M tojiyev, I. Nigmatov


Kuygan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam



Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/244
Sana17.05.2023
Hajmi8,77 Mb.
#939792
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

12.10. Kuygan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Boshqa barcha jarohatlar kabi odam kuygan paytida k o‘rsatiladigan 
birinchi tibbiy yordamning ahamiyati muhim. Odatda, odamga vuqori 
harorat ta’sir etganida badani kuyib qoladi. Yorug‘lik nuri, alanga, qa- 
ynoq suv va issiq bug‘dan badan kuyishi termik kuyish deb ataladi. 
Badan terisi va shilliq pardalarga kuchli kislota va ishqorlar ta’sir qil- 
ganida kimyoviy moddalardan kuyish hodisasi ro‘y beradi. Bunda kis­
lota va ishqorlar ta’sir qilgan joyning o'zigina shikastlanib qolmasdan, 
umuman butun organizmning zaharlanishiga ham sabab bo‘ladi. Badan 
terisi va to‘qimalaming nechog‘liq chuqur zararlanishiga qarab kuyish- 
ning to‘rtta darajasi farq qilinadi: yengil (I), o‘rtacha og‘ir (II), og‘ir (III) 
va juda og‘ir (IV). Badanning 10-15% dan ko‘proq qismini egallaydigan 
joylari II—III darajada kuygan paytda organizmning og‘ir umumiy kasal- 
ligi - kuyish kasalligi paydo bo‘ladi, bunday kasallik ko‘pincha kuyish
244


shoki boshlanishiga olib keladi. Kuyish shokining xususivati uning uzoq 
davom etishidir, bunda shok 24-72 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Kuyish 
kasaliigi o ‘tkir intoksikatsiya, ya’ni organizmdagi suv-tuzlar almashinuvi 
jarayonlarining buzilishi biian xarakterlanadi. Kuygan odamlarga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatishda darrov nimtatir qilib bir oz tuz qo‘shilgan iliq 
suv ichiriladi. Kuygan odamlarga birinchi tibbiy yordam nechog‘liq bar- 
vaqt ko‘rsatilsa, asoratlar shu qadar kamroq boTadi. Yordam ko‘rsatishda 
hammadan ilgari yonib turgan kiyimni o‘chirish kerak, buning uchun 
shikastlangan odamning ustiga palto, choyshab tashlanadi. Tananing ku­
ygan qismi kiyimdan xoli qilinadi, buning uchun kiyimning kuygan joyga 
yopishgan qismini qoldirib, gir aylantrib qirqib olinadi. Badandagi puffak- 
chalarni yorish, kuygan joyga qo‘1 urish, yog‘, mazli malham va boshqa 
moddalar surish yaramaydi. Tananing anchagina qismi kuyib, talaygina 
yuzasi zararlangan bo‘lsa, shikastlangan odamni yaxshisi toza choyshabga 
o‘rab, shokning oldini olishga doir barcha chora-tadbirlarni ko‘rish va 
tezda tibbiy muassasaga jo ‘natish maqsadga muvofiq. Ko‘zlar kuyib qol­
gan vaqtda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam ko‘zga steril bog‘lam 
qo‘yib bogTash va shikastlangan odamni tinch qo‘yishdan iborat. Napalm 
va yondiradigan boshqa moddalardan shikastlangan odamlarga birinchi tib­
biy yordam ko'rsatishda birinchi galda yonib turgan joyni o ‘chirish zarur, 
buning uchun o‘sha joyga suvga ho'llangan bog‘lam qo‘yiladi yoki yonib 
turgan joylar suvga botiriladi. Alangani urib o‘chirishga harakat qilish 
yonuvchan aralashmaning tanaga surkalib yoyilib ketishiga va aksincha 
jadalroq yona boshlashiga sabab boTadi. Yonib turgan joy o‘chiriiganidan 
keyin kuygan joyga steril bint yoki kuyishga qarshi maxsus bogTama 
qo‘yib bogTash m a’qul.

Download 8,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish