M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

4
-
Z a k 211
4 9


budjet mablag‘lari oluvchilaming xarajatlarini to‘lashga o‘tkazib berilgan 
mablag‘lar qayd qilinadi.
Savol va topshiriqlar
1. Mahalliy moliya organlarida mahalliy budjetlarga tushgan daromadlar 
summasiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
2. Mahalliy moliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga ortiqcha 
tushgan va mahalliy moliya organi tomonidan soliq to'lovchilarga 
qaytarilgan summalarga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
3. Mahalliy moliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga kelib tushgan 
noaniq summalarga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
4. Mahalliy moliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga aniqlanmagan 
tushum sifatida kelib tushgan summalar haqiqatda muayyan budjetning 
daromadi ekanligi aniqlanganda bu summaga qanday buxgalteriya 
provodkasi tuziladi?
5. Mahalliy moliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga aniqlanmagan 
tushum sifatida kelib tushgan summalar haqiqatda muayyan budjetning 
daromadi emasligi aniqlansa va bu summa soliq to'lovchilarga qaytarilgan 
bu summaga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
6. Mahalliy budjetga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan bel- 
gilangan me’yorlar asosida ajratmalar qilinganda mahalliy moliya 
organi buxgalteriya xizmatida bu qilingan ajratma summasiga qanday 
buxgalteriya provodkasi tuziladi?
7. Mahalliy budjet daromadlariga yil davomida umumdavlat soliqlari va 
daromadlaridan ortiqcha ajratmalar qilinganligi aniqlanda va yil oxirida bu 
summani qaytarib berishga mahalliy budjetning bankdagi hisobvarag'ida 
mablag' bo'lmaganda, bu ortiqcha tushgan ajratmalar summasiga 
qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
8. Kelgusi yili, o'tgan yili mahalliy budjet daromadlariga ortiqcha o'tkazilgan 
va vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar, 
mahalliy budjetning bankdagi hisobvarag'iga kelib tushgan birinchi 
daromadlardan respublika budjeti hisobiga o'tkazib berilganda qanday 
buxgalteriya provodkasi tuziladi?
9. Mahalliy moliya organida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarning 
hisobotlariga asosan ular tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari 
summasiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
10. Mahalliy moliya organida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarning 
bankdagi hisobvaraqlaridan avval berilgan budjet mablag'lari qaytarib 
olinganda qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?


T O ‘ R T I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I D A N
M O L I Y A L A S H T I R I S H V A D A V L A T B U D J E T 1
X A R A J A T L A R I H I S O B I
1. B U D J E T D A N M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I T U S I I U N C H A S I
Davlat budjetining asosiy qismi xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy 
tadbirlami 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 
Tasdiqlangan 
davlat 
budjetida ko‘zda tutilgan hamma tadbirlarning o ‘z vaqtida va to‘la 
moliyalashtirishni amalga oshirish moliya organlarining asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun moliyalashtirish va budjet 
xarajatlarining tayinlanishi bo'yicha amalga oshirish, buxgalteriya 
hisobini to‘g‘ri tashkil qilish lozim bo'ladi.
Budjetdan mablag'lar xo'jalik yurituvchi subyektlarga va budjet 
tashkilotlariga budjet bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasidagina 
beriladi.
Ayrim-ayrim tadbirlarga sarf qilinishi mo'ljallanib budjet bo'yicha 
tasdiqlangan xarajatlar summalari budjet mablag'lari (ajratmalari), deb 
ataladi.
Davlat budjetidan xo'jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashki- 
lotlarini moliyalashtirish bank muassasalari orqali amalga oshiriladi.
Davlat budjetidan moliyalashtirish dcganda budjet mablag'larini 
tasarruf qiluvchilarga tasdiqlangan budjetda ko'zda tutilgan xarajatlarni 
amalga oshirish uchun budjetdan mablag' berish tushuniladi.
2. B U D J E T M A B L A G 'L A R I N I T A S A R R U F Q I L U V C H I L A R ,
U L A R N I N G H U Q U Q L A R I V A M A J B U R I Y A T L A R I
O 'z ixtiyoriga maqsadli tayinlanish bo'yicha sarflash uchun budjetdan 
mablag' oluvchi tashkilotlaming rahbarlari budjet mablag'larini tasarruf 
qiluvchilar hisoblanadi. Ularga berilgan huquqlar, javobgarlik va 
mas’ulligi bo'yicha budjet mablagiarini tasarruf qiluvchilar respublika 
budjeti bo'yicha uch darajaga bo'linadi, ya’ni:
1. Budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar.
2. Budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar.


3. Budjet mablag‘larini uchinchi daraja tasarmf qiluvchilar.
Ularga berilgan huquqlar, javobgarlik va mas’ulligi bo‘yicha mahalliy 
budjctlar bo‘yicha budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar ikki darajaga 
bo‘linadi, ya’ni:
1. Budjet mablagMarining bosh tasarruf qiluvchilari.
2. Budjet mablag‘larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi budjeti bo‘yichabudjet mablag‘larini bosh tasarruf 
qiluvchilar vazirliklar, idoralar va boshqa markaziy tashkilotlaming 
rahbarlari hisoblanadi.
Mahalliy budjetlar bo‘yicha budjet mablag‘larini bosh tasarruf 
qiluvchilari hokimiyatlaming boshqarma(boMim) boshliqlari hisob­
lanadi.
Budjet mablag‘larini ikkinchi daraja tasarmf qiluvchilar tasarrufida 
tashkilotlari bo‘lgan tashkilotlaming rahbarlari hisoblanadi.
Budjet mablag‘larini bosh va ikkinchi daraja tasarmf qiluvchilari 
tasarmfidagi tashkilotlaming rahbarlari budjet mablagMarini uchinchi 
daraja tasarmf qiluvchilari hisoblanadi. Budjet mablagMarini uchinchi 
daraja tasarruf qiluvchilarga budjetdan olgan budjet mablag‘larini 
mustaqil sarflash huquqi berilgan. Mahalliy budjetlar bo‘yicha budjet 
mablag‘larini tasarmf qiluvchilaming ikki darajaga bo‘linishi mahalliy 
organlaming ikki bo‘g‘inga bo‘linishi bilan bog‘liqdir.
Quyi darajadagi budjet mablagMarini tasarmf qiluvchilar, ularga 
berilgan huquq doirasiga qarab quyidagilarga boMinadi:
1) budjet mablagMarini tasarmf qiluvchilar tomonidan budjet 
tashkilotlari xarajatlari uchun, shuningdek budjet mablagMarini quyi 
budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlash uchun o‘tkaziladigan budjet 
mablagMarini oladigan, mustaqil smetaga ega boMgan tashkilotlar 
rahbarlari;
2) budjet mablagMarini tasarmf qiluvchilar tomonidan smetada 
ko‘rsatilgan tadbirlar bo‘yicha qilinadigan xarajatlar uchun oMkaziladigan 
budjet mablagMarini oladigan, mustaqil smetaga ega boMgan tashkilotlar 
rahbarlari.


3. M O L I Y A O R G A N L A R I D A 0 ‘Z B E K I S T 0 N R E S P U B L I K A S I R E S P U B L I K A
B U D J E T I B O ‘Y I C H A M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I
0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan respublika 
ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladi.
Respublika 
budjetidan 
moliyalashtirish 
yuqorida 
keltirilgan 
xarajatlami mablag‘ bilan ta’minlash «Tayinlash sertifikati»ni tuzish 
yo‘li bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalariga asosan Markaziy bankning 
Toshkent shahar Bosh boshqannasi Hisob-kitob kassa markazida 
ochilgan Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjcti mablag'lari» 
depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan to‘lov 
topshiriqnomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming bo‘limi, bobi, 
paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko‘rsatiladi. To'lov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo‘yicha ko‘rsatiladi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
bo'yicha ko‘rsatiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Respublika 
budjetidan kapital qo‘yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili 
uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq 
qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq ajratiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kapital 
qo'yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni 
kirim qilish maqsadida, vazirlik va tashkilotlarga 23422 «Respublika 
budjetidan 
moliyalashtirish» 
hisobvaraqlari 
faqat 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob- 
kitob kassa markazida va Respublika tijorat banklarining amaliyot Bosh 
boshqarmalarida ochiladi.
Respublika budjetidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliya­
lashtirish uchunmablag‘larO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
to'lov topshiriqnomasiga asosan vazirlik va budjet tashkilotlarining 
23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» hisobvaraqlariga 
o ‘tkaziladi.


Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar 
bo‘yicha «Tayinlash sertifikati» (12-shakl) 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarni moliyalashtirish 
maqsadida Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriq- 
nomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlarning bo'limi, bobi, paragrafi 
va 
qaysi 
oy 
uchun 
moliyalashtirilganligi 
ko'rsatiladi. 
To'lov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo'yicha ko‘rsatiladi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
bo'yicha ko‘rsatiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarni moliyalashtirish 
maqsadida Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshi- 
riqnomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlarning bo‘limi, bobi, pa- 
ragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko‘rsatiladi. To‘lov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo‘yicha ko‘rsatiladi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Respublika budjetidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun 
ajratilgan mablaglar qoldiqlari moliyaviy yil oxirida olib qo‘yilmaydi 
va keyingi moliyaviy yilda, budjetdan moliyalashtiriladigan limit 
doirasida ishlatiladi. Keyingi moliyaviy yil uchun tasdiqlangan 
Respublika investitsiya dasturiga budjet mablag'lari qoldiqlari mavjud 
bo‘lgan obyektlar kiritilmagan bo‘lsa, ushbu mablag‘lar qoldiqlari 
ishlatilmasdan Respublika budjetiga qaytariladi. Kapital q o ‘yilmalarni 
moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar qoldiqlarini keyingi 
moliyaviy yilda ishlatish uchun moliya organlarining alohida ruxsati 
b o ‘lishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bank muassasalariga kapital 
qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlami budjetdan moliyalashtirish uchun pul 
mablag‘lari o‘tkazib beradi. Bank muassasalarining ko‘chirmalari va tegishli 
hujjatlar asosida O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yuqorida 
keltirilgan operatsiyaga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 3 - « 0 ‘z b e k is to n
R e s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a la r i d a g i
kapital 
q o ‘y i lm a la r v a b o s h q a t a d b i r l a m i m o liy a la s h tir is h u c h u n b u d je t 
m a b l a g i a r i h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti;


K red it 010 - « R e s p u b lik a budjeti m ab la g 'la ri d ep o zit h is o b v a ra g 'i» subschyoti.
Kapital qo‘yilmalar xarajatlari uchun bank muassasalarida kapital 
qo‘yilmalarga ochilgan krcditlar qaytarib olinganda O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligida quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
D ebet 010 - « R e sp u b lik a budjeti m ab la g 'la ri d ep o zit h is o b v a ra g 'i» subschyoti;
K r e d i t 013 - « O 'z b e k i s t o n
R e s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a la r i d a g i
k a p ita l 
q o 'y i l m a l a r va b o s h q a t a d b ir la m i m o li y a la s h t i r is h u c h u n b u d j e t
m a b l a g 'la r i h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti.
4. 
Q O R A Q A L P O G ' I S T O N R E S P U B L I K A S I B U D J E T I
V A M A H A L L I Y B U D J E T L A R D A N M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkcnt shahri aha- 
miyatiga ega bo‘lgan xarajatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetidan 
va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan 
moliyalashtirish uchun tegishli moliya organlari tomonidan budjet 
mablag'lari oluvchilaming bank muassasalaridagi talab qilib olgunga 
qadar depozit hisobvaraqlariga to'lov topshiriqnomalari bo‘yicha budjet 
mablag‘larini o‘tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarda turuvchi 
budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilaming bank muassasalaridagi 
talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga budjet mablag'larini 
bosh tasarruf qiluvchilami saqlashga sarflanadigan mablag‘lami alohida, 
budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilaming tasarrufidagi budjet 
tashkilotlariga o'tkazib beriladigan hamda markazlashtirilgan tadbirlar 
uchun sarflanadigan mablag‘lami alohida qilib moliya organlarini to'lov 
topshiriqnomalari bilan o'tkazib beriladi.
O'tkazib berilgan budjet mablag'lari summalariga Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 4 - « M a h a lliy b u d j e t l a m i n g b u d j e t m a b l a g 'l a r i b o 'y i c h a b u d j e t
m a b l a g 'l a r i o l u v c h i l a m i n g d e p o z i t h is o b v a r a q l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d i t 011 - « M a h a ll i y b u d je t m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti.
55


QoraqalpogMston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan bank 
muassasalari orqali kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish mamlakatning 
respublika budjetidan kapital qo'yilmalami moliyalashtirishda qoMlanila- 
digan usul bilan amalga oshiriladi.
QoraqalpogMston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
hisobidan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida 
ajratilgan mablag‘lar investitsiya dasturida bclgilangan har bir yo‘nalish 
bo‘yicha alohida ochilgan 23424 «Mahalliy budjetdan moliyalashtirish» 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va o‘matilgan tartibda toMovlar amalga 
oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
budjeti 
va 
mahalliy 
budjetlardan ajratilgan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish 
to‘g ‘risidagi hisobot banklar tomonidan o'rnatilgan tartibda moliya 
organlariga taqdim etiladi.
Kapital qo‘yilmalar xarajatlari uchun mahalliy moliya organlari 
bank 
muassasalariga 
kapital 
qo'yilmalar 
bo'yicha 
xarajatlarni 
budjetdan moliyalashtirish uchun pul mablagMari oMkazib beradi. 
Bank muassasalarining ko'chirmalari va tegishli hujjatlar asosida 
QoraqalpogMston Respublikasi Moliya vazirligida hamda mahalliy 
moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 3 - « 0 ‘z b e k i s t o n
R e s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a la r id a g i 
k a p ita l 
q o 'y i l m a l a r v a b o s h q a t a d b i r l a m i m o liy a la s h tir is h u c h u n b u d j e t
m ab lag M ari h iso b v a rag M » s u b s c h y o ti;
K r e d it 011 - « M a h a ll i y b u d je t m ablagM ari d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti. 
QoraqalpogMston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardankapital 
qo'yilmalar xarajatlari uchun bank muassasalarida kapital qo'yilmalarga 
oMkazib berilgan mablag1 qaytarib olinganda bank muassasalarining 
ko'chirmalari va tegishli hujjatlar asosida QoraqalpogMston Respublikasi 
Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 011 - « M a h a l l i y b u d je t m ab lag M ari d e p o z i t hiso b v arag M » s u b s c h y o ti; 
K re d it 0 1 3 - « 0 ‘z b e k i s t o n
R e s p u b l ik a s i
b a n k
m u a s s a s a la r id a g i 
k a p ita l 
q o ' y i l m a l a r va b o s h q a t a d b i r l a m i m o liy a la s h tir is h u c h u n b u d j e t
m ab la g M a ri h iso b v a rag M » sc h y o ti.
QoraqalpogMston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan 
moliyalashtirish summalari va ular o'zgarishining analitik hisobi «Budjet


mablag‘lari oluvchilaming budjet mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olgunga 
qadar depozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari» kitobida (3-shakl) amalga 
oshiriladi. Bu kitobda Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida 
va mahalliy moliya organlarida: 013-«0‘zbckiston Respublikasi bank 
muassasalaridagi kapital qo‘yilmalami vaboshqatadbirlamimoliyalashtirish 
uchun budjet mablag'lari hisobvarag‘i» subschyotida hisobga olinadigan 
kapital qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish uchun budjet 
mablag‘lari, ulaming mavjudligi va holati; 014-«Mahalliy budjetlaming 
budjet mablag‘lari bo‘yicha budjet mablag'lari oluvchilaming depozit 
hisobvaraqlari» subschyotida hisobga olinadigan budjet mablag'larini 
oluvchilaming bank muassasalaridagi budjet mablag‘lari bo‘yicha talab 
qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, ulaming 
mavjudligi va holati; 020-«Budjet xarajatlari» subschyotida Qoraqalpo- 
g‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar bo‘yicha kassa xarajat- 
larining analitik hisobi olib boriladi.
Ortiqcha moliyalashtirishning oldini olish maqsadida, moliyalashtirish 
bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari mahalliy moliya organlarining 
buxgalteriya xizmatlari tomonidan budjet mablag4 lari oluvchilaming 
talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish