zbekistonda ham maxsus jurnalistika taiim ini
yuzaga keltirdi. Aniqroq qilib aytsak, jurnalistika tizimining shakllanish
jarayoni 0 ‘zbekistonda birinchi bosma nashr b o ig an va 1870-yilda
oikadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan “Туркестанские
ведомости” va “Turkiston viloyatining gazeti” nashr qilina boshlagan
davrdan boshlangan boisa-da, jadidchilik harakati davomida u shakllandi
va ancha rivojlandi.
Ammo, maxsus jurnalist kadrlar tayyorlash 1949-yilda 0 ‘rta Osiyo
davlat universiteti (hozirgi 0 ‘zbekiston milliy universiteti) rung filologiya
fakulteti qoshida oliy m aium otli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus
b o iim tashkil etilgani bilan boshlandi. Bu b o iim 1967-yilda mustaqil
fakultetga aylantirildi. Jumalistlami Nukus davlat universiteti, 0 ‘zbekiston
Jahon tillari universiteti, 1993-yildan boshlab Toshkent davlat san’at
130
instituti (hozirgi 0 ‘zbekiston davlat san’at instituti), 1997- yildan
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jam iyat qurilishi
akademiyasi ham tayyorlay boshladi.
Jadidlar (arabchada. “yangi” degan m a’noni anglatadi) matbuotida
o‘sha davming erkin ruhdagi ziyolilari jumladan, M ahmudxo‘ja Behbudiy,
Abduqodir Shukuriy, Ismoil G ‘aspirinskiy, lsmoil Obidov, Munavvarqori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,
H.Niyoziy,
Cho‘lpon,
Fitrat,
Ubaydulla X o‘jaev, Obidjon Mahmudov va boshqalar bor edi. Lekin
bunday kadrlar o‘ta kam, talab esa katta edi. 1905-1906-yillardan boshlab
jadidlarning Toshkentda “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Tujjor”,
“Sadoi Turkiston”, “Kengash”, “Turon”, “Ulug‘ Turkiston”, “Najot”,
“Turk so‘zi”, “Turk eli”, Samarqandda “Hurriyat”, “Samarqand”,
Q o‘qonda “Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, “Sadoi Farg'ona”, Buxoroda
“Buxoroi s h a rif , “Turon”, gazetalari bilan bir qatorda Samarqandda
“Oyina”, Toshkentda “A1 - isloh”, Qo‘qonda “Kengash”, “Yurt” jurnallari
chop etilgan. Bu gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatadigan jurnalist
kadrlar zarurligi o ‘z - o ‘zidan ko‘rinib turardi.
Jurnalist
kadrlarni
tayyorlashga
1918-yilda
tashkil
etilgan
“0 ‘zbekiston matbuoti” jurnali ham o ‘z munosib hissasini qo‘shdi va
qo‘shib kelmoqda.
1999-yil
26-fevralda
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini
takomillashtirish to ‘g ‘risida” gi qarori jumalistikaning rivojlanishiga
chinakam turtki bo‘ldi.
Bundan tashqari, jurnalist kadrlar tayyorlashda tahririyatlardagi
shtatsiz muxbirlar faoliyati ham diqqatga sazovor. B o ‘lajak jurnalist
kurslari, maktablari, to ‘garaklarining ishlarini sanab o ‘tsa bo‘ladi. Uzoq
yillardan beri “Toshkent oqshomi” - “Вечерний Ташкент” gazetasi
qoshida jamoatchi tahririyat ish olib borayotgani e ’tiborga molikdir.
Bunday ishlar boshqa tahririyatlarda, xususan “O czbek adabiyoti va
san’ati” va boshqa gazeta-jurnallarda ham olib boriladi Keyingi yillarda
“0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “M a’rifat”, “Zarafshon” kabi
gazetalarda mahorat maktablari faoliyat yuritmoqda.
131
Jurnalist boim oqchi bo‘lgan har bir talabani bugungi kunda
jumalistikaning ilmiy - nazariy, amaliy va texnik asosi qiziqtirishi tabiiy,
chunki o‘qitish uslubiyati, darsliklar mavjudligi oliy o ‘quv yurtlarinmg
jurnalist mutaxassislarni tayyorlashdagi zarur texnika vositalariga egaligi
muhim rol o ‘ynaydi.
Ammo jurnalistika ta’limida bugungi kunda hali ham hal etilmagan va
hal etilishi zarur b o ig a n muammolar yetarlicha.
Haligacha jumalistikaga oid adabiyotlardan, ular juda kam,
jurnalistika ta’limi tushunchasining tahlil etilganini topa olmaymiz.
Jurnalist, ayniqsa, san’atshunos jurnalistlar tayyorlayotgan oliy o ‘quv
yurtida ham yaxlit tartibga tushirilgan, o ‘qitish uslubi (metodikasi) to ‘la
ishlanmagan. Qaysi qoidalar asosida o ‘qitilishi kerak, talabalaming
o ‘zlashtirishini qaysi y o ‘sinda tekshirib ko ‘rish mumkin, talabalar qaysi
mavzulami qabul qilishini o ‘rganish, uni tahlil qilish kabi ko‘rsatkichlami
aniqlash tartiblari ilmiy asosda hali to ‘la shakllangani y o ‘q. Institut
talabalari uchun o ‘zbek tilida o ‘quv adabiyoti deyarli yo ‘q. T o‘g ‘ri,
bilimlarini tekshirish mexanizmi sifatida test savollari ishlab chiqilgan,
kurs ishlari yozdiriladi.
Hozir ommaviy axborot vositalarini, yanada kengroq aytsak, umuman
jurnalistikani demokratlashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu jarayon
nimalarda o ‘z aksini topgan:
Birinchidan, jurnalistik faoliyatga oid qabul qilingan huquqiy asoslar
mavjud bo ‘lib, bu 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlarida o ‘z
ifodasini topgan;
Ikkinchidan, jurnalistika ijtimoiy fikrni shakllantirish, shaxs huquqlari
va erkinliklarini to‘la amalga oshirishga ta ’sir ko ‘rsatayotganini e’tirof
etish zarur;
Uchinchidan, kadrlar yetishtirishga ta ’sir o ‘tkazayotganini aytib o ‘tish
joiz.
Shu andozalar asosida qaralsa, jurnalistikani demokratlashtirish
jarayonida talaygina dolzarb muammolar mavjud ekanligi m aium b o lad i
- deb yozadi taniqli jurnalist Sa’dulla Hakimov. M uallif jurnalistlar
“Hayot qozonida qaynashlari” zarurligini va voqealarga munosabatda bir
yoqlamalik, ommaviy axborot vositalarida bir xillik borligini e ’tirof etadi.
132
Jurnalist kadrlar tayyorlash ya'ni jurnalistik ta’lim bobida jumalistlaming
ixtisoslashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Lekin shu yo‘lda o ‘zbek
tilida tahliliy yaxlit naraunaviy dastur afsuski hali y o ‘q.
Jurnalistika ta ’limiga oid rus tilida hamda o ‘zbek tilida chop etilgan
ba’zi quyidagi adabiyotlar mavjudligini aytib o‘tish o ‘rinli bo‘lsa kerak:
Ворошилов В.В. Журналистика. СПб., 2001.
Корконосенко С.Г. Основы теории журналистики. СПб., 1995.
Корконосенко С.Г. Основы журналистики. М., 2001.
Прохоров Е.П. Введение в теорию журналистики. М., 2000.
F.M o‘mmov.A.Nurmatov. Jahon jurnalistikasi tarixi.(darslik) Т.,
2005.
M o‘mmov F A. Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida. Т.: Universitet,
1998.
Abduazimova N. A.Milliy jurnalistika tarixi.Т.: Sharq, 2009.
Xudoyqulov M. Matbuot va jamiyat. Т. . 0 ‘zbekiston, 1976.
Pidaev T. Matbuot - Millat chirog‘i Т., 1999.
Sulaymonov I. M en-jurnalistm an. Т., 2001.
Matbuot fidoyilari (3 jildli; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi Z.
Esenboev) 1-2-jildlar. T„ 1991. 1993.
Нестеренко Ф.П., Миралимов Ш.А. Журналистика профессия
ответственная. Т., 2003.
T o‘lqin Qozoqboev. Jurnalistika asoslari. T; Musiqa nashriyoti, 2007.
F.P.Nesterenko, Sh.A. Miralimov Ijtimoiy - iqtisodiy muammolar va
matbuot. Т., 1990.
Lug‘at. M a’lumotnoma. Jurnalistika. Reklama. Pablik rileyshnz. 1700
ta atama (Mualliflar hay’ati:) Т., 2003.
Bundan
tashqari
taniqli
olimlarimiz
Q.Ernazarov,
X.N.Do‘stmuhamedov,
T.Pidaev,
A.Meliboev,
Ya.M.Mamatova,
S.Suyarov, B.A.Do‘stqoraev, S.U.Umirov, A.Karimov, D.Rashidova, R.
Abdusattorov, Yu.Hamdamov, T o‘lqin Eshbek va boshqalaming kitoblari,
maqolalari ham borligini unutmasligimiz kerak.
“0 ‘zbekiston matbuoti” jurnalida ham jurnalistika nazariyasiga doir
maqolalar chop etiladi.
133
Lekin bugungacha kasbiy jurnalistikaga doir o ‘quv darsligi karn chop
etilganini yuqorida aytdik. Lekin bu yetishmovchilik bobida ish olib
boriimoqda. Q o‘Iingizdagi darslikni yutuq va kamchiliklari bilan o ‘zbek
tilida ilk marta yaratilgan qo‘llanma deb qabul qilinishiga va kelajakda
mukammallashishi uchun har bir o‘quvchi o,‘z fikr - mulohazalarini
bildiradi, deb umid qilamiz.
Talabada sinchkovlik, fikrlash qobiliyatini shakllantirilgandan so ‘ng
matn tuzishga o ‘rgatish kerakligiga faoliyatimiz davrida ishonch hosil
qildik.
Shu o ‘rinda yana bir muammo, u ham bo‘Isa, jurnalistika ta’limida
jurnalistika faoliyatini tahliliy tanqid qila oladigan kadrlar yetishmasligi
bo ‘lib, ularni tayyorlash ham juda muhim. Yana jurnalistshunos tayyorlash
bugungi kun talabiga aylanib qoldi. Bu masalalarni talabalar o ‘rtasida dars
vaqtida hamda mustaqil muhokama qilish, yuqorida aytilgan muammolarni
tezroq hal etilishiga zamin tayyorlaydi, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |