unda obraz va obrazlilik o ‘ziga xos xususiyatga ega b o iad i. Shu boisdan
essedagi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy tadqiqot va mushohadalar xuddi
maqoladagi kabi jiddiy tahlil uslubida berilishi ham mumkin. Faqat kerakli
o ‘rinlardagina badiiy vositalar va shu jumladan obraz va obrazlilikdan ham
foydalaniladi. Bu jihatdan esse muammo ocherkiga yaqin turadi. Esseda
yo‘l va portret ocherklariga
xos xususiyatlar ham uchrashi, ya’ni biror
shaxs obrazi yoki y o i taassurotlari ham o ‘z ifodasini topishi mumkin. Esse
g‘arb jurnalistikasida keng qoilaniladi. 0 ‘zbek jurnalistikasiga ham bu
janr keyingi yillarda kirib keldi.
Bunga misol
sifatida taniqli
adabiyotshunos O.Sharofiddinovning «Tafakkur», «Jahon adabiyoti»
jurnallarida
bosilgan
esselari
misol
b o ia
oladi.
Bu
esselarda
zamonamizning shu kungi muhim ijtimoiy-ma’naviy muammolari
ko‘tarilib chiqiladi. Qardosh qoraqalpoq adibi T.Kaipbergenovning qator
adabiy-badiiy esselarida yozuvchining hayot va zamon haqidagi falsafiy-
ijodiy qarashlari o ‘z ifodasini topgan. X.Davron esselarida esa tarixiy
mavzular bo‘yicha
fikr-mulohazalar yuritilsa, iqtidorli jurnalist Q o‘chqor
Norqobilning esselarida ham shu kunning muhim ijtimoiy-ma’naviy
masalalari qalamga olinadi. Shu kungi jumalistika sahifalarida ham
essening turli kocrinishlarini ko‘rish mumkin.
Hayotimizning turli mavzulariga bag‘ishlangan bu esse va badialarda
shu kun uchun muhim b o ig an biror voqea, biror shaxs faoliyatining
qirrasi, yoxud shu kun bilan b o g iiq b o ig an tarixiy voqealar aks ettiriladi.
Masalan, adabiy otshunos olim va adib M .Qo‘shjonovning « 0 ‘zbekiston
adabiyoti va san’ati» gazetasining 2005-yil 4-fevral sonida bosilgan «Xiva
suhbati» badiasi qadimgi Xorazm tarixiga bagishlangan b o iib , unda bu
yurtda yashab o ig a n Jaloliddin Manguberdi,
Pahlavon Mahmud
Puryovaliy va boshqa ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir turli
qiziqarli
faktlar keltiriladi, muammolar o‘rtaga tashlanadi. M uallif o‘z badiasini
xorazmlik yozuvchi, qator tarixiy asarlar yaratgan Erkin Samandar bilan
suhbat tarziga qurgan. Yozuvchi Murod Xidiming «M a’rifat» gazetasining
2003-yil 26 - dekabr sonida bosilgan «Ibtidodda so‘z boigan» badiasi
ham m a’naviy masalalami qalamga oladi. Unda kitob va uning shu kungi
inson hayotidagi o ‘rni masalalari mushohada etiladi. M uallif yaxshi
kitoblar yaratish va nashr etish borasida qator masalalami o‘rtaga tashlab,
270
jamoatchilik fikriga havola qiladi. Shoir Asqar Mahkamning «Adabiyot
ibodati» badiasi ( « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 2004-yil, 22-dekabr)
ham m a’naviy-ijodiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib,
unda shoir
Shavkat Rahmonning hayoti va ijodiga doir chizgilar o ‘rin olgan. M uallif
iqtidorli shoirning hayotiy qarashlari, badiiy izlanishlari va mahoratining
bosh qirralarini izchil tasvirlab bera olgan.
Yuqoridagi esselar asosan muayyan tarixiy shaxslarga bag ‘ishlangan
bo ‘lsa N.Ochilovning « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining
2003-yil, 11-aprel sonidan joy olgan «Qaytish» deb nomlanuvchi
essesining qahramoni esa umumlashtirilgan, badiiy to ‘qima shaxsdir.
Esseda tasvirlanishicha Sharifjon degan yigit ilm olish bilan shug‘ullanar,
doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan ekan. Ammo u turmush
qiyinchiliklari tufayli ilmni tashlab o ‘zini bozorga «uradi» va yaxshigina
m ablag‘
orttirib, boyiy boshlaydi. Ammo uning dilidagi ilmga, ijodga
bo ‘lgan muhabbati sira tinchlik bermaydi, vijdoni qiynaladi. Nihoyat u
bozorni tashlaydi va yana ilmga qaytadi, doktorlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli yoqlab, el-yurt oldida yuzi yorug‘ b o iad i, uning qalbida
hayotdan mamnunlik hislari yana uyg‘onadi.
Bu badia mavzu va badiiy
yechim jihatidan o ‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Umid Yoqubovning
«M a’rifat» gazetasining 2004-yil 15-dekabr sonida bosilgan «Gulxan
o ‘chmagan kecha» badiasi ham shu kunning m a’naviy masalalari, inson va
uning hayotdagi o ‘rni muammosiga bag‘ishlangan. Unda yosh, hayotga
chanqoq, haqiqatning ko ‘ziga tik boqa oladigan, chuqur mushohadali
m uallif obrazi namoyon boiadi.
Esse o ‘ziga xos ko‘p qirrali, murakkab janr bolganligi boisidan u
k o ‘proq yozuvchilar, olimlar, mutaxassislar tomonidan yoziladi
va odatda
adabiy-badiiy nashrlarda e ’lon qilinadi. Shuningdek, u jurnalistika
nashrlaridan tashqari radio va televideniyeda ham berilishi mumkin. Bu xil
esselarda publitsistika bilan bir qatorda radio va televideniye xususiyatlari
ham o ‘z ifodasini topadi.
Esse kelajakda o ‘zbek jurnalistikasining ham asosiy janrlaridan biri
b o iib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: