Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishi mazmunini
yoritishda juda ko‘p boshqaruv sohasiga oib manbalarga murojaat qilindi. San’at
muassaslari ijodiy jamoasini boshqarishga oid manbalar ko‘p emas. Umumiy
boshqaruv, san’at menejmenti, madaniyat va san’at muassaslarini boshqarish asoslari,
liderlik faoliyat haqidagi mavzularni o‘rganishi bilan bir qatorda Amir Temurning,
xorij olimlarining shu sohaga, ya’ni, boshqaruv, liderlikka oid fikr-mulohazalari
o‘rganildi, tahlil qilindi.
Undan tashqari, Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyevning mazkur
sohalarni takomillashtirishga qaratilgan Qaror, farmon, meyoriy xujjatlar, ma’ruzalari
hamda Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlari o‘rganildi,
tahlil qilindi. Jumladan, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyatini
belgilashda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son)
Farmoni”,“Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2017 yil
31 may, PQ -3022–sonli”) Qarori”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” gi (2017 yil
28 iyul, PQ-3160-sonli) Qarori”, va boshqa xujjatlarga murojaat qilindi. Shuningdek,
madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga, takomillashtirishga oid meyoriy
xujjatlar bilan tanishib chiqildi va hayotga tatbiq qilish borasida fikr-mulohazalar
bildirildi.
Bugun mustaqil O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayoti tubdan
o‘zgarayotgan bugungi kunda insonlarda yangicha fikrlash yuzaga kelmokda. Har bir
fuqaro bozor iktisodiyoti qonunlarini nazariy va amaliy jihatlarini egallashi lozim.
Buning uchun esa iqtisodiy bilimlarni muhim tarkibiy qismi bulgan
menejment asoslarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Menejment – (inglizcha –
boshqarish, mudirlik, tashkil etish) zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish, ya’ni
rejalash, tartibga solish, nazorat kilish, shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik
qilish, uni tashkil etish, demakdir.
Mazkur tadqiqotda menejmenlikka oid bir qancha adabiyotlar bilan ham
tanishib chiqildi, chunki, bu soha o‘zining nazariyasi va uslubiga ega bo‘lib, u xo‘jalik
yuritishning barcha bo‘g‘inlarida boshqarishni tashkil etish mantiqi, shakllari,
uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iboratdir.
Aynan liderlik masalasini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda olimlarimiz
tomonidan yaratilgan manbalar ham e’tiborga loyiqdir. M.Bekmurodovning “O‘zbek
mentaliteti”, "Liderlik va tashkilot madaniyati”, I.Maxmudovning “Boshqaruv
psixologiyasi”,
N.Komilovning “Komil inson to‘g‘risida to‘rt risola”,
Sh.Razzoqovning “Rahbarlik san'ati” kabi manbalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |