M uh am m ad yo qub o sto n a q u lo V budjet hisobi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/150
Sana30.05.2023
Hajmi3,76 Mb.
#945720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
Bog'liq
budjet hisobi

2.5. Um umdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy
budjetlarga ajratmalar hisobi
Davlat budjetiga kclib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan 
Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda 
mahalliy budjetlarga o ‘rnatilgan miqdorda ajratm a qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kclib tushgan kunlik soliq va 
boshqa to‘lovlar hisobidan Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog1 iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar 
tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz miqdorida amalga 
oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, mahalliy budjetga ajratmalar q o ‘l 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari 
hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog1 iston Respublikasi budjetiga 
va mahalliy budjetlarga ajratmalar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari 
memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog* iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga 
kunlik ajratmalar to‘g ‘risidagi vedomost moliya organlariga hamda 
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga 
beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qora- 
qalpog‘iston Respublikasi budjetiga va m ahalliy budjetlarga ajratmalar 
alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar b o ‘yicha, ularning shaxsiy 
hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga 
ajratmalar respublika budjeti hisobiga o'tkaziladi va bu budjetning 
xarajatlari ko‘rinishida ifodalanadi.
Mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
yuqori budjet tomonidan tasdiqlagan foizlar asosida ajratmalar qilinadi, 
moliya organiga bank muassasalari tomonidan tuziladigan ajratmalar
37


vedomosti beriladi. Bu vedomostga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligida qilingan ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 2 0 - « B u d j e t x a r a j a t l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 0 - « R c s p u b l i k a b u d je ti m a b la g M a ri d e p o z i t h is o b v a r a g ‘i» s u b ­
s c h y o t i.
Mahalliy budjetlam i ijro etuvchi moliya organlarida bu summalar 
daromadga olinadi va bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d j e t m a b la g M a ri d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Mahalliy budjet daromadlariga yi! mobaynida ortiqcha ajratmalar 
summalari tushganda, ular «Daromadlar» kitobida alohida qator bilan 
ajratiladi. Agar yil oxirida mahalliy budjetning «Mahalliy budjet 
mablagMari depozit hisobvarag‘i»da mablag‘ y o ‘qligi uchun respublika 
budjetiga qaytarilmagan, mahalliy budjetda umumdavlat soliqlari va 
daromadlaridan ortiqcha olingan ajratmalar qolsa, bu summalar moliya 
organi tomonidan hisobdan chiqarilishi kerak. Bu operatsiya uchun 
mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 2 - « V a q t i n c h a m a h a lliy b u d je t d a r o m a d l a r i g a o 't k a z i l g a n s u m m a la r »
s u b s c h y o t i .
Kelgusi yili m ahalliy budjetning «M ahalliy budjet mablagMari 
depozit hisobvaragM »dagi birinchi tushum laridan bank muassasasi 
mahalliy budjetni ortiqcha olgan ajratm alarini olib q o ‘yadi va 
respublika budjeti darom adlarini asliga keltirish uchun ulam i 
qaytaradi.
Mahalliy budjetlar daromadlari hisobvaragMga tushuvchi, umum­
davlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar hisobi, mahalliy sharoit- 
larga bogMiq holda o'm atiluvchi shakllar bo‘yicha hududiy moliya 
organlari tomonidan tizimsiz olib boriladi. Umumdavlat soliqlari va 
daromadlaridan ajratmalar bu shaklda har bir quyi budjet bo‘yicha 
hamda mazkur budjetning quyidagi ko'rsatkichlariga binoan: soliq yoki 
daromadning nomi; ajratma uchun o'm atilgan foiz; ajratilgan summa, 
hisobga olinadi. Shaklga yozuvlar bank muassasalaridan mahalliy
38


budjetlarga ajratmalar vedomosti olingandan keyin amalga oshiriladi. 
Yozuv qilinishidan oldin hududiy m oliya organining buxgalteriya 
xizmati, vedomostda ko‘rsatilgan ajratm alar summasini, tasdiqlangan 
budjet bo‘yicha o ‘matilgan foizlarga mos kelishini tekshiradi. H ar b ir 
oyning tugashi bilan mazkur shakl bo‘yicha oy uchun va yil boshidan 
buyon yakuniy jamlangan summalar hisoblab chiqiladi. Har bir budjet 
bo‘yicha umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar summ asi, 
har oyda quyi budjetlar ijrosi haqidagi oylik hisobotlar bilan taqqoslanib 
boriladi. Bundan tashqari, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
butun hududiy budjet bo‘yicha tushgan va qiiingan ajratmalar summ asi, 
bank muassasalarining oylik hisobotlari m a ’lumotlari bilan o ‘zaro 
solishtiriladi.
3 . M O L I Y A O R G A N L A R 1 D A B U D J E T N I N G
P U L M A B L A G ‘L A R I H I S O B I
Davlat budjetining pul mablag‘lari bank muassasalarida budjetning 
pul mablag'lari hisobvaraqlarida saqlanadi va moliya organlari tom o- 
nidan birinchi tartibli 01-«Pul mablag‘lari» birinchi tartibli subschyo- 
tida hisobga olinadi. Bu schyotning debeti b o ‘yicha budjetning pul 
mablag‘larining tushumlari qayd qilinsa, bu schyotning kreditida csa 
budjetning pul m ablag‘larini sarflanishi qayd qilinadi.
Birinchi tartibli 01-«Pul mablag‘lari» schyoti, quyidagi bir necha 
ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) ega:
010 - «Respublika budjeti 
mablag‘lari 
depozit 
hisobvarag‘i»
subschyoti;
011 - «Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag’i» subschyoti;
013 - « 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi kapital
qo‘yilm alar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish uchun 
budjet mablag'lari hisobvarag‘i» subschyoti;
014 - «Mahalliy budjetlaming budjet mablag'lari bo‘yicha budjet
mablag‘lari oluvchilaming depozit hisobvaraqlari» subschyoti;
015 - «Maqsadli sxemalar bo'yicha hisob-kitoblami olib borish
uchun moliya organining bankdagi maxsus hisobvarag'i» 
subschyoti.
39


R espublika b u d jetin in g bankdagi m ab la g ‘Iari hisobi
Respublika budjcti daromadlariga quyidagi mablag‘lar kirim 
qilinadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, y ig‘imlar, bojlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar;
2) davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlami joylashtirish, 
foydatanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi 
bo‘yicha davlat m ulkiga o ‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jism oniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan 
kclgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Bundan tashqari O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
23402 «Respublika budjeti mablag‘lari» dcpozit hisobvarag‘iga quyi­
dagi mablag‘lar kirim qilinishi mumkin:
1) 0 ‘zbckiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan 
qisqa muddatli kreditlar;
2) davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan 
mablag‘lar;
3) davlat maqsadli fondlaridan ajratilgan m ablag‘lar;
4) Moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar.
Respublika budjetiga Davlat budjetidan ajratma qilingan va boshqa
kelib tushgan m ablag‘lam i kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uchun Markaziy bank Toshkent 
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23402 «Respublika budjeti 
mablag‘ lari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi. Markaziy bankning 
hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida ochilgan 
23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjeti mablag'lari» asosiy 
depozit hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.
40


0 ‘zbekiston Respublikasi M oliyavazirligida010-«Respublikabudjeti 
mablagMari depozit hisobvaragM» subschyotida bank muassasalaridagi 
respublika budjetining m ablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotda 
operatsiyalar bir oyda bir marotaba 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining oylik hisobotlari va boshqa hujjatlar asosida, kapital 
qo‘yilmalami moliyalashtirishga o ‘tkazilgan mablagMar, qisqa muddatli 
budjet ssudalari va boshqa budjetlar bilan o‘zaro hisob-kitob b o ‘yicha 
summalaming o ‘tkazilishi va tushumi bo'yicha bir turli operatsiyalar 
bo'yieha jam i summalarda hisobga olinadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlam i moliyalashtirish 
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan toMovlar 
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan 
toMov topshiriqnomalariga asosan Markaziy bankning Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika 
budjeti mablagMari» depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida amalga 
oshiriladi.
Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan 
mablagMar, ulaming 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti 
hisobidan ajratilgan mablagMar» hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Xo‘jalik 
hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagMar 
hisobidan ish haqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ro'yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro‘yxati (shtatlar) 
jadvali o‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan muddatlarda 
beriladi. Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga 
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagMar» hisobvaraqlaridan 
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada ko‘rsatilgan 
maqsadlar bo‘yieha amalga oshiriladi.
Mahalliy budjet mablagMari hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan mahalliy budjet 
mablagMarining hisobini yuritish uchun QoraqalpogMston Respublikasi 
Moliya vazirligiga23432 «Mahalliy budjetm ablagM ari-Qoraqalpog'iston
41


Respublikasi», Toshkent shahar hamda viloyat moliya boshqarmalariga 
23430 «M ahalliy budjet mablag‘lari-V iloyat» va tuman (shahar) moliya 
organlariga 23426 «Mahalliy budjet mablag1 lari - Tuman/shahar» 
hisobvaraqlari ochiladi.
Qoraqaipog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjet hisobida, 
moliya yilining oxiriga qolgan m ablag‘laming qoldig4i yangi yil hisobiga 
qoldiq bo‘lib o ‘tkaziladi.
011-«MahaIliy budjet m ablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyo- 
tida Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va 
mahalliy budjetlam ing bank muassasalarida saqlanadigan pul m ablag‘lari 
hisobga olinadi. Har bir mahalliy budjet uchun bank muassasalarida 
alohida «M ahalliy budjet m ablag‘lari» depozit hisobvarag‘i ochiladi. 
Har kuni m ahalliy moliya organi, bank muassasalaridan mahalliy 
budjet m ablag‘lari hisobvarag‘idan ko‘chirma va tegishli hujjatlami 
oladi va ular asosida mahalliy m oliya organida 011-«Mahalliy budjet 
m ablag'lari depozit hisobvarag‘i» subschyotiga bu operatsiyalar bo‘yicha 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish