Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining
xarajatlari va ishlab chiqarilgan tayyor buyu m lar hisobi
Ishlab chiqarish (o ‘quv) ustaxonalarida tayyor buyumlar chiqarish
hamda nashr etilgan bosma mahsulotlami ishlab chiqarish bilan b o g ‘liq
xarajatlar 080-«Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari»
subschyotida
hisobga
olinadi.
Buyumlami
tayyorlash,
bosma
mahsulotlami nashr etish va xizmatlami ko ‘rsatish bo'yicha barcha
xarajatlar 080-subschyotning debetida qayd etiladi, bu subschyotning
kreditda esa tayyor buyumlami va bosma mahsulotlarining haqiqiy
tannarxi bo‘yicha budjet tashkilotining omboriga kirim qilinishi qayd
etiladi. Xarajatlar haqidagi hisob m a’lumotlari asosida kalkulatsiya
tuzish y o ‘li bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi
aniqlanadi. Xarajatlaming analitik hisobi buyumlaming turlari b o ‘yicha
va xarajatlaming moddalari b o ‘yicha ko‘p ustunli 283-shakldagi
kartochkalarda yuritiladi.
Ishlab chiqarish (o ‘quv) ustaxonalarida tayyor buyumlami ishlab
chiqarish bilan b og‘liq bo'lgan xarajatlar summasiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 080 - «Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari» sub-
schyoti;
Kredit 060 - « 0 ‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» sub-
schyoti;
Kredit 063 - «X o'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;
Kredit 064 - «Y onilg'i, yoqilg'i va moylash materiallari» subschyoti;
Kredit 066 - «Idishlar» subschyoti;
Kredit 069 - «M ashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 175 - «Y agona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 178 - «Boshqa
debitorlar
va
kreditorlar
bilan
hisob-kitoblar»
subschyoti.
Budjet tashkilotining omboriga tayyor buyumlar va tayyor bosma
mahsulotlar kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 030 - «Ishlab
chiqarish
(o'quv)
ustaxonalarining
buyumlari»
subschyoti;
Kredit 080 - «Ishlab
chiqarish
(o‘quv)
ustaxonalarining
xarajatlari»
subschyoti.
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan
tayyor buyumlami hamda tayyor bosrna rnahsulütlar va koTsatilgan
xizmatlarni sotish 280-«Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining
buyumlarini sotish» subschyotida hisobga olinadi. Sotilgan buyumlar
hamda tayyor bosma mahsulotlar va ko ‘rsatilgan xizmatlarni sotish
bahosidagi
summalari 280-subschyotni kreditida qayd qilinadi,
bu subschyotning debetida sotilgan buyumlar hamda tayyor bosma
mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlaming haqiqiy tannarxi qayd qilinadi.
Yil tugagandan keyin sotish natijalari aniqlanadi va ular 410-«Foyda
va zararlar» subschyotida hisobga olinadi. Ishlab chiqarish (o‘quv)
ustaxonalarining buyumlari sotilishining analitik hisobi k o ‘p ustunli
283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va k o ‘rsatilgan xizmatlar
sotilganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti;
Kredit 030 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlari» subschyoti.
Tayyor buyumlar, tayyor bosma mahsulotlar va k o ‘rsatilgan
xizmatlarni sotish natijasining summasi hisobot yili tugagandan keyin:
a) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko ‘rsatilgan
xizmatlarni sotish natijasida foyda olingan b o ‘lsa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti;
Kredit 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti.
b) Agar tayyor buyumlami, bosma mahsulotlami va ko'rsatilgan
xizmatlarni sotish natijasida zarar k o ‘rilgan bo‘lsa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 410 - «Foyda va zararlar» subschyoti;
Kredit 280 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |