M tojiyev, I. Nigmatov


Yer surilishi, uning sabablari va talafotlari



Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/244
Sana17.05.2023
Hajmi8,77 Mb.
#939792
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

6.7. Yer surilishi, uning sabablari va talafotlari
Ma’lumki, hudud zaminidagi tabiiy-geologik, gidrometreologik va 
gidrogeologik o‘zgarishlar oqibatida tabiiy ofatlar yuz berib, ular atrof 
muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga katta moddiy ziyon keltiradi va eng 
achinarlisi aholi hayotini xavf ostida qoldiradi.
Shunday xavfli ofatlardan biri yer surilishi hisoblanib, bunda tog‘ jinsi 
qatlamlarining qiya sath bo‘ylab o‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, 
seysmik kuchlar, texnogen va tabiiy-texnogen jarayonlar ta’sirida pastlik 
tomon surilishi kuzatiladi. Tog1 jinslari qatlamlarini qiyasath bo‘yiab o ‘z 
og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishi ga 
yer surilishi (ko‘chki) deyiladi.
Respublikamiz hududlarida surilish hodisalari asosan dengiz sathidan 
800-1800 m balandlikda, lyoss jinslari tarqalgan, qiyaligi 15-35° bo‘lgan 
tog‘ yonbag'irlarida kuzatiladi. Bunday hududlarda davomli atmosfera 
yog‘ingarchiiiklari natijasida suvlar tog‘ jinslari qa’riga singib (shimilib), 
tuproq zarrachalari orasidagi bog‘lanish kuchlarini kamaytiradi, og‘irligini 
esa oshiradi. Lyoss jinslarining bunday olzgarishi ulaming muvozanat 
holatining buzilishiga va oqibatda pastlik tomon surilishiga olib keladi. 
Xuddi shunday holat, gidrotexnik inshootlar ta’sirida yer osti suvlarining 
sathi ko‘tarilib (gidrodinamik ta’sir), suriluvchan massa namligining ortib 
ketishiga sabab bo‘ladi va natijada surilish yuz beradi.
Yer surilish ofati mineral resurslami ochiq yoki yopiq usullarda qazib 
olish jarayonida sodir boTadigan turli xildagi texnogen va tabiiy-texnogen 
jarayonlar natijasida ham kuzatiladi. Jumladan, mineral resurslarni ochiq 
usulda qazib olish jarayonida surilmalar, o‘pirilishlar, ko‘chkilar tarzida 
ro‘y beradi.
118


Qazilmani yopiq usulda qazib olish jarayonida esa yer yuzasining 
cho‘kishi, yoriqlar hosil bo'lishi va surilmalaming shakllanishi kuzatiladi. 
Foydali qazilmalaming ochiq usulda hosil bo‘ladigan surilmalari 2 xil 
bo‘ladi:
1. Foydali qazilmani qazib olish jarayonida tog‘ yonbag‘irlarida hosil 
bo‘ladigan surilmalar. Bunday surilmalarga qazib olish jarayonining mu- 
rakkablashishi, qiya sathning qiyaligi, suvli qatlamlar, tektonik yoriqlar 
va boshqa ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi.
2. Karyer devorlaridagi surilmalar. Bunday surilmalarning ko‘chishi 
qazish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelib, iqtisodiyotga katta zarar 
yetkazadi.
Masalan, 1963-yilda Angren ko‘mir karyerida gilli jinslardan tashkil 
topgan, hajmi 8 mln. m3 bo‘lgan surilmaning ko‘chishi sodir boigan. Bu 
falokat Ohangaron kanalini va temiryoMni bosib qolish xavfini tug‘dirgan.
Respublikamizning konchilik sanoati rivojlangan Ohangaron, Ol- 
maliq, Oltintopgan, Yuqori-Chirchiq tumanlaridagi Humson, Bog‘iston, 
X o‘jakent va boshqa qishloqlarda, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samar- 
qand, Jizzax viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yer su­
rilish hodisalari kuzatiladi.
Jumladan, 1973-yilda respublikamizning Ohangaron hududida yuz 
bergan va u XX asrning eng kuchli ofati hisoblanib, adabiyotlarda 
«АТСНТ» surilishi deb nomlanadi. Bu ofatda surilish hajmi 700 mln. m3, 
sathi 12 km2, qalinligi 80-170 metmi tashkil qilgan.
«АТСН1» surilishining asosiy manbayi, Ohangaron daryosining chap 
qirg‘og‘idan 100-600 m chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarining yer qa’rida 
yondirilishidir. Yondirilgan ko‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 m ni 
tashkil etgan.
Xuddi shu hududlarda: 1991-yil 4-martda «Jigariston« qishlog‘ida, 
1994-yilda «Qoraqishloq» hududida yer surilishlari kuzatilgan. «Jigaris- 
ton» yer ko‘chishida hajmi 30 mln. m3 g‘ovak tuproq 7 sekund vaqt mo- 
baynida halokatli surilgan.
Yer surilishi seysmik kuchlar ta’sirida ham sodir bo'ladi. Jumladan, 
1911-yilda Pomirning M uzko‘l tog‘ tizmasida 9 balli zilzila natijasida 
Usoy yer surilishi sodir bo‘ldi. Murlab daryosiga hajmi 2,2 km3 g‘ovak 
tog‘ jinsi bo‘lagi ko ‘chib, 2,5 km masofani bosib o‘tib, daryo o‘zanini 
qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km, kengligi 1 km qumtosh, ohaktosh, 
gips jinslaridan iborat rnassa to‘sib qo'ygan.
119


Natijada, uning o‘m ida balandligi 703-708 m, eni 4,3-5,3 kilo- 
metrni tashkil etgan tabiiy to ‘g ‘on - Sorez ko‘li paydo bo‘lgan. Ushbu 
ko'lning hozirda butun Markaziy Osiyo hududlari uchun qanday xavf 
tug‘dirayotgani barchaga ayon.
Yer surilishi suriluvchi tog‘ jinsining surilish tezligiga, hajmiga va 
miqyosiga ko‘ra turli xilda bo‘ladi.
Surilm a tezligiga ko‘ra y e r k o ‘chkisining 
tavsillanishi quyidagicha:

Download 8,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish