M u t a X a s s I s L i k k a k I r I s h



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/144
Sana14.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#447581
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144
Bog'liq
OQUV-USLUBIY MAJMUA PDF

Boshlang‟ich ta‟lim 
Boshlang‟ich ta‟lim yo‟nalishi – bo‟lajak boshlang‟ich sinf o‟qituvchisini 
tayyorlaydigan, jamiyatda o‟z o‟rniga ega bo‟ladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar 
tayyorlaydigan yo‟nalish bo‟lib, O‟zbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 
1-4 sinfgacha o‟qitish uchun mo‟ljallangan ta‟lim jarayoniga tayyorlaydigan soha 
bo‟lib, bo‟lajak boshlang‟ich sinf o‟qituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni 
jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida o‟qitishga hamda axborot 
texnologiyalar va xorijiy tillarni o‟zlashtirishga qaratilgan.
Ta'lim jarayoni murakkab hamda ko‟p qirralidir. Unda o‟qituvchi va o‟quvchilar 
faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffiqiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining 
qonun-qoidalari, ya'ni ta'limga qo‟yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga 
bog‟liq. 
O‟qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi, sifatida insonning tevarak atrofidagi 
dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo‟ladi. Shu sababli shaxsni o‟qitish, 
tarbiyalash, barkamol avlod qilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda oshirish zarur. 
O‟qituvchi qachonki ta'lim tamoyillarini yaxshi o‟zlashtirgan bo‟lgandagina uni samarali 
boshqarish, o‟qitishning samarali usullarini to‟g‟ri tanlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Shuning 
uchun o‟qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy 
jihatdan to‟g‟ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
Ta'lim tamoyillari o‟quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. 
Ular bir biri bilan o‟zaro mustahkam bog‟liq holda bir sistemani tashkil yetadi va har bir darsda 
didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok yetishi mumkin. Ular ta'lim oldida turgan asosiy 
maqsadlarni hal etishga o‟z xissasini qo‟shadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi 


11 
jarayonda o‟quvchi talabalarning mustaqil bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan 
insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim 
muammolardan biridir. 
O‟quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‟lishi fan texnika yutuq va 
kashfiyotlarini o‟zida ifoda etish lozim. Shunday ekan, o‟qituvchi ilm fandagi 
yangiliklardan xabardor bo‟lishi lozim, o‟quv fanlari ham ilm fan asosida yaratiladi. 
O‟qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o‟quvchi talabalarni hozirgi zamon fan 
texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy 
tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan. 
Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan 
bilish, ilm fan bilan o‟quv predmeti o‟rtasida hamkorlik o‟zaro bog‟liqlik bo‟lishiga 
erishish lozim. Ta'limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim. 
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‟lab olib borish 
ta'limning yetakchi qoidalaridan biri hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng 
awalo nazariya bilan amaliyotning o‟zaro bog‟liqliligiga asoslanadi. Shundagina o‟quvchi-
talaba o‟rganayotgan o‟quv materialining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda 
ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‟qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning faol ishtirok 
etishlariga erishmoq lozim. Talaba faol ishtirok etsa bilimlarini ongli tushunib o‟zlashtirishga 
olib keladi. 
Ta'limdagi onglilik va faollik, talabadan ko‟tarinki kayfiyat, ko‟proq bilimga intilish, 
mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‟zlashtirish o‟qitish 
jarayoning psixologik tomonlarida o‟z ifodasini topadi. 
O‟qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat'iy ifoda etilsa, talabaning fikr yuritishi 
ham shunchalik aniq va ravshan bo‟ladi va o‟quv materiallarini ongli o‟zlashtirish darajasi 
ham oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr 
yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni 
o‟zlashtirishning jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‟qituvchi-talabaning 
mashg‟ulotlarga munosabati va bu jarayonda o‟zini qanday tutishiga e'tibor bermog‟i lozim. 
Yoshlardagi o‟qish istagi ta'lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, 
ta'limning samaradorligi o‟qutuvchini talabalarni o‟qishga izchil va muntazam qiziqtirib 
borishga bog‟liqdir. Buning uchun, o‟qutuvchi, ularni ijodiy munosabatda bo‟lishga, 
mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirish lozim. 
Ta'lim jarayoni, uning mazmuni unda ko‟tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga 
ijobiy ta'sir ko‟rsatadi. Shu sababli ta'lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir. 
Talaba ilmiy bilimlarni o‟zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va ahloqiy 
sifatlari, imon-e'tiqodi va qobilyati ham o‟sib rivojlanib boradi. Ta'limning tarbiyaviy 
imkoniyatlaridan foydalanishda o‟qituvchi awalo ta'limni uslubiy jihatdan to‟g‟ri tashkil 
etishga, o‟quv materialining mazmuni bilan bog‟liq tarbiyaviy maqsadni aniq belgilashga 
va bilim olishga qiziqtira olishga bog‟liqdir. Shu bilan birga, o‟qituvchining talabalar 
oldidagi obro‟-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish