D avlat budjetining h aq iq iy x a ra ja tla ri. Budjet m ablag‘lari
hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan
yoki
haqiqatda qilingan, ammo hali to ‘lanmagan xarajatlar davlat
bud jetinin g haqiqiy x a ra ja tla ri deb ataladi. Budjetning haqiqiy
xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar
hisobi faqat bu xarajatlarning paydo b o ‘lish joylaridagina, y a ’ni budjet
tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib boriladi.
Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi m a’lumotlami bank
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi m a’lumotlami
esa budjet
tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet
ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet
ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
3 . B U D J E T T A S N I F I N I N G A N A L I T I K
H I S O B D A G I A H A M I Y A T I
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat
budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet
tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish,
qabul
qilish hamda ijro etish maqsadida budjet m a’lumotlarini bir tizim ga solish
uchun foydalanish va u budjet m a ’Iumotlari xalqaro tasn if tizimlarining
aynan shunday m a’Iumotlari bilan qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida
davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash
hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlam i bir yagona davlat budjetiga
jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy fimksiyani amalga
oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u
katta iqtisodiy ahamiyatga
ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil
alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi.
Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi boMinmalari
hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida
5
shakllantiriladi
va ijro etiladi, y a ’ni tasnif obyektlariga berilgan
guruhlashtirish kodlari b o ‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
B u d j e t ta sn ifi:
1) budjet daromadlari;
2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) budjet xarajatlarining tashkiliy;
4) budjet
xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini
o ‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: