M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


(masalan, “0 ‘zbekiston adabiyoti va s a n ’ati''



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(masalan, “0 ‘zbekiston adabiyoti va s a n ’ati''
gazetasi).
54


Ixtisoslashgan gazetalar jam iyat hayotining ayrim tomonlarini 
kengroq 
yoritib, 
umumsiyosiy 
gazetalarni 
to‘ldirib 
keladilar. 
Ixtisoslashgan gazetalar odatda markaziy gazetalar hisoblanadi, faqat, 
ayrim viloyatlardagina bunday maxsus gazetalar chiqarilishi mumkin.
3. 
Tarmoq gazetalari - jamiyat hayoti, mamlakat iqtisodiyoti yoki 
tashkiliy tuzilmalarining ayrim tarmogMni kengroq yoritish uchun nashr 
etiladi. Bunday gazetalar, odatda biron-bir soha b o‘yicha vazirlik yoki shu 
maqomdagi tashkilot tomonidan chiqariladi. Bunga misol qilib respublika 
Aloqa vazirligi tomonidan chiqarilayotgan “Xabar”, Ichki ishlar 
vazirligining - “Postda”, Temir yoTlar idorasiga qarashli “Temir y o‘lchi” 
gazetalarini ko‘rsatish mumkin. Bunday gazetalar asosan, shu sohada 
ishlovchi kishilar uchun, ayrimlari esa keng o ‘quvchilar ommasi uchun 
(masalan “Postda”) moTjallangan bo‘ladi. Ayrim tuman va korxonalarda 
chiqariladigan umumsiyosiy gazetalar (masalan, asosan chorvachilik bilan 
shug‘ullanuvchi biror tuman gazetasi, oliy o ‘quv yurtlari yoki yirik sanoat 
korxonalarida chiqadigan ko‘p nusxali gazetalar) m a’lum m a’noda tarmoq 
gazetalariga yaqin turadilar. Tarmoq gazetalari ham jam iyat ijtimoiy- 
siyosiy hayotini umumlashtirgan holda o ‘z tarmog‘i hayotini keng va 
chuqur yoritib, gazetaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Gazetalar har bir mamlakatning m a’muriy-hududiy bo‘linishi nuqtai 
nazaridan ham turli xil bo‘ladi:
1. Markaziy gazetalar;
2. Viloyat gazetalari;
3. Shahar gazetalari;
4. Tuman gazetalari;
5. Korxona, muassasa gazetalari;
6. Devoriy gazetalar.
M a’muriy — hududiy jihatdan boTinuvchi gazetalar jahon va o ‘sha 
davlat hayotidagi voqealardan eng muhimlarini yoritish bilan birlikda o ‘z 
hudvididagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotni keng va chuqur 
yoritadi. Shu tarzda gazetalar butun mamlakat hayotini ham sohalar, ham 
hududiy jihatdan, to ‘liq va mufassal yoritilishi, jumalistikaning «har 
taraflama, har yerda hozir va hamma narsadan xabardor» degan 
qoidasining to ‘la bajarilishiga erishadilar.
55


Gazetalarnmg hududlarda chiqarilishi AQSh, Angliya, Germamya va 
boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham keng uchraydi. Jumladan, 
mamlakatning yirik gazetalaridan biri bo‘lmish «Baltimor san» (“Baltimor 
quyoshi”) gazetasi AQSh ning Baltimor shahrida, «Denver post» (“Denver 
pochtasi”) gazetasi Denver shahrida, «Los-Anjeles tayms» (“Los-Anjeles 
vaqti”) gazetasi Los-Anjelesda chiqadi. Shuningdek, mamlakatda «San- 
Fransisko kronikl» (“San-Fransisko xronikasi”), «Chikago tribyun» 
(“Chikago minbari”) gazetalari ham nomlari ko‘rsatilgan shaharlarda 
chiqadi. 
Angliyaning «Birmingem post» 
(“Birmingem pochtasi”), 
«Yorkshir post» (“Yorkshir pochtasi”) gazetalari ham Birmingem va 
Yorkshir shaharlarida nashr etiladi. Germaniyaning Gamburg, Myunxen, 
Bonn va boshqa yirik shaharlari ham o‘z gazetalariga ega. Bu holni 
Fransiya, Rossiya misolida ham ko‘rish mumkin. Turkiyanmg ham har bir 
viloyatida yirik umumsiyosiy gazetalar nashr etiladi. Respublikamiz ham 
rivojlangan gazetalar tarmogciga ega. 0 ‘zbekistonning har bir viloyati 
o ‘zining bir yoki bir necha gazetasiga ega. Respublikamizning barcha yirik 
shaharlarida, tumanlarda ham maxsus gazetalar chiqariladi. Shuningdek, 
bizda yirik korxonalar, oliy o ‘quv yurtlarida chiqariladigan ko‘p nusxali 
gazetalarning ham keng tarmog‘i faoliyat k o‘rsatib turibdi.
Korxonalar, ta ’lim muassasalari, oliy o ‘quv yurtlarida doimiy 
ravishda chiqib turadigan devoriy gazetalar ham gazetachilik tasnifining 
tarkibiy qismi bo‘lib, jurnalistikamizni to ‘ldirib, ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarini hamma joyda yoritish imkonini beradi.
Gazetalar yana kechki va kunduzgi gazetalarga ham bo‘lmadilar. 
Aksariyat umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq gazetalari kunduzi 
chiqadi. Shu bilan birgalikda dunyoning ko‘pgina yirik mamlakatlarida 
qator gazetalar kechqurun chiqadi. Bunga misol qilib, AQShda chiqadigan 
«Vashington ivning star» (“Vashingtonning kechki yulduzi”), Angliyaning 
«Ivning nyus» (“Kechki yangiliklar”), «Ivning standard» (“Kechki 
bayroq”), Germaniyaning «Gamburger abendblatt» (“Gamburg kechki 
varaqasi”), Fransiyaning «Fransuar» (“Kechki Fransiya”), Yaponiyaning 
«Asaxi 
ivning 
nyus» 
(“Quyosh 
chiqar 
mamlakatining 
kechki 
yangiliklari”), Turkiyaning «Aksham» kabi gazetalarini keltirish mumkin. 
Rossiyada «Известия» gazetasining kechki soni, «Вечерняя Москва»
56


gaze talari, Qozog‘istonda «Ogni Alatau» (“Olatog1 chiroqlari”) kabi 
kechki gazetalar chiqadi. Respublikamizda “Toshkent oqshomi” va 
«Вечерний Ташкент» kabi kechki gazetalar mavjud. Kechki gazetalar, 
asosan, yirik, poytaxt shaharlarida chiqariladi, bu uning tezlikda tarqalishi 
uchun muhimdir. Kechki gazetalar kunduzgilardan farqli ravishda, ijtimoiy 
hayot masalalarini umurnan yoritgan holda o‘quvchilarga eng yangi 
xabarlar, madaniy-ma’rifiy m a’lumotlami ko‘proq yetkazib beradi, dam 
oldiradi.
Gazetalar aholining yoshiga qarab ham tabaqalanadi va kattalar 
uchun, yoshlar uchun, bolalar uchun m o‘]jallab chiqariladi.
Gazetalar kundalik — haftada yetti marta, olti marta, besh marta, uch 
marta, ikki marta va bir marta chiqishi mumkin. Haftada bir marta 
chiquvchi gazetalar haftalik deb nomlanadi. Bunday gazetalarda turli 
axborotlar bilan bir qatorda sharhlar, tahliliy va madaniy-ma’rifiy 
materiallar kocproq o Lrin oladi. Odatda, ayrim gazetalar har haftada o ‘z 
ilovalarini chiqaradilar. Masalan, Rossiyadagi «Известия» gazetasining, 
«Неделя», “Toshkent oqshomi” gazetasining, “Toshkent haftaligi” va 
«Ташкентская неделя» kabi va boshqa ilovalari chiqariladi. Ayrim 
korxonalar, oliy o ‘quv yurtlarining ko ‘p nusxali gazetalari, devoriy 
gazetalar, oyda bir yoki ikki marta chiqishi mumkin.
Gazetalar ko‘p sahifali — 100 va undan ortiq, 16 — 40, 4— 16, 4 — 8 
va 2 sahifali b o‘lishi mumkin. Hajmi, bichimiga qarab ham gazetalar katta 
bichimli, kichik bichimli bo‘lishi mumkin. K o‘rinib turibdiki, ommaviy 
axborot vositalarining asosiy turi bo‘lgan gazetalar o ‘z navbatida turli 
xillarga va k o‘rinishlarga b o ‘linib ketadi. Bu — gazetaning ijtimoiy 
hayotni to ia , har taraflama yoritishga imkon beradi.
O cz milliy mustaqilligiga erishgan respublikamizda gazetachilik juda 
tez sur’atlar bilan rivojlanib, dunyodagi eng yirik mamlakatlar 
gazetachiligi mezonlariga yaqinlashib bormoqda. 0 ‘zbekistonimizda 
gazetachiligirmzning' yanada taraqqiy etishi, rang-baranglashuvi uchun 
barcha imkoniyatlar mavjud.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish