68
Jurnal bo‘yicha reyting topshiriqlari
1. Ju m al qanday xuSusiyatga ega?
2. D asdab vujiidga kelgan ju m a lla rn i ayting.
3. Turkistonda ilk ju rn a l qachon pa ydo b o 'Idi?
4.
’’H u rriyat”
ijtim oiy-siyosiy ju rn a li
kimning
rahbarligida,
nechanchi yili nashr etildi?
^
5. Qaysi davr ju rn allari komrhunistik yakka mafkura ta ’sirida ish
k o ‘rdilar?
6. Jurnallarning qanday turlarini bilasiz?
7.
Gazeta publitsistikasi bilan ju rn al publitsistikasi о ‘rtasida qanday
fa rq bor?
8.1995-yildan buyon chop etilayotgan markaziy ijtim oiy-siyosiy
ju m a ln i ayting.
9. Qaysi ju m a lla r adabiy-badiiy ju rn a l hisoblanadi?
Jurnal bo‘yicha nazorat savollari
1. Qanday ehtiyoj ju rn a l p a yd o bo ‘lishiga asos bo ‘Igan?
2. "Oyina ’’jurn ali qachon, kim tomonidan nashr etildi?
3.
1917-yil oktyabr o'zgarishidan s o ‘ng o'lkamizda qanday ju m a lla r
i
nashr etila boshlandi?
4. M illiy mustaqillikdan so'ng respublikada qanday ijtim oiy-siyosiy
ju m a lla r chiqarila boshlandi?
5. A xborot tarqatishda gazeta bilan ju m a l о 'rtasidagi fa rq n i ayting.
6. Jurnal xillarini izohlab bering.
7.
Ilmiy ju m allarn i sanang.
2.2.3. RADIO
Gazeta va jum allar deyarli to ‘rt asrdan buyon insoniyatga xizmat qilib
kelmoqda. XYII-XIX asrlar davomida esa jurnalistika tasnifi faqat gazeta
va jurnallardan tashkil topdi. Lekin, jurnalistikaning jamiyat
hayotidagi ahamiyati shu qadar katta-ki, insoniyat faqat gazeta va jumal
bilan kifoyalanib qolmadi. XIX asming oxiri va XX asming boshlariga
kelib, ommaviy axborot vositalari tasnifida katta bir yangilik, beqiyos bir
o ‘zgarish yuz berdi, unga jurnalistikaning butunlay yangi bir turi - radio
69
kirib keldi. Radio so‘zi, yunoncha b o iib , «radius» - nur, «radio» - nur
tarataman, degan ma’noni bildiradi, hamda, bu o ‘rinda elektromagnit
tolqm lari orqali ovoz tolqm larini uzoq masofa va katta hududga simsiz
tarqatish usuliga, bu usulni amalga oshiruvchi asbobga aytiladi.
Radio — OAVning o ‘ziga xos elektron texnikaga asoslangan turidir.
Radio, tub m a’nodagi jurnalistika emas, y a’ni u so‘zni bosma usul bilan
ko‘paytirmaydi, balki uni maxsus asboblar vositasida og‘zaki ko‘paytiradi,
shu
jihatdan
u
jumalistikaning,
to ‘g ‘rirog‘i
ommaviy
axborot
vositalarining bir turi hisoblanadi. Radio ommaviy axborot vositalari
tasnifida alohida o ‘rin tutadi, gazeta va jum al ko‘rish, bosma so‘zlarni
o ‘qish orqali inson ongiga yetib borsa, radio esa ovozni quloq bilan
eshitish orqali ta ’sir ko‘rsatadi. Bu esa insonning eng asosiy sezuv a’zosi
bo 1m ish quloq orqali axborot qabul qilishdek eng qadimiy va tabiiy
imkoniyatidan kelib chiqadi.
Bu jihatdan uni jurnalistika hali vujudga kelmagan paytlarda uning
vazifasini bajargan og ‘zaki nutq, jarchilik, notiqliq san’atining davomi,
boshqacha qilib aytganda yuqoridagi vositalarniig texnikaga asoslangan
qaytarilgan ko‘rinishi deyish mumkin. Garchi yozma (bosma) so‘z
qanchalik muhim va m o‘tabar bolm asin, og‘zaki so‘z, nutq bevosita
eshituvchiga y o ‘naltirilgan boiad i, uning ta’sir kuchi kattaroqdir. Shu
boisdan ham radio jumalistikaning o ‘ziga xos, og‘zaki, eshituvchiga
bevosita qaratilgan turi sifatida insoniyat hayotiga dadil kirib keldi va
undan o ‘z munosib о i n ini oldi. Radio paydo b oig ach kishilar ijtimoiy
hayot yangiliklarini tezroq eshitadigan bo ld ilar, dunyodan yanada kengroq
xabardor b o ia boshladilar, ijtimoiy tafakkur ufqlari yanada kengaydi.
Kishilik yuksak madaniy bosqichining mevasi b o ig a n radio bu
bosqichning yanada rivojlanishiga ta ’sir ko‘rsatuvchi muhim omil boldi.
Radio
paydo
b o iish i
bilan
insoniyatning nutq
san’ati
yanada
takomillashdi, tovush - ohang sifatida insonga yetib borib, unga zavq -
shavq, orom bag1 ishlovchi musiqa san’ati yanada rivojlandi, inson
ongidagi olam rang - baranglashdi. Turgan gapki, jamiyatdagi tabaqalar,
guruhlar, sinflar jumalistikaning boshqa turlari kabi radiodan ham
o‘zlarming ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy va ma’naviy maqsadlari y o lid a
foydalana boshladilar. Ular radioni kishilarga, keng ommaga, faqat ayrim
70
mamlakat miqyosida emas, balki butun dunyo miqyosida o ‘z qarashlari,
g‘oyalarini yetkazish, targ‘ib va tashviq qilish va o ‘zlariga m uxolif bo‘lgan
kuchlarning g ‘oya va qarashlariga zarba berish uchun vosita sifatida
qo‘llay boshladilar. Radio toiqinlarining sarhad bilmasligi, butun dunyoga
ham tarqala olishi bu ishda juda qo‘l keldi. Turli xil axborotlar, qarashlar,
g ‘oyalar radioning turli o ‘lchamdagi to‘lqinlari sifatida yer kurrasini o'rab
oldi va kunu tun, bir zum tinmasdan taralib turadigan b o id i. Endi
insoniyat
o ‘z
hayotini
radiosiz
tasavvur
eta
olmaydi.
Radio
jurnalistikaning,
ommaviy
axborot
vositalarining
chegaralarini,
imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirdi, dunyo xalqlarini
bir-biriga yaqinlashtirdi, insonning olamaro m as’uliyatini oshirdi.
Radioning tarixiga nazar tashlasak uning ko'pchilik ijodi ekanligmi
ko‘ramiz. XIX asming o ‘rtalarida italyan olimi K.Markoni radio bo‘yicha
jiddiy tadqiqotlar olib bordi. Bu ishga jahondagi boshqa olimlar qatori rus
ixtirochilari ham o ‘z hissalarini qo‘shdilar. Birinchi bor radio rus olimi
A.S.Popov tomonidan 1895-yil 7 may kuni Peterburgdagi ms fizika —
ximiya jamiyati yig‘ilishida sinab ko‘rildi. Ammo у ishlab chiqqan elektr
signallami uzoq masofaga simsiz uzata oladigan radiotelegraf asosan aloqa
vositasi sifatida ixtiro qilingan edi. Mazkur simsiz telegrafhi ommaviy
axborot vositasi bo‘lib shakllanganicha m a’lum vaqt o ‘tdi. Buning uchun
esa jurnalistikaning paydo boiish id a asosiy o crin tutgan ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va m a’naviy ehtiyojlar zarur bo ldi. Y a’ni, ayrim tabaqa va
guruhlar radiodan bir joy da turib juda katta hudud va keng masofadagi
kishilarga o ‘z g ‘oyalarini yetkazish mumkinligini tushunib yetdilar va bu
muhim ehtiyoj oddiy aloqa vositasini ommaviy axborotning muhim turiga
aylanishiga olib keldi. Jumladan, 1917-yilda Rossiyada hukumat tepasiga
kelgan bolsheviklar radio orqali targ‘ibot va tashviqot olib borish uchun
uni takomillashtirish bo‘yicha maxsus ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil
etishdi va 1920-yilning boshida radioeshittirishlar yuzaga keldi. Radioning
ommaviy
axborot
vositasi
sifatida
ixtiro
etilishida
toshkentlik
mutaxassislar ham ishtirok etishgan. Masalan, 1920-yil 17-noyabr kuni
Toshkent radiosi mudiri markazga yuborgan maxsus radiogrammasida
Moskva radiosining ovozi Toshkentga ham yetib kelganligini m a’lum
qilgan edi. 1922-yildan boshlab esa Moskvada dastlabki radio eshittirishlar
71
boshlandi. Moskva radiosi orqali eshittirilgan maxsus «radiogazeta»larda
bolshevistik targ‘ibot va tashviqot asosiy o ‘rin egallagan edi. Amerikada
muntazam
radioeshittirishlar
1920-yildan
«Key
Di
Key
Ey»
radioslansiyasining prezidentlik saylovlari haqidagi reportajini efirga
uzatish bilan boshlandi. 1922-yildan boshlab ingliz radiosi (keyinchalik
«Bi-Bi-Si» deb nom olgan) ning muntazam eshittirishlari boshlandi.
Umuman olganda, ommaviy axborot vositalarining yangi bu turi
b o‘lmish radio o‘z faoliyatini siyosiy-g‘oyaviy vazifalarni amalga
oshirishdan boshladi. Yana shu narsa ham ko‘rinib turibdi-ki, dastlabki
davrlarda radiodan faqat jurnalistika (gazeta) materiallarini o ‘qib
eshittirish vositasi sifatida foydalanilgan, keyinchalik u asta-sekin o ‘z
xususiyatlariga ega bo‘la borib, ommaviy axborot vositalarining toTaqonli
bir tunga aylana borgan. Toshkentda birinchi radioeshittirishlar 1927-
yilning 11- fevralida boshlangan. O czbekistonda radioeshittirishlaming
yo'lga qocyilishi xalqimiz tarixida katta ljobiy-ma’naviy voqea boTgan
edi.
Hozirga kelib radio misli k o ‘rilmagan darajada taraqqiy etdi va butun
jahon kishilik jamiyati m a’naviy hayotidan mustahkam o ‘rm oldi.
Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar o ‘z radiostansiyalariga ega.
Dunyoda Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarashli «Amerika ovozi»,
«Ozodlik», Angliyaning «Bi-Bi-Si», Germaniyaning «Nemis to ‘lqinlari»
va boshqa o ‘nlab radiostansiyalar ishlab turibdi. 0 ‘z milliy mustaqilligiga
erishgan
respublikamiz
ham
rivojlangan
radio
tarmog‘iga
ega.
0 ‘zbekistonda 5 ta radiostudiya faoliyat ko ‘rsatmoqda. Ular orasida
0 ‘zbekiston televideniyesi va radiokompaniyasiga qarashli Toshkent
radiosi yetakchi o £rinni egallaydi. 0 ‘zbek radiosi doimiy ravishda to ‘rt
dasturda eshittirishlar olib boradi. Shuningdek, Toshkentdan rus, o ‘zbek,
tojik,
qozoq
tillaridagi
eshittirishlardan
tashqari
chet
eldagi
radiotinglovchilar uchun ingliz, hind, arab, fors, afg‘on, pushtu, uyg‘ur va
boshqa tillarda eshittirishlar olib boriladi.
Respublikamiz o ‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng
mamlakatimizda davlat radioeshittirishlari bilan bir qatorda nodavlat, y a’ni
xususiy radioeshittirish tarmoqlari ham vujudga keldi. «Navruz»,
«Poytaxt», «Grand», «Hamroh», «Vodiy sadosi», «Oriyat-dono» va
72
boshqa nomlardagi bu radioeshittirishlar har kuni efirga turli tezkor
xabarlar, qiziqarli eshittirishlarni uzatmoqdalar. Bunday radiostansiya-
larning paydo bo‘lishi radio eshittirishlarning rang-barang boiishiga,
hamda ommaviy axborot vositalarining bu sohasida ham o ‘zaro ijodiy
raqobatning vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
0 ‘zbek
radiosining
ovozini
k o ‘plab
mamlakatlardagi
radio
tinglovchilar doimiy eshitib boradilar. Bu o ‘zbek radiosining xalqaro
nufuzi tobora oshib borayotganligidan dalolat beradi. Hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to ‘g ‘risida” va
boshqa muhim hujjatlar o ‘zbek radiosi faoliyatini yanada yaxshilashda
katta imkoniyatlar yaratib berdi. 0 ‘zbek radiosi respublikamizga va chet
ellarga doimiy turli axborotlar yetkazib berish bilan birlikda mamlakatimiz
mustaqilligini mustahkamlash, o ‘lkamizda olib borilayotgan ulkan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va m a’naviy islohotlaming amalga oshishida,
kishilar ongida istiqlol mafkurasining to‘la shakllanishida katta xizmat
ko ‘rsatmoqda. Radio garchi ommaviy axborot vositalarining og'zaki
nutqqa
asoslangan
turi
bo‘lsa-da,
o ‘z
faoliyatida
jurnalistika
qonuniyatlariga to ‘la rioya qiladi. Y a’ni, radio ham ijtimoiy hayotni aks
ettiradi, uni biladi, tadqiq qiladi va unga qaytadan ta’sir ko‘rsatadi,
Radioning ham bosh vazifasi xuddi jurnalistikaning boshqa turlari kabi
ijtimoiy axborot tarqatishdan iborat. U ham jurnalistikaning tasvir, tahlil
va ta ’sirdan iborat ijtimoiy vazifalarini bajarishda t o i a ishtirok etadi,
uning faoliyatida ijtimoiy hayotni tasvirlash, ya’ni xabardor qilish ijtimoiy
vazifasi alohida o ‘rin tutadi. Radio ijtimoiy axborotni tezkorlik bilan,
boshqa
ommaviy
axborot
vositalaridan
oldinroq
yetkaza
olish
imkoniyatiga ega. Shuningdek, u jurnalistikaning tahlil va ta ’sir ijtimoiy
vazifalarini ham bajarishda ishtirok etadi. Radio jurnalistikaning bosh
tamoyillari, an’anaviylik va yangi omillardan foydalanish, jamoatchilik
fikrini ifoda etish va boshqa qonuniyatlarini ham bajaradi. Radioda
publitsistikaning
xabardor
qilish,
tahliliy
va
badiiy-publitsistik
ko ‘rinishlari o ‘z ifodasini topadi. Shuningdek, radio ijtimoiy axborot
yetkazib berishdan tashqari, kishilami dam oldirish, estetik zavq berish
kabi ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi.
73
Radioning boshqa ommaviy axborot vositalaridan o ‘ziga xos afzalligi
uning serkolam ligi, doimiyligi hamdir. Y a’ni, radio gazeta va jurnallarga
qaraganda kengroq jabhada, kunu-tun muttasil ravishda axborot tarqatishi,
eshittirishlar berishi mumkin. Shuningdek, uning tezkorligi va chegara
bilmasligi ham boshqa ommaviy axborot vositalaridan ajratib turadi.
Jumladan, radioning qisqa tolq inlari dunyoning katta hududlari, juda uzoq
masofalarga tarqalishi mumkin. Bu esa xalqaro miqyosda axborotlar
tarqatish va m a’lum g ‘oyalar yetkazib berishga imkoniyat tug‘diradi.
Radioning o ‘z ijtimoiy vazifalarini bajarishda nutq san’ati, teatr va ayniqsa
musiqadan keng foydalana olishi uning jozibadorligini oshiradi. Lekin
radio og‘zaki, oniyligi nuqtai nazaridan gazeta va jumaldan keyinda turadi.
U ijtimoiy hayot voqealarini bevosita ko‘rsatish imkoniyatiga ega b oigan
tcleko‘rsatuvlar bilan ham o ‘zaro raqobatda yutqazishi mumkin, ammo,
televideniyega qaraganda nisbatan tezkorligi va chegara bilmasligi bilan
undan ustun keladi.
Respublikamizda radio keng tarmoqli tuzilishga ega.
Bizda
respublika, viloyat, shahar, korxona va muassasalar miqyosida radio
eshittirishlar olib boriladi. Respublikamizda radio, televideniye va
radioeshittirishlar davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Radioning
rahbari — kompaniya raisining o‘rinbosari hisoblanadi. Radiokompaniya
ijodiy va ovozni yozib olish xizmati xodimlariga rahbarlik qiladi,
radiotexnikasi aloqa vositasi sifatida maxsus idoralarga bo‘ysunadi.
Markaziy radioeshittirishlar turli kanallarga bolinadi. Birinchi dastur,
«M ash’al», «Yoshlik» kanali va boshqalar. Shuningdek unda ijtimoiy-
siyosiy, «Axborot», ta’lim va tarbiya, musiqa, adabiy-badiiy eshittirishlar
va boshqa tahririyatlar ish olib boradi.
Viloyat, shahar, tuman va korxona, muassasa radioeshittirishlar! o ‘z
imkoniga qarab bir va bir necha tahririyatlardan iborat boiadi.
Markaziy radioeshittirishlar yuqorida aytganimizdek, bir necha
dasturlarda olib boriladi.
1-dastur asosan rasmiy, ijtimoiy-siyosiy
eshittirishlar, 2-dastur esa m a’rifiy, ommabop, 3-dastur asosan dam
oldirish xarakteridagi eshittirishlardan tashkil topadi. «M ash’al» deb
nomlanuvchi maxsus dastur esa axboriy-musiqiy eshittirish hisoblanadi
Yoshlar uchun maxsus «Yoshlar kanali» ham eshittirishlar olib boradi.
74
Radio orqali beriladigan m a’lum mavzudagi eshittirishlar majmui
radiojurnal deb ataladi. Respublikamiz radiosida «Gulxan», «Alanga»,
«Dugonalar», «Tabassum» va boshqa radiojumallar doimiy ravishda berib
boriladi.
Radioeshittirishning
bu
xilda
turli
mavzuda
b o ‘lishi
jurnalistikaning, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olishi,
uning har taraflama, har yerda hozir va har narsadan xabardor bo‘lishidan
kelib chiqadi.
Radioeshittirishlaming m a’muriy, hududiy jihatdan
bo‘linishi esa aholining barcha qatlamlarini qamrab olish lmkonini beradi.
Ommaviy axborot vositalari tasnifida radioning paydo bo‘lishi bilan
radiojumalistika ham paydo bo‘ldi. Radiojumalistika - jurnalistikaning
radioning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
umumiy
faoliyat
qoidalaridir.
Radiojumalistikaning
o ‘ziga
xos
xususiyatlari, uning maxsus elektron texnikaga asoslanishi, ovozni magnit
tasmalariga yozib olish va efirga uzatish bilan ish ko‘rishi, radio
faoliyatida publitsistika (so‘z), texnika (yozib olish) va uzatishda notiqlik
san’ati, musiqadan foydalanishning umumiy birlashmasidan iborat b o ig an
jam oa mehnati qo‘llanilishini taqozo etadi. Bu hoi uning janrlarida ham
o‘z ifodasini topadi. Radioning janrlari jurnalistika (publitsistika) janrlari
bilan radioning xususiyatlari qo‘shilmasidan kelib chiqadi. Avvalo shuni
aytish kerakki, publitsistika radio faoliyatida radiopublitsistikaga aylanadi.
Y a’ni, matnga ovoz ham qo‘shilib publitsistikaning ta’siri yanada ortadi.
Radioda ham publitsistikaning har uch qismi - xabardor qilish, tahliliy
va badiiy publitsistika o ‘z ifodasini topadi, Y a’ni, jumalistikada
qo‘llaniladigan xabar, reportaj, lavha va boshqa barcha axboriy janrlar
hamda suhbat, sharh kabi tahliliy janrlar ham radioda keng qoilaniladi.
(Faqatgina tahliliy janrlaming eng asosiysi bo im ish maqola radioda «radio
chiqish» deb nomlanadi). Badiiy publitsistikaga xos bo‘lgan ocherk,
feleton, pamflet kabi yirik janrlar ham radioda keng qoilanilishi mumkin.
Umuman olganda jurnalistikaning barcha janrlari radio faoliyatida bemalol
ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari radio, adabiyot va teatr san’ati bilan
yaqindan
hamkorlik
qilishi
boisidan
radiohikoya,
radiopyesa,
radioinssenirovka kabi janrlardan ham foydalanadi. Radioda musiqa
san’aU keng o‘rin olishi boisidan radiokompozitsiya (matn va musiqaning
o ‘zaro qo‘shilishi), radiokonsert kabi eshittirishlar ham beriladi. Radiodagi
75
bu xilma-xil san’atlar jamlamasida so‘z, publitsistika asosiy o ‘rinni
egallaydi,
illo radio birinchi navbatda jumalistikaning texnikaga
asoslangan ko ‘rinishi, ommaviy axborot vositalarining bir turidir.
Radioda ishlash jumalistikaning gazeta va jurnal kabi turlaridan ancha
farq qiladi. Radioda ishlovchi jurnalist xuddi gazeta va jurnallarda
ishlovchi jurnalistlardek ijod qilishi bilan birgalikda ovozni yozib olish va
uzatish texnikasidan, radioning boshqa o ‘ziga xos xususiyatlaridan yaxshi
xabardor bo ‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |