Suv toshqini, ko‘chki va sel ofatlari oqibatlarini bartaraf qilish.
Suv toshqini xavfi tug‘ilgan taqdirda, hududning fuqaro muhofazasi
bosh!ig‘i qaroriga binoan boshqaruv punktlari tayyor holga keltirilib,
mas’uliyali mansabdor shaxslaming kecha-yukunduz navbatchiligi tashkil
etiladi.
FVDTning suv toshqini xavfidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- suv toshqini xavfi to ‘g‘risidagi m a’lumotni FMning quyi organlariga
va aholiga yetkazish;
- kuzatuv va nazoratni kuchavtirish;
- suv toshqinida faoliyat ko‘rsatuvchi kuch va vositalar hobtini
aniqlash hamda suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish
uchun tayyor holga keltirish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfli hududdan xavfsiz
hududga ko‘chirish;
- suv toshqini hududlaridagi korxona va tashkilotlar faoliyatini qisman
cheklash yoki vaqtinchalik to‘xtatish;
181
- o‘zaro hamkorlik rejalari bo'yicha yordamga biriktirilgan Qurolli
Kuchlar boMimlari bilan aloqa o‘rnatish va boshqalar.
Qutqaruv ishlari uchun hududning tegishli kuch va vositalari hamda
fuqaro muhofazasining yuqori tashkilotlari tomonidan ajratilgan kuchlar
va vositalar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning suzish vositalari
jalb qilinadi. Jumladan, kater, motoqayiq va boshqa vositalar bilan
ta’minlangan qutqaruv otradlari odamlarni suv bosgan hududlardan
qutqarish, evakuatsiya qilinishga jalb etiladi.
Suv toshqinida qutqaruv ishlarini olib borish uchun jalb qilinadigan
qutqaruvchilar suvda harakatlanish qoidalarini hamda odamlarni va
cho‘kayotganlami qutqarish, ularga birlinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
usullarini bilishlari shart. Suzish vositalarida harakatlanuvchi tizimlar
iplar, qutqarish aylanmasi va boshqa zaruriy jihoz hamda vositalar bilan
ta ’minlanishi lozim, shuningdek, suvdagi odamlarni qutqarishda ishtirok
etuvchi shaxsiy tarkib himoyalangan kiyimlarda bo‘lishi shart.
Suv toshqinlaridagi qutqaruv ishlari suv bosgan hududlardagi odamlarni
topish, ularni suzish vositalariga yoki vertolyotlarga o‘tkazish va xavfsiz
joyga evakuatsiya qilishdan iborat. Zarurat bo‘lsa, jabrlanuvchilarga
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. So‘ngra suv toshqiniga uchragan
jihozlar, moddiy va madaniy boyliklami qutqarish hamda suvdan chiqarib
olishga kirishiladi.
Suv toshqinida QBTIning muvaffaqiyatli o ‘tkazilishi quyidagilarga
bog‘liq:
- to‘satdan suv toshqini paydo bo‘lganda qidiruvning samaraii
usullarining qo'llanilishi;
- FVDT tizimlari va xizmatchilari yuzaga kelgan vaziyatni tez baholay
olishi va taxminiy salbiy oqibatlar ko‘lamini aniqlay olishi;
- qutqaruv ishlarida ishtirok etadigan kuch va vositalaming o ‘z
vaqtida yig‘ilishi;
- qutqaruvchilaming jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish faolligi va
hokazolar.
QBTlni o‘tkazishda FVDT rahbarlari, doimiy ravishda, eng xavfli
hududda (katastrofik o‘choq) bo‘lishlari va u yerda bo‘ysunuvchi tizimlar
harakatini boshqarib, ular o‘rtasidagi uzluksiz o‘zaro hamkorlikni
ta’minlashlari lozim. Tizim boshlig‘i doimo shuni yodda tutishi lozimki,
qutqarilayotgan odamlarning taqdiri, xalq mulkining saqlanishi tizimning
aniq va tezkor harakatiga bog‘liq. Shuning uchun ular, birinchi navbatda,
182
asosiy harakatlarni qaysi yerda amalga oshirishni hamda qo‘l ostidagi
kuch va vositalaming vazifalarini eng qisqa muddatlarda bajarilishini
ta’minlashi lozim. Tezyurar suzish vositalari va vertolyotiarda harakat
qiluvchi qidiruv guruhi hamda bo'limlari suvda c’no'kkan odamlarning
eng ko‘p to‘plangan joyini aniqlaydilar va o ‘sha yerdagi odamlarni
suvdan chiqarib oladilar.
Odamlar soni ko ‘p bo‘lmagan guruhlami chiqarib olishda, mazkur
guruh va bo‘iimlar mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Odamlarni
suvdan chiqarib olishda turli rusumdagi barcha qayiqlardan foydalaniladi.
Aholi suvdan toMiq qutqarilgandan keyin ham, suv bosgan hududlarda
qutqaruv tizimlari qidimvi tugamaydi. Qidiruv ishlari tez yurar suzish
vositalarida, suv toshqini katta miqyosda bo‘lganda esa vertolyotlar
yordamida izlanadi.
Suv toshqiniga uchragan odamlarga, suzishni biladiganlarga ham,
bilmaydiganlarga ham tezlikda qutqarish aylanmasi, rezinali shar, yog‘och
va boshqa suzib yuruvchi buyumlar suvga tashlanadi. Bunda albatta
shamo! yo‘nalishi va suv oqimini inobatga olib harakatlanish lozim. Agar
jabrlanuvchi ko‘prik ostiga suzib kirib ketsa, unga yordam berish uchun
ko‘prikdan arqonli traplar, ipga bog‘langan qutqarish aylanmalari va
boshqa anjomlar bilan jihozlangan qutqaruvchi suvga tushiriladi. Suvdan
qutqarilgan insonga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi, zarurat
tug‘ilsa, jabrlanuvchini statsionar davolash muassasasiga yuboriladi.
Sel va ko‘chki ofatiari oqibatlarini bartaraf etishda, eng avvalo, bu
ofatlami oldindan xarakteriovchi belgiiarini o‘z vaqtida aniqlash, ulaming
miqyosini chamalash, aholini xavf to‘g ‘risida ogoh etish muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki bu belgilar qanchalik oldin aniqlansa, ofat keltiradigan
zararlami shunchalik kamaytirishga erishiladi. K o‘p hollarda sel oqimi
xavfi to‘g‘risida aholi 10 daqiqalar oldin, kamdan kam hollarda esa 1-2
soat oldin ogohlantirilishi mumkin.
Sel xavfida seining aholi punktlariga kelish yo‘llaridagi to‘siqlar
mustahkamlanadi, qo‘shimcha tuproq to‘siqlari, sel tarkibidagi begona
jismlami ushlab qolish uchun vaqtinchalik devorlar, sel pistirmalari,
suvning o'zini o‘tkazib yuboruvchi trubalar va boshqalar tashkil qilinadi.
Sei xavfi tug‘ilganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga
evakuatsiya qilinadi. Bunda odamlar bilan birga moddiy boyliklar va
qishloq xo‘jalik havvonlari ham olib chiqiiadi. Afsuski, uyoki bu sabablarga
ko‘ra ko‘chirish harakatlari toMiq bajariiishiga imkon boMmavdi. Masalan,
183
Qirg‘iziston Respublikasining O lsh viloyati tog‘larida haroratning birdan
k o‘tarilishi va qorning tez erishi oqibatida 1998-yil 7-may dan 8-mayga
o ‘tar kechasi sel oqimi yuzaga kelib, u Shohimardonsoy bo‘ylab
harakatlandi. Sel oqimi Farg‘ona viloyatining 52 ta xo‘jaligiga, 36 ta
dam olish zonasiga, shundan 4 ta bolalar sog‘Iomlashtirish lagerlariga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 8-iyuldan 9-iyulgacha bo‘lgan davrda odamlar
sog‘lomlashtirish muassasalaridan va bolalar dam olish lagerlaridan
evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya jarayonida 250 dan ortiq avtomobil
texnikalari jalb qilindi. Afsuski, bunda odamlarning evakuatsiyasi to‘liq
bajarilmaganligi sababli talafotlar ko‘rildi. Jumladan, 1998-yil 18-iyul
kuni 104 nafar odam murdasi topilgan. (Shundan erkaklar - 48 nafar,
ulardan voyaga yetganlar - 16 nafar, ayollar - 56 nafar, ulardan voyaga
yetganlar - 27 nafar, 96 nafar o‘lganlar shaxsi aniqlangan, qolganlari
noma’lum, shuningdek, har xil hayvonlarning 68 ta jasadi topilgan.
Bunday noxush talafotlami FVDT lari, butun aholi hech qachon esdan
chiqarmasligi va undan tegishli xulosalar chqarishlari lozim.
Shuning uchun yaqinlashib kelayotgan sel oqimi yoki ko‘chki
to ‘g‘risidagi xabami eshitgan har bir fuqaro, tezda uylarini, ish joylarini
ehtiyot holatda qoldirib, tark etishlari lozim bo‘ladi. Bunda uylaridagi yoki
ish joylaridagi isitgichlami o ‘chirishlari, gaz kranlarini yopishlari, elektr
va elektr jihozlarini o‘chirishlari kerak. Bular yong‘in paydo bo‘lishining
oldini oladi.
Sel oqimi yoki yer ko ‘chkilarining to‘satdan paydo bo‘lishi katta xavf
tug‘diradi. Bunday vaziyatlarda eng asosiysi - vahimaga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Sel oqimiga tushgan fuqarolarga bor imkoniyatlar yuzasidan
yordam berish lozim. Jumladan, xoda, arqon, baquvvat daraxt shoxlari,
mustahkam qalin iplami qutqarilayotganlarga uzatish orqali amalga
oshiriladi.
Sel oqimiga qarshi omillaming eng samaraii uslubi, bu aholming
barcha qatlamlari ishtirokida tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, o‘rmon-
meliorativ va gidrotexnik tadbirlarning o ‘z vaqtida o ‘tkazilishidir. Ya’ni
sel xavfi bo‘ladigan hududlarda aholi o ‘rmonchilikda, dehqonchilikda
agrotexnik ishlami bajarishda va uy hayvonlarini boqishda tegishli
tashkilotlar tomonidan beriladigan tafsiyalarni qat’iyan bajarishlari
lozim.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |