Jum alistikaning bosh tamoyillari bo‘yicha
reyting topshiriqlari
1. Jurnalistika ijtimoiy vazifalam i bajarishda qaysi tam oillarga am al
qiladi.
2. F eodal davri jurnalistikasi qanday xususiyatlarga ega edi?
3. Erkin dunyo y a 'ni burjua jurnalistikasining xnsusiyatlari.
4. Kommunistik ju m alistikan ing bosh tamoyilini nega partiyaviylik
deymiz?
5. Jurnalistikariing bosh tamoyilini sharhlab bering.
6. Umuminsoniylik tamoyili buzilsa nima bo ‘lishini sharhlang.
7. Jiirnalistikadagi milliyltk tamoyilini tushintirib bering.
Jumalistikaning bosh tamoyillari
bo‘yicha nazorat savollari
7.
A vtoritar ya 'n i yakka shaxs hokimligi jurnalistikasini izohlab
bering.
2.
Bosh mohiyati-pul hokimiyati, kapitalga bo'ysinish, unga xizmat
qilish jurnalistikasi davrini tushintirib bering.
120
3.
Jurnalistika fa oliyati yakka bir g ‘oyaga majburiy bo ‘ysindirilgan
s davr haqida gapirib bering.
^
4. H ar bir jurnalist, ijodkor uchun xolis mezonni tushintirib bering.
^
5. Xalqchilik tamoyilini izohlang.
I
6. Jum alistikadagi haqqoniylik tamoyilini sharhlang.
3.3. Jurnalistikada erkinlik masalasi va uning g‘oyaviy-nazariy
{
mohiyati
Jurnalistika nazariyasida jurnalistika erkinligi masalasi muhim o ‘rin
tutadi. Chunki bu muaramo ham jumalistikaning mohiyatini, uning
jam iyat hayotidagi o ‘rnim belgilaydi. Jurnalistika erkinligi - so‘z
erkinligi, shaxs erkinligi, vijdon erkinligi singari siyosiy huqiiqlardan
biri b o iib , jumalistikaning erkin faoliyat ko crsatishi, kishilaming
jurnalistikadan erkin foydalana olishi, unda fikr va tuyg‘ularini ifoda eta
olishi erkinligi, axborot yig‘ish va tarqatish erkmligidir.
Jurnalistika erkinligi masalasi jurnalistika paydo bo‘lgandan beri
mavjud bo‘lib, turli jamiyatda turlicha ado etib kelinmoqda.
Erkinlik so‘zining tub m a’nosi har qanday to ‘siq, g ‘ov, monelikdan
holi bo clish, bemalollik, mustaqillik, ozodlik degan m a’noni beradi. Ammo
erkinlik aslida anglangan zaruriyatdir. Inson o ‘z oldida turgan tarixiy,
iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin bo‘ladi, erkin fikrlay
oladi. Jurnalistika erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega. Y a’ni,
jam iyat
taraqqiyotiga,
uning
qonuniyatlariga
javob
beruvchi
jurnalistikagina erkin jurnalistika bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq
qonunlarni chuqur tushungan, unga javob bera oladigan jurnalistgina
erkindir. В uning aksi, eskirgan,
o 'z
umrini yashagan ijtimoiy tartiblar va
qarashlarga xizmat qiluvchi jurnalist erkin bo ‘la olmaydi.
Jurnalistika erkinligining uch asosi mavjud bo‘lib, bular-uning
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy
va
ma’naviy
asoslaridir.
Jurnalistika
erkinligining ijtimoiy-siyosiy asosi muayyan jamiyatdagi jumalistikaning
qaysi ijtimoiy borliqda, qanday tuzumda faoliyat ko‘rsatishi, qaysi ijtimoiy
ongning ko ‘rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g ‘oyalarga xizmat qilishidan
kelib chiqadi. Jurnalistika erkinligining bu bosh asosi uning huquqiy
121
imkoniyatlari bilan ifodalanadi. Har bir jamiyat, har bir tuzum jurnalistika
erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini ma’lum qonunlar,
ko‘rsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qo'yadi.
Jurnalistika erkinligining iqtisodiy asosi esa jurnalistika nashrlari va
ommaviy axborot vositalarining kim toraonidan, qaysi mablag‘lar evaztga
chiqarilishi bilan belgilanadi. Y a’ni, jurnalistika kimning mablag‘i evaziga,
iqtisodiy qo'llashi natijasida chiqsa o ‘sha uchun erkin bo‘ladi.
Jurnalistika erkinligining m a’naviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs,
guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning dunyoqarashi, e ’tiqodi, maslak va
maqsadlari bilan o‘lchanadi. Yuksak m a’naviyatli, e ’tiqodli, insoniyat
oldidagi, jamiyat oldidagi o ‘z mas’uliyatini chuqur anglab olgan,
umuminsoniy ,va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi
jurnalist doimo erkin bo‘ladi. Buning aksicha qoloq, qotib qolgan
tushunchalar, aqidalar asosida faoliyat yuritadigan jurnalist esa hech
qachon ruhan erkin bo‘la olmaydi.
Jurnalistika erkinligi masalasi jurnalistika paydo b o ig a n paytdan
boshlab mayjuddir va turli davrlarda turlicha hal etib kelingan.
Jumalistikaning ilk davri hisoblangan va yakka hukmdorlar tomonidan
boshqarilgan avtoritar jurnalistika keng omma uchun erkin bo‘la olmadi,
xalqning fikr-tuyg"ularini o ‘zida ifoda eta olmadi. Bu jumalistikaning
egalari bo‘lgan yakka hukmdorlar manfaatiga zid edi. Shu boisdan ana shu
davrdayoq jurnalistika erkinligi talabi paydo b o id i. Yangi o ‘sib
chiqayotgan taraqqiyparvar kuchlar o'zlari uchun, o ‘z fikrlarini erkin
bayon etish uchun jurnalistika erkinligini talab qildilar. Bunmg yaqqol
misoli sifatida XVII-XVIII asrlarda Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda
yuz bergan inqilobiy voqealar davridagi jurnalistika erkinligi uchun
kurashni keltirish mumkin. Angliyada yashab ijod etgan Djozef Addison,
Richard Stil, Fransiyada Kamil Demulen, Jan Pol Marat va boshqa
taraqqiyparvar jurnalistlar o ‘z asarlarida xalq ommasining fikr va
tuvg ularini ifoda etib, jurnalistika erkinligi uchun kurashdilar. Rossiyada
A S.Pushkin, N.A.Nekrasov, N.G.Chemishevskiy, A.I.Gertsen kabi ilgcor
fikrli, o ‘z asarlarida xalq ommasining fikr va tuyg‘ularini ifoda etgan
adiblar,
publitsistlar chor hukumati
tomonidan doimiy
ravishda
jurnalistikani o ‘z ta’qibi ostida olib kelgan senzuraga qarshi kurashib
122
keldilar.
Asrimizning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid
jurnalistikasi namoyandalari ham mustamlakachi chor hukumatining
jurnalistika erkinligi borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar.
“Hozirda ijtimoiy kaiom, jurnalistika uchun berilgan hurriyatlar
to'shak ustida, og‘ziga suv tomizilib turilgan o g ‘ir xastadek ekanini tilsiz
va ko‘r tabiblar ham tasdiq eturlar”, deb yozgan edi “Taraqqiy”
gazetasining muharriri I.Obidov gazetaning l-sonida (1906, 14 iyun)
bosilgan
“Biz
musulmonlarni
hurriyatda
haqlari
bormi?
Y o‘q!
Qarindoshlar, yuz marta y o ‘q!” sarlavhali publitsistik maqolasida. Bu
davrda jurnalistikada publitsistika sohasida ijod qilgan M.Behbudiy,
M Abdurashidxonov, A Avloniy va boshqalar ham chor Rossiyasi general-
gubematorligining jurnalistika erkinligidan mahrum qiluvchi siyosatiga
qarshi keskin fikrlar aytgan edilar.
Keyinchalik, dunyodagi qator rivojlangan mamlakatlarda hokimiyat
o‘zgarib burjuaziya hukmronligi boshlangach, jurnalistika erkinligi
msbatan kengaydi. Bu davrda chiqqan jurnalistika nashrlarida axborot
olish va tarqatish yaxshilandi, kishilaming jurnalistikadan foydalanish
imkoniyatlari ancha oshdi. Umuman olganda burjuaziya jurnalistikasi
erkin jurnalistika deb nom oldi. Bunda ma’lum darajada haqiqat bor edi.
Burjua hukumatlari jumalistikaga oid qonunlarida jurnalistikani hamma
uchun erkin, deb e’lon qildilar, bu qonun m a’lum darajada amalga oshdi,
iqtisodiy jihatdan imkoniyati bor shaxslar, guruhlar uchun jurnalistika
nashrlari chiqarish, axborot yig ‘ish va tarqatish erkinligi paydo bo'ldi. Shu
bilan birgalikda burjua jumalistikasida erkinlikning iqtisodiy asosi katta
ahamiyatga ega bo‘la borganligi boisidan jumalistikaning kapitalga
qaramligi ham oshdi, jurnalistika erkinligi undan xohlagancha foydalanish
erkmligiga, boylik orttirish erkinligiga aylana bordi. Jurnalistikada shov-
shuvli materiallarga, reklama va e ’lonlarga haddan tashqari keng o ‘rin
berila boshlandi. H.H.Niyoziyning “Gapur” she’ridagi:
Qo‘y ondin-mundin xabar, e ’lon kerosin yoyma ko‘p;
Ismi jum oli kitob, yaxshi ro ‘monlardan gapur, kabi misralar “Sadoyi
Farg‘ona” gazetasida juda ko ‘plab bosiladigan reklama va e’lonlarni tanqid
qilishga bagcishlangan edi. (“Sadoyi Turkiston” gazetasi. 1914. 20 may).
123
1917-yil oktyabr o ‘zgarishidan keyin hukmronlikni o ‘z qo‘liga olgan
bolsheviklar partiyasi jurnalistika erkinligi masalasiga sinfiy nuqtai
nazardan yondashishini e ’lon qildi va bu borada bir yoqlama, sinfiy-
Do'stlaringiz bilan baham: |