M uh am m ad yo qub o sto n a q u lo V budjet hisobi



Download 8,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/150
Sana10.03.2023
Hajmi8,3 Mb.
#917853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
7-Budjet-hisobi.-M.Ostonaqulov-2008-Darslik

D avlat budjeti daromadlarining tasnifi
deganda qonun hujjatlariga 
muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha 
guruhlashtirish tushuniladi. 
D avlat budjeti xarajatlarining vazifa
jihatidan tasnifi
deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan 
ijro etiladigan asosiy vazifalar b o ‘yicha davlat budjeti xarajatlarini 
guruhlashtirish tushuniladi. 
D avlat budjeti xarajatlarining tashkiliy
tasnifi
deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ularni bevosita 
oluvchilar o ‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va tadbirlar turlari b o ‘yicha davlat budjeti xarajatlarini 
guruhlashtirish tushuniladi. 
D avlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy
tasnifi
deganda toMovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha 
davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. 
Davlat budjeti
taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi
deganda Davlat budjeti 
taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va 
tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. 
Budjet taqchilligi
deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan 
ortiq bo ‘lganligi tushuniladi.
4 . 
D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G B U X G A L T E R I Y A
H I S O B I N I O L I B B O R I S H D A Q A T N A S H U V C H I O R G A N L A R
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud 
bo'lgan budjet tuzilmasi asosida amalgaoshiriladi. Mamlakatning davlat 
budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank 
m uassasalari va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
6


Mamlakatning davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy 
uslubiy rahbarlik 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuk- 
latilgan. Moliya organlarining budjet ijrosining buxgaltcriya hisobini 
olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi.
Mamlakat davlat budjctining kassa ijrosi bank muassasalariga 
yuklatilgan. Ular respublika budjetining kassa daromadlari va kassa 
xarajatlarini hamda mahalliy budjetlar mablag‘larining hisobini olib 
boradi, respublika budjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlam i tuzadi, 
respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib 
boradi.
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya 
hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami 
tuzadi.
Savol va to p s h iriq la r
1. «Budjet hisobi» fanining predm eti va usullarini aytib bering.
2. «Budjet hisobi» fanining obyektlari nimalardan iborat bo'ladi?
3. Budjetning hisoblangan darom adlarini tushuntirib bering.
4. Budjetning kassa darom adlarini tushuntirib bering.
5. Budjetning kassa xarajatlarini tushuntirib bering.
6. Budjetning haqiqiy xarajatlarini tushuntirib bering.
7. Davlat budjeti daromadlarining tasnifini tushuntirib bering.
8. Davlat budjeti xarajatlarining tasniflarini tushuntrib bering.
9. Davlat budjeti taqchilligini m oliyalashtirish manbalari tasnifini tushuntirib 
bering.
10. Budjet taqchilligi deganda nim a tushuniladi?
7


IK K IN C H I B O 'L IM 1
M OLIY A O R G A N L A R ID A DAVLAT BU D JETI 
IJR O SIN IN G BUXGALTERIYA H ISO B I
I K K I N C H I BO B.
M O L I Y A O R G A N L A R ID A D A V L A T B U D J E T I IJ R O S IN IN G
B U X G A L T E R IY A H IS O B IN I T A S H K IL Q IL IS H
1. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A M O L I Y A
O R G A N L A R I N I N G V A Z IF A L A R I
Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi 
haqida m a’lumotlar bilan ta’m inlash moliya organlari budjet hisobining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida budjet ijrosi 
jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. 
Bu m aqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, 
bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha 
ochilgan kreditlar va berilgan m ablag‘lar, budjetlar o ‘rtasidagi o‘zaro 
hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.
Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan 
um umdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar 
bo'yicha to ‘g ‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab 
budjet m ablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag‘!arining butligini 
ta ’minlaydi.
M oliya organlari budjet ijrosi to ‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik 
hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.
M oliya organlari o‘zlari 
ijro etayotgan budjetlar ijrosining 
buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.
0 ‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti 
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
1 U s h b u b o 'l i m « Q o r a q a lp o g 'is to n R e s p u b lik a si, v ilo y a tla r v a T o sh k e n t sh a h a r 
b u d je ti ijro s in in g b u x g a lte r iy a h is o b i b o 'y i c h a Y o 'riq n o m a » ( O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si 
A d liy a v a z ir lig id a 2 0 0 6 -y il 1 0 -a p re ld a 15 6 0 -s o n b ila n r o ‘y x a tg a o lin g a n ) a so sid a
y o r itilg a n .


Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, 
tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Moliya organlari muayyan m a ’muriy-hududiy birlikdagi barcha 
boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. M oliya 
organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va 
ularga tegishli k o ‘rsatmalar beradi.
Har bir moliya organi o ‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi 
to‘g ‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti 
ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi.
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha m oliya 
organlarining vazifalariga:
1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank m uas- 
sasalariga kelib tushgan darom adlam ing budjetlar o ‘rtasida to ‘g ‘ri 
taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari 
buxgalteriya hisobini yuritish;
3) budjet ijrosi bilan bogMiq boMgan turli operatsiyalar (budjetlar 
o‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va 
budjetlardan ssudalar olish b o ‘yicha operatsiyalar va boshqalar) 
buxgalteriya hisobini yuritish;
4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya 
hisobini yuritish;
5) o ‘ziari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlam i 
tuzish;
6) quyi moliya organlarida va budjet mablag‘larini tasarruf qiluv- 
chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va 
uslubi ustidan nazorat qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va m exaniza- 
tsiyalashtirish bo‘yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat 
qilish kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya 
vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa m oliya
9


organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan bux- 
galteriyaga yuklatilgan.
2 . M O L I Y A T I Z I M I B U X G A L T E R IY A
A P F A R A T I N I N G F U N K S IY A L A R I
Respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat 
budjeti ijrosi va hisobi boMimi yuritadi. Mahalliy budjctlar ijrosining 
buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya 
xizmatlari yuritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligini davlat budjeti ijrosining 
hisobi bo'yicha funksiyalari b o ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 
tashkil qilish va uning ijrosi to ‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy 
rahbarlikni amalga oshirish;
2) budjct ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g‘risida 
hisobotlar tuzish bo‘yicha m oliya organlari, budjet tashkilotlari va 
boshqalar uchun yo‘riqnom alar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab 
chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar 
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar 
shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va 
shakllarini belgilash;
4) respublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) respublika budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat
budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi boMimi mahalliy 
m oliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi 
ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar 
va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) 
o'zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va 
bu budjetlar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlar tuzish;
10


2) 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman budjeti 
ijrosi to‘g ‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va 
xarajatlarini, ulaming pul mablagMarini, fondlarini, ssudalami, budjetlar 
o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan 
olingan mablagMarni va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi ham da 
ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va 
hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.
Mahalliy moliya organlari respublika budjctini kassa ijrosining hisobi 
bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan 
bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy moliya organlari m ahalliy budjetlaming daromadlari va 
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
ijrosining buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt 
shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya b o ‘limlari 
tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy 
banki va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlatbudjeti kassa ijrosi b o ‘yichayo‘riqnoma»sigamuvofiq 
amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, 
viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi ham da bu 
budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi 
budjet m ablag‘larining qoldig‘i to‘g ‘risidagi m a’lumotni « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da 
belgilangan tartibda va muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank 
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan 
kapital q o ‘yilmalami moliyalashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank 
muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala b o ‘yieha 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining amaldagi m e’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga
11


oshiriladi. 0 ‘zbckiston Respublikasi tijorat banklari va O ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital 
q o ‘yilmalami moliyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni 
belgilangan tartibda va muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim 
etadi.
3 . M O L I Y A O R G A N L A R I B O S H B U X G A L T E R L A R I N I N G
H U Q U Q L A R I V A M A S ’U L IY A T L A R I
Moliya organlarining bosh buxgalterlari o ‘z ishlarida O ‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi 
m e’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya 
boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh 
buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet m ablag‘larini bosh 
tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgal- 
teriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish 
masalalari bo‘yicha ko‘rsatm alar beradi va nazorat olib boradi, tegishli 
budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish 
qilishda xodimlar qatnashuvini ta’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya 
xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smctalarining hisobi va hisoboti 
tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va k o ‘zdan kechirish, 
topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan 
davriy va yillik hisobotlami k o ‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan 
bosh buxgalterga (oxirgi shaxs b o ‘lm aganda-m oliya organi rahbarining 
buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining 
y ig ‘majildlari topshiriladi.
Hududiy moliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori 
m oliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar 
Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida 
bosh buxgalter tomonidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu 
moliya organining rahbari ishtirokida, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12


Buxgalteriya 
hujjatlarini 
qabul 
qilish-topshirish 
jarayonida 
buxgalteriya hisobining holati va hisobot m a’lumotlarining realligi 
tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli 

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish