M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Payvandlash.    Payvandlash  (tranplantatsiya)  deb,  kurtakning  yoki 
qalamchaning  boshqa  o‘simlik  bilan  qo‘shilib  o‘sib  ketishiga  aytiladi. 
O‘tkaziladigan    o‘simlik  payvandust,  payvandlanadigan  o‘simlik  payvandtag 
deb  ataladi.  Payvandlash usuli  bilan  asosan    qo‘shimcha  ildiz  chiqarishi  qiyin 
bo‘lgan    mevali  daraxt  va  rezavor  o‘simliklar  ko‘paytiriladi.  Payvand 
qilinayotgan  vaqtda  payvandtag  bilan  payvandust  kambiylarining  bir-biriga 
to‘g‘ri  kelishi  juda  muhimdir.  Payvandlar  rivojlanayotganida    dastlab, 
payvandtag  bilan  payvandust  o‘rtasida  sariq  –qo‘ng‘ir  rangli  qavat  hosil 
bo‘ladi. So‘ngra bu qavat so‘rilish bilan yangi parenxima hujayra hosil bo‘lib 
qo‘shilib  ketadi.  Payvandlashning  bir  qancha  usullari  (qalamcha  payvand, 
kurtak  payvand,  iskana  payvand  va  hokazo)  mavjud  bo‘lib,  hamma  usullari 
ham o‘simlikning  navini yaxshilash va undan yuqori hosil olishga qaratilgan. 
Buyuk olim I.V.Michurin   ko‘p yillar davomida o‘simliklarni vegetativ  
ko‘paytirishning  har  xil  usullari  bilan  shug‘ullangan.  U  payvandtag  bilan 
payvandustning  o‘zaro ta’sirini o‘rganib, yangi biologik ta’limotni yaratdi va 
yaqin qarindosh o‘simliklarnigina emas, balki uzoq turlarni ham vegetativ  yo‘l 
bilan  duragaylash  mumkinligini  ko‘rsatib  berdi.    Shundan  foydalanib,  meva 
daraxtlarining ko‘plab qimmatbaho navlari yaratildi. 
 
Nasllarning navbatlashishi va gallanishi 
Ko‘pchilik  yuksak  va  tuban  o‘simliklarda  jinsiy  va  jinssiz  ko‘payish 
ma’lum tartibda gallanib turadi. 
Nasllarning  gallanishi  –organizmning  yashash  davrida  ikki  xil  nasl  
paydo bo‘lishi va ikki xil yo‘l bilan ko‘payishidir. 
Bunda  o‘simlikning  ayrim  nasli  jinssiz  ko‘payishda  ishtirok  etuvchi 
sporalar shakllanadigan sporangiyni tashkil qiladi. Boshqa o‘simlikda  erkak va 


168 
 
urg‘ochi jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi organlar bo‘ladi. Jinsiy hujayralarni  
vujudga  keltiruvchi    nasl  gametofit,  sporalar  hosil  qiluvchi  nasl  esa  sporofit 
deyiladi. 
Sporalarning  o‘sishidan  hosil  bo‘lgan  nasl  –gametofit    gaploid    (X) 
xromosomalidir, chunki ular mitoz yo‘li bilan bo‘linib, hujayralar hosil qiladi. 
Biroq, gametofitda  keyingi bo‘ladigan jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayra –
gametaning  qo‘shilishi  natijasida    diploid  (2X)  xromosomali  zigota  hosil 
bo‘ladi.  Zigotaning  o‘sishidan  hosil  bo‘lgan  jinssiz  nasl  –  sporofit  ham 
diploidli, lekin ular hosil qilgan sporalar yana gaploidli bo‘ladi. Shunday qilib, 
o‘simliklarda dastlab jinsiy ko‘payish, keyinroq jinssiz ko‘payish sodir bo‘ladi. 
Demak  yil  davomida  ana  shunday  ikki  xil  ko‘payishni  gallanib  ko‘payish 
deyiladi.  Gallanib  ko‘payishni  quyidagi  o‘simliklarning    yashash  tarzida 
ko‘rishimiz mumkin: 
Yo‘sinsimonlarda    gametofit  nasli  sporofit  nasliga  nisbatan  yaxshi 
rivojlangan  bo‘lib,  bargpoya  hosil  qiluvchi    rizoidli  o‘simliklardir.  Sporofit 
nasli  urg‘ochi  gametofitning  yuqori  qismida  joylashib,  banddagi  quticha 
sporangiydan iboratdir; 
Qirqquloqlarda  sporofit  gametofitga  nisbatan  bir  necha  marta  yirik 
o‘simlikdir.Gametofit  –arxegoniy  va  anteridiy  hosil  qiluvchi,  mustaqil, 
o‘simta. 
Ochiq  urug‘lilarda  jinsiy  nasl  –gametofit  juda  qisqargan  bo‘lib,  erkak 
gametofit  –chang,  endosperm  va  urug‘kurtak  (urg‘ochi  gametofit)  ichida 
joylashgan arxegoniydan iborat. 
Ochiq urug‘lilarning sporofit nasli yuzlab yillar o‘sish xususiyatiga ega 
bo‘lgan bir necha o‘nlab  metr  balandlikka ega daraxtdir. 
Evolyutsion  taraqqiyotning  eng  yuqori  bosqichidagi  gulli  o‘simliklar 
sporofiti vegetativ va generativ organlar hosil qiladigan yuksak o‘simliklardir. 
Gulli  o‘simliklarning  gametofit  nasli  juda  qisqargan  bo‘lib,  erkak  jinsiy  nasl 
chang va urg‘ochi jinsiy nasl murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak xaltasi urug‘ 


169 
 
kurtakning ichida joylashgan bo‘lib, u urug‘chi tugunchasidan vujudga keladi. 
Shunday qilib, o‘simliklar dunyosida nasllarning gallanishi sporalar va   
gametalar hosil qilish asosida amalga oshadi.  
Yuksak 
o‘simliklarda  nasllarning  gallanishi  muhim  biologik 
ahamiyatga  ega.  Jinssiz  ko‘payishda  hosil  bo‘lgan  sporalardan  minglab 
o‘simlik  hosil  bo‘lsa,  jinsiy  jarayonda  har  xil  gametalar  qo‘shilib,  sporofit 
naslning  noqulay  tashqi  muhit  sharoitiga  moslasha  oladigan  hayotchan 
formalarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish