M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M


partiyaviy 
zo‘ravonlikdan 
iborat 
siyosatni 
o ‘tkaza 
boshladi. 
Bolsheviklarriing buyrug‘i bilan Rossiyaning o ‘zida va unga tobe bo'lgan 
o'lkalarda o‘sha davrgacha mavjud bo‘lgan barcha ommaviy axborot 
nashrlari yopildi, bosmaxonalar musodara qilindi va ulaming o ‘miga 
kommunistik 
partiyaning 
nashrlari 
chiqarila boshlandi. 
V I. Lenin 
“G.Myasnikovga xat” asarida jurnalistika erkinligini faqat sinfiy nuqtai 
nazardan hal etish mumkinligini ko‘rsatib berdi va kommunistik ta ’limotga 
zid har qanday qarashlar, fikrlarni jurnalistikada e ’lon qilinishi mumkin 
emasligim ta ’kidladi. Jurnalistika “faqat proletarlar va keng mehnatkash 
omma“ uchungma erkm deb e’lon qilindi va kommunistik partiyaning 
siyosatiga mos tushmaydigan har qanday g ‘oya va fikrlar, milliy, dmiy va 
boshqacha qarashlar man etildi, jurnalistika yakka g coyaviy hukmronlik 
quliga aylantirildi. Bunday holat oikam izda yetmish yildan ko‘proq davr 
mobaynida hukm surib keldi. Bu qonunga bo‘ysunmagan yoki o ‘zicha, 
erkin fikrlashga uringan qator adiblar, jum ladan A.Qodiriy, Cho‘lpon, 
Fitraf va necha yuzlab jumalistlar, publitsistlar jism onan yo‘q qilindi, 
siyosiy qatag‘on etildi. 0 ‘z milliy mustaqilligiga erishgan, demokratik va 
huquqiy davlat, adolatli fuqarolar jamiyati tuzish yo‘lidan borayotgan 
respublikamizda jurnalistika erkinligi masalasi huquqiy to ‘la hal etildi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67 - moddasida “Ommaviy 
axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzuraga yo ‘l 
qo yilmaydi”, deb yozib qo‘yilgan. Jurnalistika erkinligining bu ijtimoiy- 
siyosiy va huquqiy asosi yana bir muhim qonun - “Ommaviy axborot 
vositalari to ‘g ‘risida”gi Oliy majlis tomonidan 1997-yil 26-dekabrda qabul 
qilingan hujjatda yanada oydinlashtirilib, 0 ‘zbekiston Respublikasida 
ommaviy axborot vositalarining erkinligi, har bir fuqaro axborot 
vositalarida chiqish, o ‘z fikri va e ’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga 
ega ekanligi hamda ommaviy axborot vositalarida senzuraga y o i
qo'yilmasligi ta ’kidlab o'tiladi. O'zbekistonda bu qonunlarning hayotga 
tatbiq etilishi, o ‘zbek jurnalistikasining haqiqiy erkin, rivojlangan 
jurnalistika darajasiga etib, jahon erkin jurnalistikasining ajralmas tarkibiy
124


qismiga aylanishi uchun, jumalistikamizning qonun chiqaruvchi, ijro va 
sud hokimiyatlaridan keyingi “to ‘rtinchi hokimiyat”ga aylanishi uchun 
qator amaliy tadbir va choralar ko‘rilmoqda. “Jurnalistika va axborot 
vositalarini to'rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etish huquqiy davlat 
oyoqqa turishining muhim shartlaridan biridir”, - degan edi 0 ‘zbekiston 
Prezidenti l.A.Karimov.9 Bizning jurnalistikamiz, ommaviy axborot 
vositalari kishilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda, milliy 
mustaqillik, tinchlik, barqarorlik, demokratiya va adolat g ‘oyalarini, 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni ulaming ongiga singdirishda, milliy 
mafkuramizni vujudga keltirishda kuchli faoliyat koYsatib kelmoqda. 
Jurnalistika erkinligi masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda 
rivojlanib boradi.
Jamiyatimiz taraqqiy etishi, mustaqilligimizning mustahkamlanishi 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar1 muvaffaqqiyat bilan amalga oshishi 
jarayonida jurnalistika erkinligi borasidagi ayrim muammo va nuqsonlar 
ham о ‘ z yechimini topib boraveradi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish