M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi
tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining 
yig‘majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini
118


ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya 
hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida hisobning 
boshlang‘ich hujjatlarining, hisobotlarning va, birinchi navbatda, moddiy 
zaxiralar va pul mablag‘lari hisoblarining holatini k o ‘rsatish hamda 
hisobni tashkil qilish va moliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur 
chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli bo‘ladigan m a’lumotlarni 
yig‘ishdir. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini bosh buxgalterlar 
(qabul qiluvchi va topshiruvchilar) tomonidan qabul qilish-topshirish 
budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 
Buyruqda buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish- 
topshirish muddatlari ko‘rsatiladi.
B uxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini topshirishda yuqo- 
ri tashkilotning bosh buxgalterining vakili qatnashishi kerak. 
Ammo, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili kelm asa ham 
buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini qabul qilish va topshirish 
to ‘xtatilmaydi. Agar avvalgi bosh buxgalter vafot etganligi yoki 
boshqa buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini topshirishda 
qatnashishi mumkin bo'lm agan sabablar bilan lavozim idan ozod 
qilingan bo'lsa, u holda yangi tayinlangan bosh buxgalter va 
yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tom onidan buxgalteriya 
hujjatlarining y ig ‘majildlarini har vaqtdagi kabi tartibda odatdagi 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish 
oldidan kassaning holati tekshiriladi. Kassani tekshirish dalolatnomasi 
buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan tomonidan 
va qabul qilib oluvchi tomonidan hamda yuqori tashkilot bosh 
buxgalterining vakili tomonidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlarining 
yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. 
Kassani tekshirish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng buxgalteriya 
hujjatlariningyig‘majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriya 
xizmatiga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o ‘zida yangi 
tayinlangan bosh buxgalteming to ‘lov topshiriqlariga, cheklarga va 
boshqa bank hujjatlariga imzo chekish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu 
imzo chekish huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga


avvalgi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida 
imzo chekaveradi.
Bundan buyon buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul 
qilayotgan 
bosh buxgalter buxgalteriya hisobi 
va hisobotining 
holatini tekshirish bilan birga buxgalteriya xizmatining joriy ishiga 
rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish 
buxgalteriya xizmati tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida 
amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana 
holatiga buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish amalga 
oshirilganligi ko ‘rsatilgan bo ‘lishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarining 
yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish jarayonida moddiy zaxiralar 
va pul m ablag‘lari hisobi, balansning hisob-kitob moddalarini hamda 
budjet tashkilotining hisobotining holati tekshiriladi.
Buxgalteriya hisobining va hisobotining holati tekshirilgandan 
so‘ng qabul qiluvchi va topshiruvchi, hamda yuqori tashkilot bosh 
buxgalterining vakili tomonidan imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari 
yig‘majildlarining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan 
b o ‘lishi kerak, ammo buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul 
qilish-topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi kerak emas. 
Agar buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish jarayonida 
suiste’mol qilish hollari aniqlanilsa, u holda buxgalteriya hujjatlarining 
yig‘majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs yuqori tashkilotdan hujjatli 
taftish tayinlashni talab qilish huquqiga ega b o ‘ladi. Ammo, bu 
buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirishni 
to‘xtatishga sabab b o ‘lishi mumkin emas.
Topshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining biror- 
bir joylariga rozi b o ‘lmagan hollarda, u qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasiga imzo ehekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga 
haqlidir, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili esa mazkur norozilik 
hollariga o ‘zining yozma xulosasini berishi kerak. Qabul qilish- 
topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi 
budjet tashkilotining rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi 
nusxasi yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga yuboriladi, uchinchi


nusxasi esa buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan 
shaxsga beriladi.
Buxgalteriya xizmatida ishlovchi har bir xodim o ‘zining vazifa va 
m as’uliyatlarini aniq bilishi va ulam ing bajarilishiga javobgar ekanligini 
his qilishi uchun bosh buxgalter buxgalteriya xizmatining barcha 
xodimlari uchun vazifa va m as’uliyatlarni belgilaydi.
Bosh buxgalter tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan hamma 
xo'jalik operatsiyalarining nazoratini va buxgalteriya hisobi schyotlarida 
qayd qilinishini, tezkor axborotlar taqdim qilishni va belgilangan 
muddatlarda buxgalteriya 
hisobotini 
tuzishni 
ta ’minlaydi. 
Bosh 
buxgalter tashkilot rahbari bilan birgalikda moddiy qiymatliklami va pul 
mablag'larini qabul qilish va berish hamda hisob-kitob va moliyaviy 
majburiyatlari va xo‘jalik shartnomalari uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladigan hujjatlarga imzo chekadi. Bu hujjatlar bosh buxgalteming 
imzosisiz haqiqiy emas, deb hisoblanadi va ijro uchun qabul qilinmaydi. 
Imzo chekish huquqi bunga vakil qilingan shaxslarga budjet tashkiloti 
rahbarining yozma farmoyishi bilan berilishi mumkin.
Bosh buxgalteming buxgalteriya xizmati uchun talab qilinadigan 
hujjatlami va m a’lumotlami rasmiylashtirishga va buxgalteriya xiz- 
matiga topshirishga doir talablari budjet tashkilotining barcha xodimlari 
uchun majburiy hisoblanadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteriga 
shartnoma va moliyaviy tartibga to‘g ‘ri kelmaydigan operatsiyalar 
bo ‘yicha hujjatlami ijroga va rasmiylashtirishga olish man etiladi. Bunday 
hujjatlar haqida bosh buxgalter budjet tashkilot rahbariga yozma axborot 
beradi. Budjet tashkiloti rahbaridan yuqorida ko ‘rsatilgan hujjatlami 
hisobga qabul qilishga yozma farmoyish yoki hujjatga ikkinchi marotaba 
imzo olganda bosh buxgalter uni ijro etadi. Bundan so‘ng qonunga zid 
bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun budjet tashkilotining 
rahbari javob beradi.
Moddiy javobgar shaxs(kassir, ombor mudiri va boshqa)laming 
tayinlanishi, almashtirilishi va bo'shatilishi budjet tashkilotining bosh 
buxgalteri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


3. B U D J E T T A S H K I L O T L A R I X A R A J A T L A R S M E T A L A R I IJ R O S IN IN G
H IS O B IG A D O IR B U X G A L T E R IY A H U J J A T L A R I
Hisob rcgistrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi. 
X o‘jalik operatsiyalarining araalga oshirilganligini va ularni amalga 
oshirishga berilgan fannoyishlami qayd qilgan boshlang'ich hisob 
hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Boshlang‘ich hisob 
hujjatlari x o ‘jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga 
oshirilgandan so‘ng tuziladi.
Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash 
uchun hujjat m a’lum xo ‘jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli 
m a’lumotlarga ega b o ‘lishi kerak. Har bir hujjat o ‘zining tayinlanishiga 
to ‘la javob berishi va yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun u m a’lum 
minimum k o ‘rsatkich(rekvizit)larga ega bo‘lishi kerak. 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish