M uh am m ad yo qub o sto n a q u lo V budjet hisobi



Download 8,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/150
Sana10.03.2023
Hajmi8,3 Mb.
#917853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150
Bog'liq
7-Budjet-hisobi.-M.Ostonaqulov-2008-Darslik

2 .1. B u d jet daromadlari hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to ‘g ‘risida»gi qonuniga 
muvofiq davlat budjeti daromadlari shakllantiriladi.
0 ‘zbekiston Rcspublikasi hududida quyidagi soliq va to‘lovlar amal 
qiladi:
1) umumdavlat soliqlari;
2) mahalliy soliqlar va y ig ‘imlar.
2 8


Umumdavlat soliqlari tcgishli budjctlar o ‘rtasida har yili budjet 
to‘g ‘risidagi qonunda belgilanadigan m c’yor b o kyicha taqsimlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘im lar 
0 ‘zbckiston Respublikasining Soliq kodcksi, 0 ‘zbckiston Rcspub- 
likasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Davlat budjctiga kelib tushgan um umdavlat soliqlari, yig‘imlari, 
bojlari va boshqa majburiy to io v lar 0 ‘zbckiston Respublikasi banklari 
tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Rcspublika 
budjcti mablag‘lari» hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Davlat budjctining 23402 «Respublika budjeti mablag‘lari» hisob- 
varag‘iga kclib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan belgilangan 
tartibda va miqdorda Respublika budjctiga, Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi budjctiga va mahalliy budjctlarga ajratm a qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kclib tushgan mablagMaming 
kirim qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko‘chirma va ilovalar banklar 
tomonidan o‘matilgan tartibda soliq organlariga bcriladi.
Jarima solish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan yuridik va 
jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul 
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarim a summalari qonunchilikda 
belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shart- 
nomaga asosan tcgishli hisobvaraqlarga o ‘tkazib bcriladi. Bunda Davlat 
budjetiga o ‘tkaziladigan jarima summalari Davlat budjeti darom adlar 
tasnifining «Yig‘imlar va boshqa soliq boMmagan daromadlar» b o ‘li- 
midagi tcgishli shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Davlat budjctiga tushuvchi daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli 
schyotlari bo‘lgan, 04 passiv birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi:
040 - «Budjet daromadlari» subschyoti;
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
042 - «Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o‘tkazilgan sum-
malar» subschyoti;
043 - «Mahalliy budjetga yuqori budjetning prognoz qilingan ko ‘r-
satkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan 
daromadlar» subschyoti;
29


045 - «Maqsadli sxemalar bo‘yicha m ablag‘lar tushumi» sub- 
schyoti.
040-«Budjet daromadlari» subschyotida Qoraqalpog‘iston Respub- 
likasi va mahalliy budjetlarning bank muassasalaridagi hisobvaraqlariga 
kelib tushgan ulam ing barcha daromadlari va vaqtincha mahalliy budjet 
daromadlariga o ‘tkazilgan summalar hamda budjet daromadlariga 
ortiqcha kelib tushgan summalami qaytarishga doir opcratsiyalar hisobga 
olinadi. Bundan tashqari, daromadlarda maqsadli moliyalashtirish 
shakllari bo‘yicha kelib tushgan daromadlar va amaldagi qonunlarga 
muvofiq kelib tushgan boshqa tushumlar aks ettiriladi. Mahalliy budjet 
daromadlari hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati budjet 
tasnifining barcha bo4im lari b o ‘yicha olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
muassasalarining ulam ing bajarilganligi haqidagi belgisi bo‘lgan to'lov 
hujjatlarining nusxalari, mahalliy moliya organilariga yuboriiadigan 
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlar ajratmalar 
vedomosti mahalliy budjet hisobvarag‘idan ko'chirm alar bilan birga 
hamda tijorat banklari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
muassasalarining hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
shakllar va boshqalar budjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd 
qilish uchun xizmat qiladi.
0 ‘zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko4chirma olin- 
gandan so‘ng m oliya organining buxgalteriya xizmati ko‘chirmaga 
ilova qilingan hujjatlam i sinchiklab tekshirib chiqishi kerak. Mazkur 
budjet bo‘yicha tushgan summalami o ‘tkazilishi to‘g ‘riligini aniqlash 
va tushgan summaning budjet tasnifining qaysi b o ‘linmasiga kiritilishini 
aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari bo‘yicha 
guruhlanadi va budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy 
summalari avval bir kunda mahalliy budjet mablag‘larining asosiy 
hisobvarag‘iga tushgan daromadlar to‘g ‘risidagi m a’lumotnomaga, 
so‘ngra «Daromadlar» kitobiga (5-shakl) yoziladi. Davlat soliq 
organining hisob b o ‘limiga ko‘chirmaga ilova qilingan hujjatlami 
berish daromadlar to‘g ‘risidagi m a’lumotnomaga ulaming m a’lumotlari 
yozilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
30


Daromadlar to ‘g‘risidagi m a’lumotnoma tuzilgunga qadar ham da 
ushbu hujjatni olganligi to‘g‘risida Davlat soliq organining hisob 
bo‘yicha xodimining imzosisiz ilovalami bcrish qat’iy man ctiladi. 
Oyning oxirgi kuni bo‘yicha to‘lov hujjatlari soliq organiga ulami bank 
muassasasidan olingan kuniyoq beriladi. M azkur budjct darom adlariga 
tushgan summalarga taalluqligiga yctarli asoslar bo‘lmaganda yoki 
tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi bo'linm asiga o ‘tkazilishini 
aniqlashning imkoni boim asa, bu summ aiar aniqlanmagan tushum lar 
subschyotiga yoziladi.
0 ‘zbekiston Rcspublikasi Moliya vazirligida bank muassasalarining 
oylik hisobotiga muvofiq rcspublika budjctiga kclib tushgan darom adlar 
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 0 - « R e s p u b l i k a b u d je ti 
m a b l a g 'I a r i d c p o z i l h i s o b v a r a g ‘ i»
s u b -
s c h y o li;
K r c d il 0 4 0 - « B u d je t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o t i .
Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi M oliya vazirligi va mahalliy m o­
liya organlarida, bank muassasalari k o ‘chinnalari asosida mahalliy 
budjetlarga tushgan daromadlar summ asiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l iy b u d je t m a b la g M a ri d e p o z i t h is o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o t i ;
K re d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o t i .
Budjetda to ‘tovlarni hisobga olish va ulami qaytarish tartibi 
O ‘zbekiston Rcspublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadi. 
Yuridik va jism oniy shaxslam ing budjetga ortiqcha to ‘langan 
summ alarining qaytarilishi bo‘yicha yozgan arizalari soliq organiga 
kelib tushadi. Soliq organi to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi 
m a’lumotlar asosida ko‘rsatilgan to ‘lov b o ‘yicha to ‘lovchida ortiqcha 
toMangan summ aning mavjudligi to ‘g ‘risida xulosa beradi va 
ko‘rsatilgan summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to ‘lo v lar 
hisobiga o ‘tkazish to ‘g ‘risida qaror qabul qilish uchun to ‘lovchining 
arizasi bilan birga moliya organiga yuboriladi. Soliq o rganida 
shaxsiy hisobvaraq yuritilmaydigan to ‘lovlar va soliqlar b o ‘y ic h a
xulosa m oliya organi tomonidan, shaxsiy hisobvaraq yuritilm aydigan 
to io v la r va soliqlam i to‘lovchi tom onidan to‘lab q o ‘yi!ganligini 
tasdiqlovchi to ‘lov hujjatlari asosida beriladi.
31


Moliya organi ortiqcha tushgan daromadlami toMovchilarga qayta- 
rilishini amalga oshiradi. Moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlangan 
amaldagi tartibga muvofiq qaytarish yoki bcvosita moliya organi tasarrufida 
bo‘lgan daromadlar bo‘yicha summalami hisobga olish bo‘yicha 
xulosalami ijro etish uchun moliya organi bosh buxgaltcriga beriladi. 
Budjct daromadlariga ortiqcha o‘tkazilgan summalaming qaytariiishi 
uchun toMov topshiriqnomasini, moliya organining buxgaltcriya 
xizmati hujjatlami to‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini tckshirganidan so‘ng 
tayyorlaydi. Fuqarolaming soliqlar va yig‘imlarga o ‘tkazgan ortiqcha 
summalarini qaytarish O ‘zbckiston Rcspublikasi bank muassasalarida bu 
fuqarolar tomonidan maxsus ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga ortiqcha 
to‘langan summalami o ‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati daromadlaming qaytariiishi 
haqidagi xulosani 3 nusxada oladi. Xulosalar ulaming kclish tartibiga 
qarab raqamlanadi. Tcgishli mahalliy budjct daromadlaridan qaytariiishi 
haqidagi xulosaning birinchi nusxasi moliya organining buxgaltcriya 
xizmatida qoladi va mcmorial-ordcrga ilova qilinadi. Xulosaning ikkinchi 
nusxasi, toMov topshiriqnomalari bilan 0 ‘zbekiston Rcspublikasi 
bank muassasalariga beriladi. Xulosaning uchinchi nusxasi toMov 
topshiriqnomasining raqami, sanasi va summasini ko‘rsatilgan holda, 
to‘lovchilami shaxsiy hisobvaraqlariga yozish va o ‘matilgan tartibda 
saqlash uchun ulami bergan soliq organlariga qaytariladi.
Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi Moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida, mahalliy budjct daromadlariga ortiqcha tushgan 
va mahalliy moliya organlari tomonidan to‘lovchilarga qaytarilgan 
summalarga, quyidagi buxgaltcriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j c t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 1 - « M a h a l l iy b u d j e t m a b la g M a ri d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti.
Daromadlami qaytarish budjct daromadlari tasnifining hisobga 
o ‘tkazilgan bo‘linmasi b o ‘yicha, agar m c’yoriy hujjatlar bilan boshqa 
tartib nazarda tutilmagan b o ‘!sa, amalga oshiriladi. 0 ‘tgan yili ortiqcha 
tushgan va bekor qilinishi natijasida joriy yilda tushishi ko‘zda 
tutilmagan hamda boqimanda hosil boMishi va to‘lovchilarda mablag4 
yo‘qligi natijasida joriy yilda kelib tushmagan summalar bo‘yicha 
budjctga to'lovlar, 0 ‘zbckiston Respublikasi Davlat budjeti tasnifining
32


12-«Yig‘imlar va har xil nosoliq daromadlar» b o ‘lim ining 25-«Boshqa 
tushumlar» paragrafi b o ‘yicha qaytariladi.
Moliya organi buxgaltcriya xizmati toMovlaming har bir turi 
bo‘yicha tugagan oyda tushgan va qaytarilgan darom adlar haqidagi 
m a’lumotlami har oy tegishli soliq organlari bilan solishtirib boradi. 
Tushgan va qaytarilgan to‘lovlar haqidagi m a’lumotlam i solishtirishda 
aniqlangan tafovutlar bartaraf etiladi. Moliya organlari tomonidan 
hisobga olinadigan davlat soliqlari va daromadlaridan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetlarga ajratiladigan 
summalar, 0 ‘zbekiston Respublikasi bank m uassasalarining tegishli 
m a’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bank muassasalarining 
davlat soliqlari va daromadlarini budjetlar o ‘rtasida taqsimlayotganda 
yo‘l qo‘ygan xatolari aniqlansa, u holda m oliya organi uni to‘g‘rilash 
bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va m ahalliy budjetlami ijro 
etuvchi moliya organlari, budjetga toTovlar o ‘tkazilishini bajarganligi 
bo ‘yicha bank hujjatlarining nusxasi asosida darom adlarning kundalik 
hisobini olib boradilar. T o‘lovlar pochtali o‘tkazm alar va to ‘lovchilaming 
bevosita to‘lovlari shaklida kelishi ham mumkin.
043-«Budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan ko‘rsat- 
kichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan daromadlar» 
subschyotida mahalliy budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan 
ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan mablag‘lar 
hisobga olib boriladi.
045-«Maqsadli sxemalar bo‘yicha mablag‘lar tushum i» subschyotida 
maqsadli sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblami am alga oshirish uchun 
kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi. 045-«M aqsadli sxemalar 
b o ‘yicha mablag‘lar tushumi» subschyotining kreditiga maqsadli 
sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun kelib tushgan 
pul mablag‘lari summalari olib boriladi, 045-«M aqsadli sxemalar 
bo‘yicha mablagMar tushumi» subschyotining debetiga esa moliya 
yilining oxirida yakuniy aylanmalar sifatida 025-«M aqsadli sxemalar 
bo‘yicha mablagMarning sarflanishi» subschyotining kreditidan hisobdan 
chiqarilgan mablagMar summalari qayd qilinadi.

-

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish