M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

mazmuni va
undagi qahramonlar xarakterini ochib beradigan 
o‘zaro uzviy bog‘langan voqealar hodisalar tizmasidan iboratdir. Ocherkda 
syujet unda tasvirlanayotgan fakt, voqea va hodisalarning mohiyatidan,
265


ocherk qahramoni hisoblangan kishilar faoliyati hayotiy harakatlarinmg 
mantiqiy rivojidan kelib chiqadi. Kompozitsiya esa adabiy asar 
qismlarining tuzilishi, joylanishi va mutanosibligidan tashkil topadi. 
Kompozitsiyada asar voqealarining boshlanish tuguni, rivoji, eng yuqori 
kulminatsion nuqtasi va yechimidan iborat tuzilma o £z ifodasini topadi. 
Ocherkda ham bu vositalar b o iish i lozim, ular qanchalik hayotiy va badiiy 
mutanosib b o is a ocherlming muvaffaqiyati shunchalik ta ’minlanadi. 
Y a’ni, bu vositalar ocherkda tasvirlanayotgan fakt, voqea, hodisa hamda 
k o ‘tarilayotgan muammo, qahramonlar faoliyatidan kelib chiqishi lozim. 
Syujet va kompozitsiya shu bilan birgalikda ocherkning turlariga ham 
bogiiqdir. Portret ocherkida syujet va kompozitsiya ocherk qahramonining 
faoliyati, xatti-harakatidan vujudga kelsa, voqea ocherkda o ‘sha voqea va 
hodisamng mohiyatiga, muammo ocherkda k o ‘tarilayotgan muammoning 
publitsistik ahamiyatiga taalluqli b o iad i. Y o l ocherkida esa syujet va 
kompozitsiya muallifhing kuzatishlaridan kelib chiqadi.
Umuman plganda, badiiy adabiyot asoslariga xos b o ig a n syujet va 
kompozitsiya ocherkda ham albatta b o iish i hamda uning publitsistik 
mohiyatiga bo‘ysunishi lozim. Ocherkchi bu vositalardan qanchalik ustalik 
bilan, o ‘z o ‘m ida foydalansa, ocherk shunchalik qiziqarli, badiiy 
miikammal b o iad i, aksincha esa u o ‘quvchini bezdiradi.
Ocherkda til va uslub masalasi ham muhim ahamiyatga egadir. 
Ocherkning till jurnalistika va badiiy adabiyot tili qo‘shilmasidan iborat 
b o iib , ular o ‘rtasida o ‘zaro mutanosiblik mavjud boTmog‘i kerak. Ya’ni, 
ocherk butunlay badiiy tilda - hikoya, qissa, roman singari boshdan oyoq 
obrazi ill kka asoslangan yoxud buning aksi sifatida -oddiy maqola singari 
fakt, voqea va hodisalar bayonidan iborat b o iib qolmasdan zarur 
o ‘rinlarda obrazli badiiy tasvir, kerakli o‘rinlarda esa publitsistik 
mushohada tarzida b o lm o g i kerak. Uning aksi b o is a ocherk bir yoqlama 
b o iib qoladi. Ocherk tilida turli kasbiy atamalar, sheva so £zlari va boshqa 
til lmkoniyatlarga kelganda bu borada ham masalaga mavzu va maqsadga 
muvofiqlik jihatidan yondoshmoq kerak. Ocherkchi biror kasb egalari 
haqida yozar ekan, o ‘sha sohaga xos atamalar, ish-harakat nomlari, asbob 
uskunalar va ulardan foydalanishga doir so'zlarini keltirmasdan iloji yo£q. 
Ammo birinchi galda tasvirlanayotgan holat va nomlari tilga olingan
266


narsalar o ‘quvchi uchun tushunarli boTishi nazarda tutilishi lozim. 
Ocherkning tili va uslubidagi o ‘ziga xoslikni Abdulla Qodiriy, Abdulla 
Qahhor, G 'afur G ‘ulom va boshqalar yaratgan ocherklarda yaqqol ko ’rish 
mumkin. A.Qodiriy ocherklaridagi qamrov kengligi va aniqlik, Abdulla 
Qahhor ocherklaridagi uslub siqiqligiyu m a’no kengligi, G ‘afur G ‘ulomga 
xos bo‘lgan til va uslub jozibasi hozirgi zamon ocherkchilari uchun ijodiy 
maktab b o ‘lib xizmat qiladi.
Ocherkda badiiy-ijodiy uslub ham muhim o ‘rin tutadi. Uslub til va 
tasvir vositalarining o ‘ziga xos y o ‘li, omilidir. Ocherk ijtimoiy-iqtisodiy 
uslubda, lirik uslubda, ilmiy uslubda, tanqidiy uslubda hatto hajviy uslubda 
yozilishi mumkin. Eng muhimi ocherkchi o ‘z ijodiy uslubiga ega bo'lishi 
lozim. Ocherkda uslubga etarli e’tibor bermaslik uning sayoz, zerikarli 
boTishiga olib keladi. Ocherkning jahon jurnalistikasidan joy olishi 
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, u k o ‘proq Rossiva, Markaziy 
Osiyo mamlakatlari jurnalistikasida keng qo‘llaniladi. Amerika Q o‘shma 
Shtatlari, Evropa mamlakatlari jurnalistikasida ocherk o'rniga asosan esse 
janri qoilaniladi. Bu - biror mavzu haqida erkin, har taraflama fikr yuritib, 
kerakli o ‘rm1arda obraz va obrazlilikka amal qilib, publitsistik mushohada 
yuritib yozilgan asardir. Rus jurnalistikasi tarixida ocherk ijtimoiy 
muammolami yoritishga keng y o ‘naltirilganligi m a’lumdir. Rus xalqining 
atoqli adiblari Radishchev, Pushkin, Uspenskiy va boshqalar bu janr orqali 
zulm ostida ezilgan xalqning og‘ir ahvolini ochib tashladilar. 0 ‘zbek 
jurnalistikasida ocherk asosan Turkiston milliy uyg‘onishi davrida -jadid 
jurnalistikasi sahifalarida vuujudga keldi. 
Bunga M.Behbudiyning 
yuqoriroqda qayd etib o ‘tilgan yo ‘l ocherklari misol bo‘la oladi. Sovet 
davrida ocherk janriga katta e ’tibor berildi, u jumalistika sohalaridan 
doimiy joy oldi. Bunga sabab - ocherk kommunistik partiya rahbarlari 
uchun xalqni mehnatga jalb etish vositasi boTib xizmat qiladi Hayotdagi 
birorta ilg‘or mexanizator haqida (masalan, Tursunoy Oxunova va 
boshqalar) o‘nlab mualliflar ocherk yozgan edilar. Bu davr ocherklarining 
aksariyati bir yoqlama, sun’iy hayotdagi fakt va hodisalar uydirma tarzida 
yozilar edi.
Mustaqillik davrida jurnalistikasimizda yuqorida ko‘rilganidek ocherk 
janri o ‘zining munosib o ‘rnini egallamoqda. 0 ‘z mehnati bilan
267


boshqalaiga ibrat bo‘layotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ishbilarmon 
tadbirkorlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasida yaxshi muvaffaqiyatga 
erishgan 
mutaxassislar 
ocherklarimiz 
qahramonlari 
bo‘lmoqda!ar. 
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy- 
ijtimoiy, madaniy-ma’naviy o ‘zgarishlar hamda hal etilishi lozim bo'lgan 
zarur muammolar haqida ko‘plab yaxshi ocherklar yaratilish vaqti keldi, 
deb o ‘ylaymiz.'
Hozirgi davrda jurnalistika -

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish