M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(yoki
bermaslik
) bolshevistik partiya qaror va ko ‘rsatmalari asosida hal etilar 
edi. Yuqorida aytganimizdek, jumalistikaning mazkur ijtimoiy vazifasini 
kollektiv agitatorlik (
tashviqotchilik)
dan iborat, deb e ’lon qilingan va bu 
hoi kommunistik jurnalistika nashrlari, radio, televideniye uchun qonun 
tusiga kirgan edi. Y a’ni, sovet gazetalari, radiosi va teleko‘rsatuvlari 
ijtimoiy hayotni xolis, obyektiv yoritmay, balki muayyan g ‘oyalami 
tashviq qilish va ungagina mos keladigan faktlar, voqea va hodisalarni 
qidirib yoki o ‘ylab topish bilan band edilar.
Demak, insoniyatning eng oliy orzusi - demokratik tuzumdagina 
jurnalistika va uning tasvir, xabardor etishlik ijtimoiy vazifasi erkin ish 
ko ‘ra oladi. Mustaqillikka erishgan respublikamizda bu borada katta ishlar 
olib borilmoqda. Istiqloldan keyin yangilanayotgan va rivojlanayotgan 
ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayotni xolis va tezkor yorita 
boshladilar, gazeta va jumallarimiz qiziqarli, o ‘qishli bo‘lib bormoqda, 
radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar mazmunli b o iib ,mundarijasi 
kengayib, shakli rang-baranglashyapti.. О ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi 
qabul 
qilgan 
“Ommaviy 
axborot 
vositalari 
to £g ‘risida”, 
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to ‘g‘risida”, “Axborot erkinligi
107


prinsiplari va kafolatlan to‘g ‘risida” gi qonunlar ommaviy axborot 
vositalari ishini yaxshilSshda muhim ahamiyat kasb etdi.
Respublikamizda jurnalistika va ommaviy axborot vositalari ishini 
yaxshilash, ular faoliyatini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan 
ishlar natijasida jumalistikamizning tasvir ijtimoiy vazifasi tobora 
rivojlanib, rang-barang b o iib bormoqda. Gazeta va jumallarimiz, radio 
eshittirishlarimiz va teleko‘rsatuvlarimiz dunyo xabarlarini, shuningdek 
respublikamizda yuz berayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
madamy-ma’naviy o ‘zgarishlami yoritib kelayotgan boisada, bu borada 
hali kamchiliklar ham yo ‘q emas, ko‘pgina jurnalistika nashrlari, radio 
eshittirishlar va teleko‘rSat:uvlarda bir yoqlamalik, bir xillik hollari mavjud. 
Ammo jurnalistikamiz bu kamchiliklardan asta-sekin qutilib, tasvir 
ijtimoiy vazifasini to ia ro q bajarilishiga e ’tibor qaratmoqda. Bu ijtimoiy 
vazifaning mohiyatini, uning talablarini yaxshi bilish har bir b oiajak 
jurnalistning asosiy vazifasi sanaladi.
Qaysi bir nashr, ommaviy axborot vositasi bu ijtimoiy vazifani ijodiy 
hal etar ekan, uning muvaffaqiyati ta ’minlangandir.
Biz yuqorida jurnalistikaning bosh ijtimoiy vazifalaridan biri - uning 
ijtimoiy hayotni aks ettirish xususiyati, ya’ni tasvir ijtimoiy vazifasini 
ko‘rib o ‘tdik. Ammo jurnalistika hayotni oddiygina qayd etish bilangina 
cheklanib qolmaydi, balki hayotdagi fakt, voqea va hodisalaming ichki 
mohiyatini ham ochib beradi, o ‘quvchilariga tushuntiradi, tahlil qiladi, 
baholaydi, xulosalar chiqaradi, m a’qullaydi yoki inkor qiladi. Y a’ni, 
yuqorida, jurnalistikaning ta ’rifida keltirilgan - jurnalistika ijtimoiy 
hayotni biladi (o‘rganadi m a’nosida), tadqiq qiladi, degan tushunchalar 
jurnalistikaning ikkinchi bosh ijtimoiy vazifasining asosini tashkil etadi. 
Jurnalistika ijtimoiy hayot voqealarini tasvirlash bilan birlikda bu fakt va 
voqealami tahlil qilishi ham lozim. Binobarm, jurnalistikaning ikkinchi 
bosh ijtimoiy vazifasi -
tahlil 
hisoblanadi. Jurnalistikaning tasvir ijtimoiy 
vazifasi ijtimoiy hayotning ustki, ko‘zga ko'nnib turgan qatlamlarini aks 
ettirsa va ongning ustki qatlamiga ta ’sir qilsa, tahlil ijtimoiy vazifasi 
ijtimoiy hayotning chuqur qatlamlarini o ‘zida aks ettiradi va inson 
ongining chuqur qatlamlariga ta’sir ko crsatadi. Bu ijtimoiy vazifa orqali 
jurnalistika о ‘quvchilariga hayotdagi faktlar, voqea va hodisalaming ichki
108


sabablarini ochib beradi, tushuntiradi, izohlaydi, bilim beradi, olamni 
bildiradi, zarur tajribalar bilan qurollantiradi. Jumalistikaning xabardor 
qilish ijtimoiy vazifasi singari bu ijtimoiy vazifa ham jamiyatning ijtimoiy- 
siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish va madaniy-ma’naviy hayotining barcha 
tomonlarini qamrab oladi. Jamiyat hayotining jumalistikaning bu ijtimoiy 
vazifasi aralashmaydigan biror bir sohasi y o ‘q. Jumalistikaning tahlil 
ijtimoiy vazifasi ijtimoiy-siyosiy hayotning muhim muammolari yechimini 
topishda, iqtisodiy-ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishda, 
madaniy-ma’naviy hayotni yanada taraqqiy etishida muhim rol o ‘ynaydi.
Jumalistikaning tahlil ijtimoiy vazifasini bajarishda jurnalistika 
nashrlari - gazeta va jurnallar, ommaviy axborot vositalari - radio va 
teleko‘rsatuvlar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatadilar.
Jurnalistika turlari o‘rtasidagi o‘zaro mehnat taqsimotiga muvofiq 
gazetalar taxminan 75 foiz tasvir ijtimoiy vazifasini bajarsa, o ‘z navbatida 
jurnallar taxminan 75 foiz tahlil ijtimoiy vazifasini bajaradilar. 
:
Jurnallarning - ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, adabiy-badiiy, hajviy, suratli 
va tarmoq turlari mavjud b o iib ular ijtimoiy hayotni chuqur aks ettirish va 
uni tahlil qilish kabi asosiy vazifalami bajaradilar. Bu - jurnallarning tahlil 
ijtimoiy vazifasini bajarishda asosiy o ‘rin tutishmi ko‘rsatadi. Ammo bu -
gazetalarda tahlil 
ijtimoiy 
vazifasi 
bajarilmaydi, 
degan m a’noni 
bildirmaydi. Aslini olganda har ikkala ijtimoiy vazifa bir-birini to id irib
keladi, har qanday tasviriy materialda ham muayyan tahlil unsuri boiad i, 
tahlil materiallarida ham tasvir ishtirok etadi. Radio va teleko‘rsatuvlarda 
tasvir hamda tahlil ijtimoiy vazifalari o ‘zaro mutanosib ravishda (50-50 
foiz) joy oladi. Jumalistikaning bu ijtimoiy vazifasi uning m a’rifiy, estetik 
zavq berish, dam oldirish xususiyatlari bilan ham bo gian ib ketadi.
Jumalistikaning tahlil ijtimoiy vazifasini bajarishda mutaxassis 
jurnalistlar, publitsistlar, olimlar, jam oat arboblari, siyosatchilar ishtirok 
etadilar.
Agarda jumalistikaning xabardor qilish ijtimoiy vazifasini bajarishda 
unga publitsistikaning axboriy janrlari xizmat qilsa, tahlil ijtimoiy 
vazifasini ado etishda esa analitik-tahliliy janrlari xizmat qiladi. Bularga 
korrespondensiya 

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish